«Adabiyot» -sinflar uchun «A» «B» Mavzu: adabiyot so‘z san’ati


b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu


Download 0.79 Mb.
bet178/260
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#251728
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   260
Bog'liq
Adabiyot-5

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug‘ildi. Otasi temuriyzoda Umarshayx Farg‘ona viloyati hukmdori edi. Onasi Qutlug‘ Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.

Bo‘lajak shoir 12 yoshida ekan, otasi bevaqt halok bo‘lib, Farg‘ona hokimligi uning zimmasiga tushadi. 15 yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi. 16 yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo‘ladi. Keyin ham ikki marotaba bu shaharni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Lekin saqlab qolish nasib etmadi. Samarqandni ham, Andijonni ham qo‘ldan berib, tog‘-u toshlarda besh-o‘n yigiti bilan goh otliq, goh yayov yurgan paytlari ham bo‘ldi. Nihoyat, 1503-yilda Jayhun (Amu)ni kechib, Xurosonga o‘tdi. Kobul va G‘aznani qo‘lga kiritdi. So‘ng 1526-yilda esa Hindistonni zabt etib, katta saltanat o‘rnatdi. U 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etdi. Keyinroq uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko‘chiriladi.

Bobur ikki she’riy to‘plam — devon tuzgan. Shulardan bittasi yetib kelgan. Ikkinchisining taqdiri noma’lum. Hozirda bizning qo‘limizda uning to‘rt yuzdan ortiq she’ri bor. Shundan ikki yuzdan ortig‘i ruboiydir.

Ruboiy sharq she’riyatida keng tarqalgan she’r turlaridan, to‘rtlik. Aruzning ma’lum vaznidagina yozilgan. Bobur ruboiylari har jihatdan to‘kis, mukammal she’riy asarlardir. Ularda Bobur hayotining manzaralari aks etadi. Shoir o‘z umrining achchiq-chuchuk kunlaridan so‘z ochadi.

Mana, ayrim namunalar:

Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi

Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.

Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda,

Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi.

Endi Boburning ushbu ruboiyini yozgan holatini ko‘z oldimizga keltiraylik. U 19-20 yoshlarda, g‘ayrati dunyoga sig‘magan paytlari. Lekin Samarqandni ikki marta olib, ikki marta ham tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. Andijon xiyonatchilar qo‘liga o‘tgan. Ikki-uch yil tog‘-u toshlarda sarson-sargardon yurdi. Nihoyat, hammasi joniga tegdi. Va yuqoridagi satrlar qog‘ozga tushdi.

Mana yana bir holati: nihoyat u bir qarorga keldi. Amudaryodan o‘tdi-yu bir hamla bilan Kobul va G‘azna shaharlarini jangsiz egallab oldi. Lekin butun ko‘ngli Amudaryoning bu tomonida, ona Vatanida. U tirik yursa qaytadi. Shu umid bilan yashaydi. U yozadi:

Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen,

Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen.

Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz,

Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen.

Qayd - kishan. Beqayd - kishansiz, erkin. Siym - oltin, kumush. Laim — gado. Demak, garchi erkin bo‘lsam-da, oltin-kumush ilinjida yurgan pastkashlardan emasman. Uyma-uy mol yig‘ishtirib yuradigan gadolardan ham emasman. Bobur endi Kobulda qolib ketdi dersiz, yo‘q, unday demang, men uzoq qolmayman, albatta ona yurtimga qaytaman, demoqchi bo‘ladi shoir.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling