«Adabiyot» -sinflar uchun «A» «B» Mavzu: adabiyot so‘z san’ati
b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu
Download 0.79 Mb.
|
Adabiyot-5
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu: Men shu tariqa yolg‘izlikda yashardim, dilimni anglaydigan biror hamdardim yo‘q edi... Olti yil muqaddam samolyotimning motori buzilib, Sahroyi Kabirga qo‘nishga majbur bo‘ldim. Yonimda na mexanik, na bironta hamroh bor edi. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, samolyotni amallab bir o‘zim tuzatishga ahd qildim. Yo motorni tuzataman, yo halok bo‘laman. Bir haftaga bazo‘r yetadigan suv qolgan. Shunday qilib, birinchi kechani huvullab yotgan sahroda, qum ustiga uzala tushib o‘tkazdim. Minglab chaqirim narida ham tirik jon asari sezilmasdi. Kemasi halokatga uchrab, bepoyon okeanda sol uzra suzib borayotgan odam ham menchalik yolg‘iz bo‘lmagandir. Shu bois tong-saharda meni kimningdir ingichka ovozi uyg‘otib yuborganda naqadar hayratga tushganimni tasavvur ham qilolmasangiz kerak. — Iltimos... menga qo‘zichoq chizib ber! - degan qo‘ng‘iroqdek tovush yangradi yonginamda.
A?.. Menga qo‘zichoq chizib ber... Tepamdan go‘yo yashin urgandek, sapchib o‘rnimdan turdim. Apil-tapil ko‘zlarimni ishqalab, atrofga alangladim. Qarasam — ro‘paramda allaqanday g‘aroyib bir bolakay menga jiddiy tikilib turibdi. Mana, uning eng yaxshi surati, men uni keyin chizishga muvaffaq bo‘ldim. Albatta, bu rasmda u aslidagidek yaxshi chiqmagan. Nachora, bunga men aybdor emasman. Olti yashar paytimda kattalar, sendan rassom chiqmaydi, deb rosa miyamga qo‘yishgani uchun men bo‘g‘ma ilonlarning ichki va tashqi ko‘rinishidan boshqa narsani chizishni o‘rgana olmadim. Shunday qilib desangiz, ko‘zlarimni katta-katta ochgancha bu g‘aroyib bolakayga qarab turardim. Odamzod makonidan minglab chaqirim olisdagi yaydoq biyobonda ekanim yodingizdan chiqmagandir. Shunisi g‘alatiki, bu bolaning aft-angoriga qarab, adashib qolgan yoki nihoyatda horib-charchagan, qo‘rquvdan yuragi yorilib, ochlik va tashnalikdan o‘lar holga yetgan, deb bo‘lmasdi. Kimsasiz sahroda, inson qadami tegmagan cho‘l-u biyobonda daf atan paydo bo‘lib qolgan bu bolaning ko‘rinishidan bunday fikrlarni xayolga ham keltirish mumkin emasdi. Nihoyat, menga yana til ato bo‘lib, asta so‘radim: — Lekin... sen bu yerda nima qilib yuribsan? U tag‘in ohistalik bilan va g‘oyat jiddiy ohangda: — Iltimos... qo‘zichoq chizib ber... — dedi. Bularning barchasi shu qadar sirli, anglab bo‘lmas bir tarzda ro‘y berayotgan ediki, rad qilishga jur’atim yetmadi. Jazirama sahro qo‘ynida, hayotim qil ustida turgan bir pallada qanchalik bema’ni ko‘rinmasin, cho‘ntagimdan qog‘oz-qalam oldim-u, lekin shu zahoti o‘zimning asosan jug‘rofiya, tarix, arifmetika va husnixatni o‘rganganim lop etib esimga tushdi-da, bolakayga qarab (hatto biroz achchiqlanib) rasm chizishni bilmasligimni aytdim. Bu gapimga u: — Baribir qo‘zichoq chizib ber, — deb javob qildi. Men umrimda qo‘zichoq rasmini chizib ko‘rmaganim uchun, o‘zim bilgan o‘sha eski ikkita suratdan birini — bo‘g‘ma ilonning tashqi ko‘rinishini chizib ko‘rsatdim.
Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling