«Adabiyot» -sinflar uchun «A» «B» Mavzu: adabiyot so‘z san’ati
b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu
Download 0.79 Mb.
|
Adabiyot-5
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu: QO‘QONDAN SHOHIMARDONGA Faryodkim, garduni dun Aylar yurak-bag‘rimni xun, Ko‘rdiki, bir ahli funun, Charx anga kajraftor ekan Qolmay shaharda toqatim, Qishloq chiqardim odatim. Xohi yayov, bo‘lsun otim, Goh sayr ham darkor ekan.
Yo‘ldosh edi bir chitfurush, Yetdim jadallab vaqti tush, Bir dam qiziq bozor ekan. Bir ma’raka ko‘rdim butun, Jami yopingan boshga to‘n, Boqsamki, besh yuzcha xotun Voiz so‘zin tinglor ekan. Mingboshilik kimning ishi, Desam, dedi bedonishi, Bir «qo‘shtegirmonlik» kishi, Xo‘ja Iso badkor ekan. Mag‘rur, xasis-u besh-u kam, Har gapda yuz ichgay qasam, Takjoy olur moxovdan ham, Hoji o‘zi murdor ekan. «Sayohatnoma» adabiy janr sifatida barcha xalqlar adabiyotida mavjud. O‘zida sayohat xotiralari va ular bilan bog‘liq tafsilotlarni aks ettirgan nasriy va she’riy asarni sayohatnoma deb ataymiz. «Sayohatnoma» janri sharq adabiyotida, jumladan, o‘zbek mumtoz adabiyotida o‘ziga xos shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Ushbu janrning dastlabki namunalarini ulug‘ mutafakkir shoirlarimiz Alisher Navoiy va Mirzo Bobur ijodida uchratamiz. XVIII asrning oxiri — XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan shoir Maxmurning ham sayohatnoma yozganligi ma’lum. O‘zbek adabiyotida alohida poetik shaklda tartib topgan, keyinchalik adabiy an’ana tusiga kirgan bu janrning asoschisi Muhammad Aminxo‘ja o‘g‘li Muqimiydir. Darhaqiqat, Muqimiy «Sayohatnoma»lari maydonga kelib, xalq orasida mashhur bo‘lganidan keyin, xuddi shu uslubda Zavqiy, Furqat, Tajalliy va shoirga zamondosh boshqa ijodkorlarning «Sayohatnoma»lari yaratildi. E’tibor beradigan bo‘lsak, bu davrdagi «Sayohatnoma»lar ko‘pincha she’riy shaklda yaratilgan. Ularning ichki tuzilishi quyidagicha: Kirish, ya’ni sayohatga chiqish ehtiyoji, sabablari aytiladi. Yo‘l xotiralari batafsil bayon etiladi. Sayohatlardan muayyan xulosalar chiqariladi. Hozirgi davrimizda zamonaviy «Sayohatnoma»lar ham yaratilyapti. Ular ko‘proq adib, shoirlarimiz, jurnalistlarimizning turli mamlakatlarga, shuningdek, yurtimizdagi shahar va qishloqlarga qilgan safarlari asosida bitilyapti. Shu o‘rinda Oybek, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, O‘tkir Hoshimov va boshqa adiblarimizning yo‘l xotiralari adabiyotimizda sayohatnoma janrining boyishiga xizmat qilmoqda. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling