Adabiy tanqidchilik tarixi
Adabiy tanqid - adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi: mushtarak va xos xususiyatlar
Download 62.03 Kb.
|
1 ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2) adabiyotshunos fundamental muammo va xulosalar ustida, adabiy tanqidchi esa jonli adabiy jarayon ustida so‘z yuritadi;
- 4) adabiyotshunos yaxshi ma’nodagi «akademizm»ga, bilvosita faollikka tayanadi, tanqidchi esa zamonaviy, tezkor ruhdagi bevosita faollikka asoslanadi;
- 6) adabiyotshunos estetikani, adabiy tanqidchi estetika bilan bir qatorda adabiyotshunoslikning o‘zini ham boyitadi;
Adabiy tanqid - adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi: mushtarak va xos xususiyatlar. Tanqidning fan va san'atlik mohiyati.
Adabiy tanqidning xos xususiyati aniq badiiy asar haqida fikr-mulohaza yuritish, uni baholash bo‘lib, uning jamiyat va inson kamolotidagi or‘nini belgilashdan iborat. Ayni vaqtda u adabiy jarayon taraqqiyotiga 1 jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. Adabiyotshunoslik uch tarkibiy qismdan iborat: adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid. Adabiyot tarixi badiiy adabiyotni retrospektiv ravishda, ya'ni “ortga nazar tashlab”, o'tmishda kechgan hodisalaming sabab, oqibatlarini tekshiradi. Boshqacha aytganda, adabiyot tarixi badiiy adabiyotning uzoq yoki yaqin tarixga mansub qismini o‘rganadi. Adabiyot tarixi so‘z san'atining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixini ham tadqiq etadi, umumlashtiradi, bir xalqning va umuman, kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyotida badiiy adabiyotning roli va ahamiyatini belgilaydi. Adabiyot nazariyasi so‘z san'atining mohiyatini, u yoki bu asar janri, poetikasini, shuningdek, tarkibiy qismlari qonuniyati, ulaming so‘z san'ati takomilidagi rolini tadqiq etadi, badiiy asarlami tahlil qilish tamoyillari va ularga baho berish me'yorlarini belgilaydi. Adabiyot nazariyasi o‘tmish va bugungi kun adabiy-tarixiy jarayonidan nazariy xulosalar chiqaradi, mavjud tajribalar asosida kelajak adabiyotining nazariy xossalari haqida bashorat qiladi. Adabiy tanqid asosan harakatdagi adabiy jarayonni tekshiradi, yangi paydo bo'layotgan asarlar talqin vositasida taraqqiyot tamoyillari haqida xulosa chiqaradi, adabiy jarayonga, yangi mezonlar shaklanishiga ta'sir etadi. Adabiy tanqid zamonaviy badiiy asarlami xalq hayoti, uning estetik ehtiyoj va talablari jihatidan o'rganadi, baholaydi, fazilat, nuqsonlarini aniqlaydi, yozuvchilaming ijodiy o‘sishlariga va adabiyotning ravnaqiga ko'maklashadi. Kezi kelganda ta'kidlash joizki, adabiy tanqidda tarixiy-funksional yondashuv tamoyili bo'lib, u vaqti-vaqti bilan o‘tmishda yaratilgan badiiy qadriyatlarga murojaat etib turadi. Har bir davr, insonlardagi badiiy-estetik ehtiyoj insoniyat yaratgan buyuk asarlami o‘qib, uqib, talqin qilib, baholab borishni taqozo etadi. Badiiy adabiyotni adabiy tanqid o‘rganadi. San'atning rassomlik, musiqa, haykaltaroshlik, amaliy san'at kabi yo‘nalishlarini adabiy- badiiy tanqid o‘rganadi. Jumalistlar, san'atshunoslar, kino-teatrshu-noslar adabiy-badiiy tanqid sohasini o'zlashtiradilar. Adabiy va adabiy-badiiy tanqidning betakror xususiyatlari mayjud. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlarining o‘zaro mushtarak jihati shundaki, ulaming har uchovi ham estetik idrokning o'ziga xos jihatlarini o‘rganadi; ular xalq tarixi, xalq tili, xalq madaniyati, folklor va xalq estetik tasavvurlarining jonli taraqqiyot tarixi negizida rivoj topadi. Ko‘p hollarda bir olim shaxsida, aytaylik, I. Sulton yoki M. Qo'shjonovlarda, ayni vaqtda ham adabiyotshunos, ham munaqqid fazilatlari mujassam topadi. Adabiyotshunoslikning uch tarkibiy qismi aro tafovutlarga kelganda shuni aytish zarurki, ayirmalar ko‘proq zamon kategoriyasi hamda obyektga munosabatdagi farqdan kelib chiqadi. Binobarin, adabiy tanqidni adabiyotshunoslikdan farqlashga imkon beradigan estetik xususiyatlar quyidagilar: Adabiyot tarixi, asosan, o‘tmish adabiyotini, adabiy tanqid esa ko'proq shu kunda yaratilayotgan asarlami, adabiyot nazariyasi esa ham o'tmish, ham bugunda asarlaming yaratilish qonuniyatlarini, asarni yuzaga keltiruvchi tarkib va qismlaming sababiyatini o'rganadi. Adabiyotshunos va tanqidchi orasida ham muayyan farqlar bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 1) adabiyotshunos, asosan, ilmiy tafakkur maydonida, tanqidchi esa ilmiy-publitsistik va badiiy tafakkuming mushtarak maydonida harakat qiladi; 2) adabiyotshunos fundamental muammo va xulosalar ustida, adabiy tanqidchi esa jonli adabiy jarayon ustida so‘z yuritadi; 3) adabiyotshunos o'tmish va zamonaning muayyan xulosalangan adabiy jarayoniga, adabiy tanqidchi esa, aniq asarga va kechagi asarlaming bugungi adabiy jarayonga ta'sir ko‘rsata oluvchi jihatlariga ko'proq urg‘u beradi; 4) adabiyotshunos yaxshi ma’nodagi «akademizm»ga, bilvosita faollikka tayanadi, tanqidchi esa zamonaviy, tezkor ruhdagi bevosita faollikka asoslanadi; 5) adabiyotshunos mutaxassislar va soha talablarini nazarda tutadi, adabiy tanqidchi esa ommaga qarab so'zlaydi; shu kunning estetik talablariga alohida e'tibor beradi; 6) adabiyotshunos estetikani, adabiy tanqidchi estetika bilan bir qatorda adabiyotshunoslikning o‘zini ham boyitadi; 7) tanqid xulosalarini tasdiqlab yoki inkor etib, adib, asar, muammolar haqida yangi ilmiy qarashlarni ilgari suradi va h.k. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari o‘zaro uzviy bog'langan bo'lib, biri ikkinchisini to'ldiradi, boyitadi. Shunday qilib, adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqidning maqsadi umumiy, ammo predmeti bir-birinikidan farq qiladi. Download 62.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling