Adabiy til meyorlari. Tonetik va talaffuz meyorlari


Download 72.41 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi72.41 Kb.
#1556134
1   2   3   4   5
Bog'liq
Adabiy til meyorlari.

[a] tovushi til oldida keng va ochiq holda talaffuz etiladi. Ovoz bog‘lamlaridagi un paychalari birlashgan bo‘lib, taranglashib, tebranadi. O‘pkadan chiqayotgan havo ovoz­(un)dan iborat bo‘ladi. Havo tarkibida shovqin bo‘lmaydi. Sof undan iborat bo‘lgan [a] tovushi hosil bo‘ladi. [b] tovushi hosil bo‘lishida havo oqimi portlab, ovoz bog‘lamlaridagi un paychalari birlashib, taranglashadi va tebranadi. Havo shovqin va undan iborat bo‘lib, jaranglaydi. [f] tovushi hosil bo‘lishida lab-tish orasidan sirg‘alib chiqadi, ovoz bog‘lamlari­dagi un paychalari ochiq bo‘lib, tebranmaydi. Havo shovqinli va jarangsiz bo‘ladi. [m] tovushi talaffuzida havo burun bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrab, portlab chiqadi va qisman og‘izdan ham chiqadi. Ovoz bog‘lamlaridagi un paychalari birlashib, taranglashadi va tebranadi. Havo tarkibida qisman shovqin va ko‘proq ovoz (un) bo‘ladi. Ovoz (un) ko‘p bo‘lgani uchun bu tovush ovozdor (sonor) tovush deb yuritiladi.

  • [a] tovushi til oldida keng va ochiq holda talaffuz etiladi. Ovoz bog‘lamlaridagi un paychalari birlashgan bo‘lib, taranglashib, tebranadi. O‘pkadan chiqayotgan havo ovoz­(un)dan iborat bo‘ladi. Havo tarkibida shovqin bo‘lmaydi. Sof undan iborat bo‘lgan [a] tovushi hosil bo‘ladi. [b] tovushi hosil bo‘lishida havo oqimi portlab, ovoz bog‘lamlaridagi un paychalari birlashib, taranglashadi va tebranadi. Havo shovqin va undan iborat bo‘lib, jaranglaydi. [f] tovushi hosil bo‘lishida lab-tish orasidan sirg‘alib chiqadi, ovoz bog‘lamlari­dagi un paychalari ochiq bo‘lib, tebranmaydi. Havo shovqinli va jarangsiz bo‘ladi. [m] tovushi talaffuzida havo burun bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrab, portlab chiqadi va qisman og‘izdan ham chiqadi. Ovoz bog‘lamlaridagi un paychalari birlashib, taranglashadi va tebranadi. Havo tarkibida qisman shovqin va ko‘proq ovoz (un) bo‘ladi. Ovoz (un) ko‘p bo‘lgani uchun bu tovush ovozdor (sonor) tovush deb yuritiladi.

O‘zbek tilidagi barcha tovushlarning talaffuz me’yorlari shunday tartibda batafsil, keng­roq yoritilsa, maqsadga muvofiq. Fonetikaning “Tovush va talaffuz me’yorlari” muqaddam o‘rganilgan bo‘lib, yuqoridagi qoidalar ilmiy asoslangan. Tovush talaffuzi­ning artikulyatsiyasida nutq organlarining holati fizik va biologik jarayon bo‘lib, bu sohani bugungi globallashuv, texnika asrida qayta o‘rganish o‘ta muhim hisoblanadi. Fonetikaning tovush va talaffuz qoidalari alohida shaklda, qoida tarzida berilsa, unda tovushlar: 1) unli tovushlar talaffuzi qoidalari; 2) undosh tovushlar talaffuzi qoidalari; a) jarangli tovushlar; b) jarangsiz tovushlar; d) ovozdor tovushlar deb tasniflanishi lozim.

  • O‘zbek tilidagi barcha tovushlarning talaffuz me’yorlari shunday tartibda batafsil, keng­roq yoritilsa, maqsadga muvofiq. Fonetikaning “Tovush va talaffuz me’yorlari” muqaddam o‘rganilgan bo‘lib, yuqoridagi qoidalar ilmiy asoslangan. Tovush talaffuzi­ning artikulyatsiyasida nutq organlarining holati fizik va biologik jarayon bo‘lib, bu sohani bugungi globallashuv, texnika asrida qayta o‘rganish o‘ta muhim hisoblanadi. Fonetikaning tovush va talaffuz qoidalari alohida shaklda, qoida tarzida berilsa, unda tovushlar: 1) unli tovushlar talaffuzi qoidalari; 2) undosh tovushlar talaffuzi qoidalari; a) jarangli tovushlar; b) jarangsiz tovushlar; d) ovozdor tovushlar deb tasniflanishi lozim.

Download 72.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling