Adabiy tanqidchilik tarixi
Adabiy tanqid metodologiyasi
Download 62.03 Kb.
|
1 ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiy tanqid tajribasida badiiy tahlilning sotsiologik, structural, qiyosan (qiyosiy- tarixiy, qiyosiy-tipologik) tahlil qilish va boshqa tahlil shakllari uchraydi
- Sinergetika nazariyasining
Adabiy tanqid metodologiyasi.
Jahon adabiyotshunosligida har bir xalqning tanqid tarixiga taalluqli talay tadqiqotlar yaratilganiga qaramay, bu sohada hamma adabiyotlar uchun ma'qul va manzur tushadigan mushtarak metodika va metodologiya hali maydonga kelganicha yo‘q. Hozircha ko'pchilikka manzur tushuvchi asosiy yo‘nalishlardan biri tanqid tarixini adabiyot tarixining bosqichlari bilan aloqadorlikda o'rganishdir. Bu yo'nalishning ilmiyligi shundaki, u adabiy-tarixiy jarayonda adabiyot va san'atning tanqid bilan uzluksiz rivojlanishini nazarda tutadi. Adabiyot hayotni, jamiyatni, voqelikni, inson hayotini badiiy aks ettirib, barkamol yetuk obrazlar yaratishi lozim bo'lsa, tanqidning vazifasi voqelik, kishilar hayoti, ruhiyati yozuvchi tomonidan nechog'li go'zal, haqqoniy, yangi tarzda aks ettirgarni, yutuq va kamchiliklarining tub sabablarini ko'rsatishdan iborat. Adabiy tanqidning vazifasi va tabiatidan kelib chiquvchi bu talab tanqidchini badiiy adabiyotdan tashqari hayotni ham teran kuzatish va chuqur bilishga da’vat etadi. Bunda tanqidchi tanlagan tahlil usullari va uslublarining rang-barangligi muhim ahamiyatga molik. Zero, tanqidga oid asarning ta'sirchanlik darajasi va o‘qimishliligi aslida xuddi shu usul va uslub jozibasiga bog‘liq. Adabiy tanqid tajribasida badiiy tahlilning sotsiologik, structural, qiyosan (qiyosiy- tarixiy, qiyosiy-tipologik) tahlil qilish va boshqa tahlil shakllari uchraydi. Tanqidchi U.Normatov «Jahon adabiyoti» jurnalida ( 2000 yil, mart) yosh olim R. Rahmat bilan, shuningdek, “Jahon adabiyoti” jurnalining 2008-yil mart sonida H. Boltaboyev bilan «Yangi nazariy tamoyillar» haqidagi suhbatlarida XX asrda G‘arb, jahon adabiyotshunosligida o‘nlab ilmiy: qiyosiy va psixoanalitik, psixologik va intuitiv, ritual-mifologik, formalistik, ontologik, ekzistensialistik: germenevtik va estetik kommunikativ, neomarksistik va falsafiy-struktural, poststruktural maktab va yo'nalishlar bo‘lganini aytib, Abdulla Qodiriy XX asr boshlaridayoq «Yozuvchi bo‘ladurg‘on har bir kishi adabiyotdagi oqim va maktablarni yaxshi bilib olishi kerak»ligini ta'kidlaganiga e'tibomi qaratadi. Ammo, afsuski, o‘zbek adabiy tanqidchiligida XX asr boshla- ridagina emas, undan keyin ham uzoq yillar sotsiologik tahlil usuli yetakchilik qilib keldi. Mustaqillikdan so'ng o'zbek tanqidchiligi jahon miqyosidagi ilg‘or mezonlarni, uslubiy yo‘nalishlarni o'zlashtira boshladi. Iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, madaniy-ma'rifiy sohalardagi islohotlar jamiyat hayotidagi o'zgarishlarni belgilovchi yetakchi kuch sifatida namoyon bo‘ldi. Ijtimoiy hayotda yuz berayotgan yangilanish va o‘zgarishlar yangicha tafakkur tarzining mevalaridir. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, hozirgi sharoitda yangicha tafakkur tarzining vujudga kelishida SHAXSning roli juda katta. Davlatimiz rahbari, siyosatchi, faylasuf, ijodkor va olimlar jamiyatda vujudga kelayotgan yangi tipdagi konsepsiyaning bevosita ijodkorlaridir. Ijtimoiy hayotdagi islohotlar ilm-fan va san'atda yangicha konsepsiyaning yuzaga kelishiga omil bo‘layotir. Zamonaviy tafakkur tarziga turtki beradigan ilmiy va badiiy izlanishlar shakllanayotgan yangi tipdagi metodologik tamoyillarning asosiy prinsiplarini ham ko‘rsatib bermoqda. Mana shu jarayonda adabiy tanqid konsepsiyasining yangilanishi, eng avvalo, yangicha ilmiy tafakkurining paydo bo'Iishi bilan bog'Iiq tarzda kechayotir. “Yangicha ilmiy tafakkur” tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, mazkur soha, bir tomondan, falsafiy, ijtimoiy, mafkuraviy, badiiy-estetik qonuniyatlar bilan aloqador bo‘lsa, boshqa tarafdan, adabiyotshunoslik ilmi konsepsiyalari, talab va mezonlari asosida o‘z faoliyatini yangilash yo‘lidan boradi. Albatta, “qayta qurish va oshkoralik”, deb atalgan nisbatan erkinroq davrga kelib, ya’ni 80-yillarda adabiy tanqidiy tafakkurda yangilanish ro‘y bera boshladi, biroq, bu jarayon ham silliq kechgani yo'q, murakkablik va ziddiyatlar o‘sha yillari e’lon etilgan tadqiqotlarda u yoki bu tarzda o‘z aksini topdi. Bu hol, albatta, turlicha shakl va mazmunda namoyon bo‘ldi. 80-yillar so'nggida yuzaga kela boshlagan yangicha tafakkur tarzi adabiy tanqidning asosiy tadqiq obyektlarini, mavzu yo'nalishlari, tadqiq va tahlil mezonlari, tamoyillarini belgilab berdi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ng bu harakat izchil tus ola boshladi. Adabiy tanqidning ilmiy-metodologik asoslari yangilanishi deganda, eng avvalo, falsafiy, ilmiy-nazariy, badiiy-estetik, moddiy-ma’naviy, psixologik, ijtimoiy-tarixiy va mafkuraviy asoslar nazarda tutiladi. Mazkur asoslaming sho‘ro davridagidan mohiyat jihatdan yangilanishi - adabiy tanqid metodologiyasining yangilanish prinsiplaridan biri sifatida xarakterlidir. Istiqlol davri adabiy tanqidchiligini yangilanish tamoyillari asosida tushunish, bilish va anglashga intilish ustuvor konsepsiyaga aylana bordi. Demak, tanqidchilik ham tub mohiyat-e’tibori bilan dunyoni, hayotni, insonni anglash vositasidir. Mana shu juftlik - odam va olam, zamon va makon, hayot va o‘lim, shakl va mazmun tushunchalarini falsafiy, ilmiy, adabiy-estetik jihatdan anglash hamda tahlil va talqin etish, baholash tanqid taraqqiyotining asosiy garovidir. Ma'lumki, adabiy tanqidning falsafiy asosini bilishning dunyoqarash va konsepsiya bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy qonun va kategoriyalari, tamoyil va yondashuvlar, umumiy ilmiy metodlardan foydalanish jarayonlari tashkil etadi. Ayonki, falsafa fani tabiat va jamiyat, inson, uning mohiyati, tafakkuri va dunyoqarashi taraqqiyoti bilan bog‘liq eng umumiy qonuniyatlarni o'rganadi. Shunga binoan, ontologiya, sotsiologiya, gnoseologiya, mantiq, estetika va etika kabi fanlar falsafiy bilimlar doirasini tashkil etadi. Faylasuflar e'tiroficha, yaqin o‘tmishda falsafaning barcha muammolariga partiyaviylik va sinfiylik mezonlaridan turib yondashish bu fanni o‘ta siyosatlashtirishga, umuminsoniy qadriyat va g‘oyalar, xulosa va metodologik tamoyillarning hayot voqeligidan uzoqlashishiga sabab bo'ldi. Sho‘ro nazariyotchilari markscha-lenincha ta'limotni falsafa, estetika, etika, psixologiya, adabiyot va san'at qatorida adabiy tanqidning ham nazariy asosi sifatida olgan edi. Bu ta'limotga ko‘ra, adabiy tanqid garchi ilmiy-estetik hodisa, deb e'tirof etilsa-da, lekin kommunistik g'oyaviylik uning mohiyatini belgilovchi yetakchi unsur sifatida talqin etilardi. Oqibatda kommunistik g‘oyaviylik sinfiy va partiyaviy adabiy tafakkurni boshqarib turuvchi vositaga aylantirilgandi. Sinfiylik va partiyaviylik nazariyachilari adabiyot va san'at ravnaqigagina emas, tanqid rivojiga ham juda katta zarar yetkazdi. tanqidning maqsad va vazifalari tamoman o‘zgartirib yuborildi, bu soha g‘oyaviy kurashning quroliga aylantirildi. Hatto estetik hodisalar sanaluvchi umuminsoniy tushunchalar; ijobiylik yoxud salbiylik, go‘zallik va fojiaviylik, ma'naviy barkamollik kabi ko'plab kategoriyalar ham sinfiylik mezonlariga bo‘ysundirildi. Mana shunday qarashlar asosida faoliyat yuritish sho'ro davri o`zbek tanqidchiligi uchun ham xos edi. «Hamma ijtimoiy fanlardek, adabiy tanqid tarixi ham (agar u haqiqiy fan bo'lishni istasa), marksizm-leninizmning insoniyat jamiyati, uning rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi, shu jumladan, jamiyat hayotida inson ongi va uning badiiy ijodi mahsulotlari roli haqidagi ta'limotga asoslanishi kerak»2, — deb hisobladi. Shunga qaramay, ko‘plab iste'dodli tanqidchilar o‘sha davrda yozilgan asarlami badiiy-estetik mezonlar asosida baholashga urinishdi, badiiy jihatdan bo‘sh, sayoz kitoblarga qarshi kurashishdi. Biroq hokim mafkura adabiy tanqidning erkin faoliyat yuritishiga, taraqqiy etishiga to‘sqinlik qildi. Ba’zan iste'dodli tanqidchilar o‘z qobiliyatlarini badiiy asarlar tahliliga emas, balki mafkuraviy kurash maydonidagi olishuvlarga sarflashga majbur bo‘ldilar. Natijada yillar davomida nafaqat g`oyaviy, ayni chog'da, hukmron mafkura prinsiplariga bo‘ysungan, uni o zida ifodalagan va targ'ib qilgan adabiy tanqidchilik zamonga mos shakllandi. Tabiiyki, bu tanqid o‘zining metodologik asoslarini ishlab chiqdi va adabiy jarayonga tatbiq etdi. Istiqlol davri o'zbek tanqidchiligiga xos yangilanish, dunyo ada- biyotshunosligiga murojaat etish — bu hol muhim tamoyillardan biriga aylanib bormoqda. Xo‘sh, bu jarayon qanday amalga oshmoqda? Adabiy tanqiddagi yangilanish nimalarda va qanday namoyon bo`lmoqda? Badiiy asar talqinida va yondashuvlarda qanday sifat o`zgarishlari yuz ko‘rsatmoqda? Masalaga shu nuqtayi nazardan qaralsa, ko'plab yangilanishlar ko‘zga tashlanadi. Chunonchi, bu davr tanqidchiligida, xuddi falsafadagi kabi, badiiy asar talqinida hayot birlamchi, adabiyot ikkilamchi, degan materialistik qarashdan voz kechilib, eng avvalo, odamni poetik kashf qilish, odam orqaili olamni anglashga intilish tamoyili ustuvor mavqega ko'tarildi. Talqinda dialektik hurfikrlilik, ya'ni turlicha falsafiy bilimlar asosida yondashish kuchayib bormoqda. Adabiy tanqiddagi yana bir muhim muammo adabiy jarayon bilan uzviy bog'liq bo'lib, bu yaratilayotgan badiiy adabiyot namunalariga munosabat masalasidir. Badiiy asami yangicha tamoyillar asosida tahlil va talqin qilish, birinchi galda, unga badiiy-estetik hodisa sifatida yondashuv kun tartibidagi asosiy masalalardan biri sanaladi. Bu adabiy tanqidning ham nazariy, ham amaliy faoliyatiga aloqador masalalardan biridir. Ayni shu masalada ham bahs-munozaralar, jiddiy izlanishlar kechmoqda. Badiiy asarda inson konsepsiyasi, adabiyotning estetik va ijtimoiylik tamoyillari xususidagi bahslar shular jumlasidandir. Badiiy asarga sof estetik hodisa sifatida yondashib, undagi ijtimoiylikni inkor qiluvchilar ham, aksincha, ijtimoiylikni butunlay inkor qilib bo‘lmasligini yoqlovchilar ham o‘z qarashlarini asoslashga urinishmoqda, Bu boradagi munozaralaming yechimi bevosita adabiy tanqidning amaliy faoliyati bilan bog‘liqdir. Shu bois, adabiy tanqid faoliyatidagi ikkinchi muhim yo‘nalishni amaliyot tashkil etadi. Chop etilayotgan adabiy-tanqidiy materiallar amaliyot natijasi bo'lib, ular asosida tahlil yo’nalishlari, usullari xususida kuzatishlar olib borish, muayyan xulosalar chiqarish mumkin. Adabiy tanqidnirig so'nggi davrida badiiy asarga germenevtik yondashuv ham kuchayib bormoqda. Poetik matnni talqin va tahlil etish Sharq tanqidchiligi, xususan, o‘zbek tanqidchiligi uchun ham begona emas. XIX asrga kelib, talqin muammosiga alohida e'tibor bergan Yevropa uni «germenevtika» atamasi ostida rivojlantirdi. U qadimiy adabiy yodgorliklami tushunib, ma'nosiga yetib talqin etishning maxsus usuli sifatida namoyon bo'Idi. «Garchi juda ko‘p o‘zbek adabiyotshunoslari germenevtikaning qaysidir prinsiplarini o‘z ilmiy faoliyatlarida qo‘llasalar ham, o‘sha fikrlash tarzi, gipotezalari, taqqoslari, hukm va xulosa chiqarish usullarining qaysidir jihati germenevtik tafakkurga daxldorligini xayollariga ham keltirmaydilar. Chunki biz yaqingacha dialektik materializm falsafasidagi gnoseologiya - bilish nazariyasini chuqur o‘rganganimiz holda germenevtika-matn talqim ta’limotining jahon ilm-fanidagi atamasidan ham aksar holatlarda bexabar qoldik»'. Germenevtika atamasi «tushuntirish», «talqin qillsh» degan ma’nolarni bildiradi. Uning ayrim yo‘nalishlari qadimgi Gretsiyada yuzaga kelgan. Sharq adabiy-tanqidiy tafakkurida bu atama qo‘llanmagan bo‘lsa-da, uning mohiyatiga munosib yo‘sinda fikrlash tarzi Mahmud Qoshg'ariy davrlaridayoq mavjud bo ‘lgan. «Germenevtika» yunoncha so‘zdan paydo bo‘lib, ««tushuntiraman, «talqin qilaman» degan ma’noni anglatgan. Qadimgi yunon mifologiyasida Germes ahli tijorat piri sifatida ko‘rsatilgan. Qadimgi Yunonistonda ellinizm davrida savdo karvonlari o‘tadigan yo‘llarga Germes haykali tiklanganligi bejiz emas. Sharq-musulmon adabiyotida Surush obrazi bot-bot uchraydi. U hojatbaror, mushkullarni hal qiluvchi kuch sifatida ko‘rsati!adiJ. Germes tilni, yozuvni kashf etgan kuch ham hisoblanib, tushuntirish, talqin masalalari uning nomi bilan bog'lanadi. Germes ilohlar mujdalarini odamlarga olib kelgan, ulami tushuntirib, talqin qilib bergan. Gcrmenevtika-talqin nazariyasi, ma’noni anglatish ta’limoti bo‘lib, aksariyat hollarda qadimgi matnlarni sharhlashda qo‘llanilgan. Ilk bor germenevtikadan «Iliada» va «Odisseya» asarlari talqinida foydalanilgan. Keyinchalik Arastu va Aflotunlar germenevtika haqida asar yozdilar. G‘arbda germenevtika tarixi, maktablari, namoyondalari haqida. M. Baxtin, D.S. Lixachyov, M.B. Kagan, M.B Xrapchenko singari rus olimlari tadqiqotlar olib bordi. Yu. Borev, P. Gaydenko, D. Urnov, V. Xalizev singari rus adabiyotshunoslari aksiologiya, germenevtika tarixi, nazariyasi, amaliy qo‘llanishini o‘rgandilar. Germenevtikaning hozirgacha yaratilgan tarixi qiziqarlidir. XVII asrda «germenevtika» termini Fridrix Shleyermaxer tomomdan gcrmenevtika nazariy muammo sifatida ilm olamiga olib kirildi. F. Shleycrmaxer germenevtika tarixiy talqin metodi sifatida, xususan, tarjima san'ati prinsipi holatida qo'llaydi. Bizning davrimizda adabiy asarni tushunishning bu tarzi filologik tadqiqotlar va tanqidchilik sohasiga ham kirib, uning mohiyatini adabiy asaming asl matnini tiklash va uning adabiyot tarixidagi ahamiyatini aniqlashga qaratilgan tadqiqot usullaridan birini tashkil etadi. Ko‘riladiki, germenevtika ham adabiy tanqidga, ham umuman, adabiyotshunoslikka daxldor talqin usullaridan biridir. G‘arb adabiyotshunosligidagi germenevtika adabiy-badiiy hodisaga tafsilli (unsurma-unsur, uzvma-uzv, bo‘lakma-bo‘lak) yondashuv xususiyati bilan ajralib turadi. Badiiy talqin yoki sharh usuli qadimdan Sharq adabiyotshunosligida ham mavjud esa-da, bu usul talqinda germenevtika qayd etgan imkoniyatlarga umumiyroq fikr bildirish, umumiyroq xulosalar bayon etishi bilan farqlanadi. Adabiy tanqid taraqqiyotining o'tish davridagi izlanishlarida sinergetika ham muhim rol o‘ynamoqda. Sinergetika nazariyasining asosini tashkil etuvchi barqarorlik bilan beqarorlik (xaos), muvozanat bilan muvozanatsizlik, tartib bilan tartibsizlik, tizimlilik bilan tizimsizlik o‘rtasidagi aloqadorlik qonuniyatlari adabiy tanqidda ham o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lmoqda. Chunonchi, so‘nggi o‘n-o‘n besh yil ichida, sirtdan qaraganda, tanazzulga ishora etilayotgandek Fikr uyg'otadigan turli bahs-munozaralar (jumladan, «Adabiyot o‘ladimi?» degan masalaning qo‘yilishi, sho'ro davrida yaratilgan asarlar haqida biri-birini inkor etuvchi chiqishlar, realizmga shubha bilan qarash holatlari, modernizm haqidagi qarama-qarshi fikrlar, sho'ro davri adabiyot nazariyasiga oid qarashlarning inkor etilishi va h.k.) zamirida adabiy tanqid taraqqiyotida yangicha konsepsiya etilib kelayotganligi, yangicha metodologik tamoyillar shakllanayotganligi, binobarin, mazkur soha yangicha adabiy-nazariy qonuniyatlar asosida rivojlana boshlaganini ilg'ash qiyin emas. Bundan tashqari, adabiy tanqidda badiiy asarga ko'plab falsafiy, adabiy-estetik mezonlar asosida yondashishning kuchayishi, tahlilning turli usullaridan unumli foydalanishga intilish ilmiy bilishda metodologik plyuralizmga o‘tilayotganligidan nishonadir. Adabiy tanqidning yangilanish tamoyillaridan yana biri asaming badiiy-estetik mohiyatini yangicha ilmiy tafakkur asosida talqin etishida ko'rinadi. Bu borada so‘nggi davr adabiyotshunosligi va tanqidchiligida ancha-muncha izlanishlar olibborilmoqda. Mustaqillik davrida yaratilgan adabiyot nazariyasiga oid darslik va qo‘llanmalarda, alohida nashrlarda1 bu masalaga oid yangicha qarashlar o‘z ifodasini topmoqda. Xullas, o‘zbek tanqidchiligi mustaqiilik davrlaridan boshlab, adabiyotshunosligidagi ilg‘or tamoyillarni, nazariy qarash, usul va metodlami o‘zlashtirishga alohida e'tibor bermoqda. Download 62.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling