«Adabiyot» -sinflar uchun «A» «B» Mavzu: adabiyot so‘z san’ati


b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu


Download 0.79 Mb.
bet254/260
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#251728
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   260
Bog'liq
Adabiyot-5

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu: Nodar DUMBADZE (1923-1984)

Qardosh gruzin xalqining ardoqli adibi Nodar Dumbadze asarlarida ifoda etilgan ezgulik, insonparvarlik, adolatsevarlik, xalqqa muhabbat tuyg‘ulari uni boshqa xalqlar o‘quvchilari uchun ham suyukli yozuvchiga aylantirgan. Jumladan, Nodar Dumbadzening qator hikoyalari, «Ko‘karacha» qissasi, «Oq bayroqlar», «Abadiyat qonuni» singari romanlari mohir tarjimon Nizom Komil tomonidan ona tilimizga o‘girilgan. «Abadiyat qonuni» asari asosida o‘zbek san’atkorlari tomonidan yaratilgan ko‘p qismli videofilm namoyish etilgach esa, adib ijodiga qiziqish bizning yurtimizda yanada kuchaygan.

Nodar Vladimirovich Dumbadze 1928-yilning 14-iyulida Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tug‘ulgan. Yozuvchining ilk hikoyalar to‘plami “Qishloq bolalari” nomi bilan 1958-yilda chop etilgan.

Gruzin xalqi, jumladan, Nodar Dumbadze asarlaridagi g‘oya va ma’nolar bizning ko‘nglimizdan joy olishining qator sabablari bor, albatta. Avvalo, gurjilar ham xuddi o‘zbek xalqidek o‘z ona diyorlarini behad sevadilar. Qadim an’analarga sodiqlik, har qanday qiyin ahvolda ham Vatanni tashlab ketmaslik, yoshi ulug‘larni e’zozlash singari insoniy ko‘nikmalar har ikki xalqqa birdek xosdir. Agar gruzin kino ijodkorlari filmlarini ko‘rgan bo‘lsangiz, bilasizki, hatto ularning beshiklari ham biznikiga juda o‘xshash.

Agar Chingiz Aytmatovning «Qiyomat» nomli romanini, bu asardan joy olgan «oltovlon va yettinchi» taqdiri to‘g‘risidagi mungli hikoyani o‘qisangiz, gruzin xalqi o‘z kindik qoni to‘kilgan tuproqqa naqadar qattiq bog‘langaniga guvoh bo‘lasiz. Nodar Dumbadzening «Hellados» nomli hikoyasida bu abadiy mavzu yangi bir nuqtayi nazardan ochib beriladi.

Avval mazkur hikoyani biroz qisqartirilgan holda o‘qib chiqaylik.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling