DARYO KO‘RMAGAN QUL HIKOYATI
Bir podshoh bir ajamiy g‘ulom bila kemaga mindi. G‘ulom hargiz daryoni ko‘rmamish erdi va kemaning haybat va mehnat in bilmamish erdi. Vahm bila ko‘p yig‘lab, zorlig‘ qilib, a’zo va andom ig‘a larza va beqarorlig‘ yetishti. Har nechakim mulotafat ko‘rguzub, tadorik in qilur erdilar, aslo orom topmas erdi. Bu jihatdin, podshohning ayshi tiyra bo‘lur erdi. Hech chorasin topmas erdilar, ammo hamul kecha ichida bir hakim bor erdi. Podshohga dedi: «Agar ruxsat bersangiz, man bir ish etib, ani xomush qilurman». Podshoh dedi: «Agar mundoq qilsang, bizning haqimizda nihoyatsiz karam qilmish bo‘lg‘aysan». Ondin so‘ng hakim buyurdi, to g‘ulomni sochidan tutub, daryog‘a tashladilar. Uch navbat cho‘mg‘ondin so‘ng tortib, kemaning oldig‘a yovuq kelturdilar. G‘ulom jon havlidin ikki qo‘li bilan kemadagi kishilarning qo‘lig‘a yopushib, zo‘r bila o‘zini kema ichiga olib, bir go‘shada o‘lturub, orom tutdi. Podshohg‘a bu hol taajjub ko‘runub, so‘rdikim: «Munda ne hikmat bor erdi?» Hakim dedi: «G‘ulom burundin g‘arq bo‘lmoq mehnatin ko‘rmamish erdi, lojaram, kema ichining salomatligi qadrin bilmas erdi, emdi bildi, andoqkim, ofiyat qadrin bir musibatg‘a giriftor bo‘lg‘on kishi bilg‘usidur». Qit’a:
Qorning to‘q esa, arpa noni yaxshi ko‘runmas,
Gar och ersang, oy qursi kabi xo‘b erur va sof.
A’rof behisht o‘lg‘usidur do‘zax eliga,
Jannat eliga bo‘lg‘usi do‘zax vale a’rof.
Do'stlaringiz bilan baham: |