Adabiy tanqidchilik tarixi


O‘zbek adabiy tanqid tarixi fanining maqsad va vazifalari


Download 62.03 Kb.
bet4/4
Sana30.04.2023
Hajmi62.03 Kb.
#1415637
1   2   3   4
Bog'liq
1 ma\'ruza

4.O‘zbek adabiy tanqid tarixi fanining maqsad va vazifalari.
Harakatdagi estetika sifatida e'tirof etilgan tanqid estetika xazinasini boyitishga, badiiy adabiyot rivojiga, yozuvchi mahorati takomillashuviga, jamiyat estetik didining ko'tarilishiga ta'sir ko'rsatadi.
Ma’lumki, predmet nazariyasisiz uning tarixi bo‘lmagani kabi tarixsiz nazariyaning ham bo‘lishi mumkin emas. Shu ma'noda tanqid tarixini o‘rganish, nafaqat adabiy jarayon haqida, balki badiiy adabiyot ta'sirida o‘zgarishlar ro‘y bergan jamiyat tarixini, undagi ma'naviy-axloqiy iqlimlarni, adabiy-estetik dunyosidagi zamon mohiyatini ham o'rganish demakdir.
Adabiy tanqid tarixining vazifasi uning tarixiy sharoitda o'ynagan roli, tutgan o‘mi, izlanishlari va topilmalarini, jamiyat, shaxs va adibga ko‘rsatgan ta'sirini aniq baholab berishdan iborat. Shundagina adabiy jarayon, uning asosiy tamoyillari, yo‘nalish va qonuniyatlari, aniq adibning aniq asari va badiiy mahorati adabiy tanqidning tahlil va tadqiq predmetiga aylangan bo'ladi.
Adabiy tanqidning vazifasi yozuvchi ijodini, badiiy asarlami tahlil etish, shu asosda adabiyot rivojiga turtki boMadigan mummolarni ko‘tarib chiqish, tekshirish, ulaming estetik mohiyatini ochish, baholash, umumlashtirishdan iborat.
Adabiy lanqidning ijtimoiy-axloqiy vazifasi yuksak san'at uchun kurash olib borish va shuning vositasida komil insonni tarbiyalashga xizmat etish zaruratidan kelib chiqadi.
Adabiy tanqidning maqsadi harakatdagi badiiy ijodning rang- barang muammolarini jamiyatning hayoti, uning moddiy va ma'naviy boyliklarini yaratish yo‘lidagi kurash bilan bog‘lab o'rganish va tushuntirishdan iborat.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. Tanqid deganda nimani tushunasiz? Uning og`zaki va yozma shakllari haqida so`zlang Uning «naqd» va «naqada» so'zlariga munosabati qanday? '

  2. Tanqid so'zining kelib chiqishi haqida nimalar bilasiz? Uning estetik hodisa sifatidagi mohiyati nimada?

  3. Adabiy tanqid - adabiyotshunoslikning boshqa tarkibiy qismlaridan qanday xususiyatlari bilan farq qiladi?

  4. Adabiy tanqidning boshqa fanlar bilan aloqasi nimalarda zuhur topgan ?

  5. Adabiy tanqid va estetik tanqidning o'zaro munosabatini izohlang.

  6. Adabiy tanqidning g'oyaviy-estetik va ijtimoiy-axloqiy vazifalari nimalardan iborat?



**********



11 Sultonmurod Olim. Tanqid qadimiy // O`z AS. 1990, 25-may.
6

1 Jalolov A., O‘zganboyev X. O‘zbek ma’rifatparvarlik adabiyoti taraqqiyotida vaqtli matbuotning roli. - T.: Fan. 1993. 83-bet.
7

1 Xudoyberganov N., Rasulov A. O‘zbek sovet adabiy tanqidchiligi tarixi. — T.: O'qituvchi, 1990, — 36-bet.
21


www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 62.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling