Adabiyod tanqid va adabiyodshinoslik
Adabiyotshunoslik metodologiyasi - b
Download 114.25 Kb.
|
ADABIYOD TANQID VA ADABIYODSHINOSLIK
Adabiyotshunoslik metodologiyasi - badiiy adabiyotni o'rganishning tamoyil va usullarini tayin etadi. Badiiy adabiyotni ilmiy-nazariy tahlil qilish, ilmiy o'rganish yo'l va usullarini o'rgatadi. Bu usul 2 ikkiga ajraladi:
Adabiyotni ilmiy o'rganish metodi. Adabiyotni o'rgatish metodi. Adabiyotga san’at sifatida yondashish kerak. Masalan, «Obid ketmon» asaridagi Obid. Adabiy asarga Shakl bilan mazmunning birligi deb qarash kerak. «Zarbulmasal»da 400 ta misol ishlatilgan. Adabiy asar o'sha asar yaratilgan zamon bilan bog'liq holda o'rganiladi. O'tmishda yaratilgan asarlar hozirgi zamon bilan bog'liq holda o'rganilmaydi. Adabiyotga sinfiy jihatdan yondashish to'g'ri emas. Metodologiya fanni o'rganishda umumiy qo'llanma rolini o'ynovchi nazariy tamoyillardir. Bizning adabiyotshunoslik adabiyot va san’atni o'rganishda quyidagi ilmiy-metodologik tamoyillarga amal qiladi: san’atkor ijodining qimmati uning davrimizga nisbatan nimalar bera olganligi bilan emas, o'z zamonasiga nisbatan nimalar bera olganligi bilan belgilanadi; san’atkor ijodining qimmati uning qaysi toifaga mansubligiga qarab emas, uning o'z asarlari bilan kimlarning manfaatlariga xizmat qilishi bilan belgilanadi. Adabiyot metodikasi esa badiiy asarlarni o'rganish va o'rgatishning konkret metod hamda tamoyillarini belgilab beradi. Endilikda madaniyat va san’atni bir-biriga qarshi, ikkiga ajratmasdan o'rganish kerak, uni bir butun deb qarash kerak. Adabiy jarayonni o'rganishda o'lchovimizga to'g'ri kelmaydigan hodisalarni hisobdan chetda qoldirmaslik kerak. Ikkinchidan, asarni baholashda xalqchillik asosiy mezonlardan bo'lishi, asarning bahosini uning jamiyatga ta’siri, xalq manfaatlariga qay darajada muvofiqligini hisobga olish zarur. Uchinchidan, badiiylik ustivor mezon bo'lib xizmat qilmog'i kerak. Bunda Shakl bilan mazmunni bir-biridan ajratib qo'ymaslik kerak. To'rtinchidan, san’at hodisalarini o'rganishda davr, Sharoitni hisobga olmoq juda muhim. Taraqqiyot, harakat va rivojlanish ziddiyatdan iboratligini esdan chiqarmaslik kerak. Ijodda aql bilan hissiyot uzviyligini nazarda tutmoq zarur. Beshinchidan, tasavvuf bilan bog'liq majoziy yo'nalishni esdan chiqarmaslik kerak. Demak, metodologiyaga ko'ra adabiy asarga yaxlit badiiy mahsulot deb qaraladi. Shakl bilan mazmun ajratilmaydi. Uni yaxlit, bir butun idrok qilish kerak. Undagi har bir element muhim mazmun va ahamiyat kasb etadi. Ana shu unsur boshqa unsurlar bilan birlikda yaShaydi. Bir bo'lakda sodir etilgan o'zgarish butun asarning xarakteriga ta’sir qiladi. SHuning uchun adabiy asar bir-biriga bog'liq narsalarning haddan tashqari nozik ravishda birikishidir. Uni tahlil qilishda alohida qismlar ajratib olinadi. Biroq bunday deformatsiya (emirilish) minimum darajaga keltirilishi kerak. Download 114.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling