Adabiy tanqidchilik tarixi
Download 62.03 Kb.
|
1 ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar
- Ma‘ruza bayoni Adabiy tanqid ildizi, mohiyati, falsafa, estetika, lingvistika bilan bog‘liqligi
I MODUL. “ADABIY TANQIDCHILIK TARIXI” FAN SIFATIDA 1-mavzu: Kirish. Adabiy tanqid fan sifatida Reja: Adabiy tanqid ildizi, mohiyati, falsafa, estetika, lingvistika bilan bog‘liqligi. Adabiy tanqid - adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi: mushtarak va xos xususiyatlar. Tanqidning fan va san'atlik mohiyati. Adabiy tanqid metodologiyasi. O‘zbek adabiy tanqid tarixi fanining maqsad va vazifalari. Mavzu bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar: tanqid, naqd, estetika, strukturalizm, mantiq, psixologiya, adabiyot nazariyasi, antropologiya, g‘arb tanqidchiligi, qiyosiy tahlil, sotsiologik tahlil, struktural tahlil, adabiy tanqid usullari, qiyosiy adabiyotshunoslik, psixoanaliz, ritual-mifologik maktab, germe- nevtika, san'at sotsiologiyasi, ekzistensializm, harakatdagi estetika. Ma‘ruza bayoni Adabiy tanqid ildizi, mohiyati, falsafa, estetika, lingvistika bilan bog‘liqligi Adabiy tanqid ilmda o‘ziga xos hodisa sifatida dastlab Platon, Aristotel, Aristarx faoliyatlarida antik zamonda namoyon bo‘ldi. Aslini olganda, tanqidning ilk unsurlari xalq og‘zaki ijodida boshlangan. O‘tmishda badiiy asar haqida ikki xil: og‘zaki va yozma shakllarda fikr bildirib kelindi. Ilk badiiy asar yaratuvchisi xalq bo'lganidek, ularga ilk munosabat bildiruvchi ham xalqning o‘zidir. qarshi kurashdagi jasoratini, muayyan maqsad yo‘lidagi intilishlari, qahramonlik fazilatlari va rang-barang ruhiy holatlarini ifoda etuvchi asarlar maydonga kelishi va xalqning bu asarlarga, ularda tasvirlangan voqea-hodisalarga munosabati, bahosi, ma'qullashi yoki inkori, ulardan zavqlanishi yoki, aksincha qoniqmasligi tabiiy edi. Adabiy tanqidning paydo bo‘lishida mana shu tabiiy jarayon yotadi. Demak, badiiy asar paydo bo'lishi bilan unga baho berilishi (qanchalik oddiy bo‘lishidan qat’i nazar) zamiridagi estetik uzv adabiy tanqidning dunyoga kelishini taqozo etadi. Bunday hol umum jahon miqyosidagi adabiy tanqidiy tafakkurning paydo bo'lishi uchun umumiy qonuniyat sanaladi. Shu tariqa adabiy tanqidning ilk namunalari folklor asarini yaratuvchilar hamda uni tinglovchilar toifasiga mansubdir deyish mumkin. Shunday holat o'zimizning baxshilar va ular ijrosidagi asarlarni tinglovchilar uchun ham xos bo‘lgan. Bu hol adabiy tanqid hodisasining qadimiyligidan guvohlik beradi, albatta. Jumladan, Fozil Yo'ldosh o‘g‘lidan «Sanobar», «Farhod va Shirin» dostonlarini tinglagan xalq baxshiga o‘z taassurotlarini bildirgani haqidagi ma'lumotlar fikrimizni tasdiqlaydi. Yillar, davrlar osha yozma adabiyot bilan parallel ravishda goh uning tarkibida, goh unga alohida munosabat tarzida yozma adabiy- tanqidiy fikrlar yuzaga keldi va shakllanib bordi. Bora-bora u jamiyat va adabiyot rivojida mustaqil va mustahkam mavqega ega bo‘ldi. Binobarin, tanqid deganda biz nimani tushunamiz? Arabiy lug‘atlarning shahodat berishicha, «naqd» so‘zining bosh ma’nosi - «saralamoq», ya’ni yaxshini yomondan yoki aslni soxtadan ajratish demakdir. «Naqada» o'zagidan kelib chiqqan tanqid istilohi muhokama qilmoq, tekshirmoq, o'rganmoq, nimaningdir haqqoniyligi va to‘g‘riligini isbotlamoq, yutuq va kamchiliklarini aniqlash, badiiy asarni baholash, izohlash kabi ma'nolarni ifodalaydi. Ma'lumki, Sharq mumtoz poetikasi an'anaviy ilmi qofiya, ilmi aruz, ilmi bade'dan tarkib topgan edi. Tanqid ham ana shu uchlik ichida bo‘lgan. Vazn, qofiya, ifoda, tasvir, bayondagi g'alizliklar uni yaxshi tushunuvchilar tomonidan bee'tibor qolmagan. Badiiy asardagi kamchilikni ko'rsatadigan «ilmi naqd» tarzida an'ana kasb eta borgan. Biroq boshda u dastlab ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi bade'da har birining o‘zida naqd qismi sifatida mavjud bo`lgan. XIII asrning yirik adabiyotshunosi Shamsiddin Muhammad binni Qays Roziy «A1- Mo‘jam» kitobida ilmi naqdni alohida fasl qilib ajratgan. Olim bu ilmning ahamiyati, vazifalari haqida ham maxsus fikr yuritadi. 1483-yili Alisher Navoiy homiyligida bitilgan Atoulloh Husay- niyning «Badoyi us-sanoye» asarida ham badiiy asar kamchiligi muammosi alohida bobda bayon etilgan. Alisher Navoiy zamondoshi Husayn Voiz Koshifiyning «Badoyi’ ul afkor fi sanoyi’ ul ash’or» kitobi ham Sharq tanqid ilmi tarixini yoritish uchun muhim manba hisoblanadi. Bu asarning badiiy san'atga bag'ishlangan an'anaviy kitoblardan farqi shundaki, uning birinchi bobi badiiy san'atlar, ikkinchi bobi ilmi naqd, ya’ni adabiy tanqidga bag‘ishlangan. Koshifiy bu adabiy ilmni yanada mukammallashtirdi, kitobda naqdning lug‘aviy va istilohiy ma'nosi, bu adabiy ilmning vazifalari aniq ta’riflangan: «Nazm aytmak bayonidakim uni naqd ilmi derlar va adabiy ilmlarning biri deb bilurlar va naqd lug‘atda «saralamoq» va «sof» tangani qalbaki tangadan ajratmoq degani. Istilohda eng yaxshi she'rni yomonidan ajratish va ulami o'zaro farqlash ilmidan iborat va bu ilmni shuning uchun naqd deganlarki, tanga naqqodi (saralovchi) qalbaki tangalar orasidagi haqiqiy tangani ajratsa, bu ilm sohibi (tanqidchi) ham pokiza va beayb suxanni noshoista va ayblik suxanlar orasidan saralab aytishi kerak. Har holda kimki she’r ayblaridan ogoh bo‘lmasa, unga beayb she'rni namuna qilib ko'rsatishi lozim1. Ko‘rinib turibdiki, olimning adabiy tanqid oldiga qo'ygan talabi hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Yunon tilidagi «critike» so‘zi bilan ifodalangan (uni ruslarda ilk bor Kantemir 1799-yilda «kritik» shaklida taomilga kiritgan) tanqid, V.G.Belinskiy talqinicha, «hukm qilmoq, keng ma'noda esa, mulo- haza bildirmoq, fikr yuritmoq ma'nolarida qo'llangan. Shu sababli tanqid faqat san'at va adabiyot asarlarigagina xos bo'lmay, turli fanlarga, jumladan, tarix, axloq va boshqa sohalarga ham taalluqlidir. Demak, tanqid tushunchasi doirasining kengligi uning hayotdagi barcha hodisa-voqealariga tegishli ekanini ko‘rsatadi. Shu jihatdan tanqid hayotning qaysi bir sohasiga tegishli bo‘lsa, o‘sha jabha nomi bilan ham atalishi an'anaviydir. (Masalan, ijtimoiy tanqid, iqtisodiy tanqid kabi). Rus va Yevropadagi qator xalqlarda realistik adabiy tanqidning san'at va fan sintezidan iborat holda shakllana boshlashi XVII asr oxiri va XVIII asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Adabiy tanqid harakatdagi estetik tafakkur tarzida adabiy jarayon mohiyatini tahlil qilish va baholash xususiyatini kasb etgan; ijtimoiy-falsafiy estetik qarash shaklida adabiyot va jamiyat munosabatlari qay darajada in'ikos topganini zamon mafkurasi prizmasidan o‘tkazgan holda umumlashtirish san'ati darajasiga ko‘tarilgan. Binobarin, san’at qanchalik ichki xilma-xillikka ega bo‘lsa, tanqid ham o‘sha sohalarga tegishlilik kasb etadi. Bunga teatr va kino tanqidini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Badiiy adabiyot muammolariga daxldor tanqid adabiy tanqiddir. Chunki adabiy tanqidning qiziqish doirasini so‘z san’ati — badiiy adabiyot tashkil etadi. Hozirgi tushunchamizdagi o‘zbek adabiy tanqidining shakllanishi o‘zbek vaqtli matbuotining tug'ilishi va rivoji bilan chambarchas bog‘liqdir. Vaqtli matbuot adabiyotga aloqador bu yangi sohani taraqqiy ettirishga katta hissa qo'shdi. Nashr etilgan badiiy va tarjima asarlariga vaqtli matbuot sahifalarida taqrizlar berildi. Bu taqrizlar adabiy tanqid uchun keng va izchil shakllanish yo'lini ochdi. XX asr boshlaridagi o'zbek vaqtli matbuoti sahifalarida adabiy tanqid haqida, uning ahamiyati, ijobiy ta'siri, umuman, adabiyotning taraqqiyotidagi roli haqida qimmatli maqolalar chop etildi. Masalan, “Sadoyi Turkiston” gazetasi «tanqid» istilohi va uning adabiyotga kirib kelayotgani haqida shunday ma'lumot beradi: «Ushbu kalima qo‘limizda bo‘lg‘on lug‘at kitoblarining ba'zilarida bo‘lsa ham ba'zilarida yo'qdir. Turkiston viloyatida iste'mol qilinadurg'on lug'at kitoblarida bo‘lmaganlik to‘g‘risinda bu «tanqid kalimasi bizning istiloh orasida yangidir”. Gazeta tanqid “Axbori kabir” lug‘atida «alnoqid» so'ziga to‘g‘ri kelib «yaxshi narsaning orasidan yomonini ajratib chiqarib tashlamoq» ma'nosini bildirishi, lekin endilikda bu atamani tatar matbuoti va adabiyotida qo‘llanilayotgan ma'nosida ishlatish lozimligini uqtiradi. Maqola muallifi Ablullo Xaybullo o‘g‘Ii «tanqid»ning bu davrga kelganda butunlay yangi ma'no kasb etishini aytish bilan birga «badiiy asarlarga vaqtli matbuot orqali baho berish» deb ham tushunadi va shu mantiqdan kelib chiqqan holda asarlaming yutuq hamda kamchiliklarini ko'rsatishi lozimligini uqtiradi Uningcha, «Tanqid demak bir musannifning yozib maydoni intishorga qo'ygan kitobinda kelishmag'on iboralami matbuot vositasi ila yozib ko‘rsatmoq demakdir»'. Ablullo bu bilan adabiyotning kelgusi taraqqiyoti bevosita vaqtli matbuotga uzviy bog'liqligini uqtiradi. Shu bilan birga u tanqidchi odob doirasidan chiqmasligini ham alohida ta'kidlaydi. E’tibor bersangiz, bundan taxminan yuz yil awal o'zbek tanqidchiligida ilk bor tanqidchi etikasi degan muhim masalaga ham diqqat qaratilgan. Muallif maqolada adabiy tanqidning rus, tatar, ozarbayjon vaqtli matbuotida faol ko‘rinayotganligini e’tirof etadi va o‘zbek tanqidchilarini ham ulardan o‘rganishga da'vat etadi. Chindan-da, ilk o'zbek vaqtli matbuoti adabiy tanqidning paydo bo‘lish omillaridan biriga aylana bordi. Ilk o‘zbek vaqtli matbuoti yangi tipdagi adabiy tanqidning shakllanishiga asos solish bilan birga uning muhim ijtimoiy mohiyatiga ham e'tibor bcrdi. Download 62.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling