Adabiyot 5- sinf


Antuan De Sent – Ekzyuperi (1900-1944)


Download 248 Kb.
bet4/12
Sana27.12.2022
Hajmi248 Kb.
#1068719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-SINF 2-QISM

Antuan De Sent – Ekzyuperi (1900-1944)



  1. Antuan De Sent – Ekzyuperi qachon va qayerda tug’ildi? A)1900- yil 29- iyunda Fransiyaning Liyon shahrida B) 1900- yil 19- iyunda Fransiyaning Liyon shahrida D) 1900- yil 29- iyulda Fransiyaning Liyon shahrida E) 1900- yil 29- iyunda Angliyada

  2. Antuan De Sent – Ekzyuperi qanday oilada tug’ildi? A) o’ziga to’q zadagon oilada B) dehqonlar oilasida D) kambag’allashgan zadagon oilada E) hunarmandlar oilasida

  3. Antuan De Sent – Ekzyuperining bolaligi qayerda o’tdi? A) Liyon shahridagi bolalar uyida

B) Amakasining uyida D) Buvisiga qarashli Sen Moris maskanida E) San Mores nomli bolalar uyida

  1. Antuan De Sent – Ekzyuperining akasining ismi kim? A) Saxara B)Fransua D) Sen Moris

E) uning akasi yo’q

  1. Birinchi jahon urishida ular qayerda o’qidi? A) Angliyadagi kollejda B) Shvesiyadagi kolejda

D) Shveysariyadagi Kollejda E) Fransiyadagi kollejda

  1. Antuan De Sent – Ekzyuperining akasi nechanchi yil vafot etadi? A) 1916-yil B) 1917- yil

D) 1918 – yil E) 1944 – yil

  1. Antuan De Sent – Ekzyuperi qachon yashashdan maqsad nima degan savolga javob topdi?

A) shoir bo’lib yetishgandan so’ng B) Birinchi kitobini yozgandan so’ng D) Jangda urishgandan so’ng E) Akasining vafotidan so’ng

  1. Antuan De Sent – Ekzyuperi Nafis san’at akademiyasining qaysi fakultetiga o’qishga kirdi?

A) adabiyot B) arxitektura D) harbiy sohasiga E) ixtirochilik

  1. Antuan De Sent – Ekzyuperi qachon o’qishni tark etdi? A) 1920-yil B) 1921- yil D) 1923 – yil

E) 1924 – yil

  1. Antuan De Sent – Ekzyuperi o’qishni tark ertgach qaysi soha vakili bo’ladi? A) yozuvchilik

B) arxitektur D) harbiy kemachi E) harbiy uchuvchi

  1. Antuan De Sent – Ekzyuperi uchun hal qiluvchi yilni toping? A) 1926-yil B) 1927- yil D) 1928 – yil E) 1924 – yil

  2. Antuan De Sent – Ekzyuperining birinchi hikoyasini toping? A) “Tungi parvoz ” B) “Uchuvchi”

D) “Janub chopari ” E) “Kichkina shahzoda”

  1. Antuan De Sent – Ekzyuperi birinchi hikoyasi nechanchi yil chop etildi? A) 1926-yil B) 1927- yil D) 1928 – yil E) 1924 – yil

  2. Antuan De Sent – Ekzyuperi qaysi shaharning aeroport boshlig’i bo’ldi? A) Man sharida B) Sen Maris D) Kap-Jubi E) G’arbiy Saxara

  3. Antuan De Sent – Ekzyuperi bo’sh vaqtlarida nima bilan shug’illangan? A) adabiyot B) musiqa

D) ixtirochilik E) barchasi bilan

  1. Antuan De Sent – Ekzyuperining ilk yirik asarini toping? A) “Tungi parvoz ” B) “Uchuvchi”

D) “Janub chopari ” E) “Kichkina shahzoda”

  1. Antuan De Sent – Ekzyuperining ilk yirik asari nechanchi yili nashr qilindi? A) 1926-yil B) 1927- yil D) 1928 – yil E) 1929 – yil

  2. Antuan De Sent – Ekzyuperining qaysi asari “Femina ” mukofotiga sazavor bo’ladi? A) “Tungi parvoz ” B) “Uchuvchi” D) “Janub chopari ” E) “Kichkina shahzoda”

  3. Antuan De Sent – Ekzyuperining eng mukammal asari berilgan qatorni toping? A) “Tungi parvoz

B) “Erkaklar zamini” D) “Janub chopari ” E) “Kichkina shahzoda”

  1. Antuan De Sent – Ekzyuperining qaysi asari Grant pri mukofotiga sazavor bo’lgan? A) “Tungi parvoz ” B) “Erkaklar zamini” D) “Janub chopari ” E) “Kichkina shahzoda”

  2. Fransiya urishda mag’lubiyatga uchraganda Antuan De Sent – Ekzyuperi qayerdan panoh topadi?

A) Rossiyadan B) AQSH dan D) Angliyadan E) Ispaniyadan

  1. Antuan De Sent – Ekzyuperi 1942- yili qaysi asarini yozadi? A) “Tungi parvoz ” B) “Erkaklar zamini” D) “Harbiy uchuvchi ” E) “Kichkina shahzoda”

  2. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagi nechanchi yili yozilgan? A) 1943-yil B) 1942- yil D) 1944 – yil E) 1941 – yil

  3. Antuan De Sent – Ekzyuperi qachon favot etadi? A) 1943-yil 31- avgustda

B) 1944-yil 31- iyulda D) 1943-yil 31- iyunda E) 1943-yil 31- mayda

  1. Antuan De Sent – Ekzyuperi favot etgan paytda Fransiya ozodligiga qanchalik vaqt qolgan edi? A) 2 hafta B) 3 hafta D) 4 hafta E) 3 kun

  2. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagida Kichik shahzoda yerga yetib kelguncha o’zga sayyoralarda kimlarni uchratadi? A) yakka –yolg’iz qirolni, shuhratparast kimsani B) piyonistani, korchalonni D) Yostiqday keladigan kitoblarni yozadigan cholni, chirog’bonni E) barchasini

  3. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagida piyonista nimani unutmoqchi edi? A) dunyo tashvishlarini

B) ichishining uyatligini D) hiyonatini E) dushmanligini

  1. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagida yozuvchi Kichkina shahzodani qanday qiyofada shakllantirgan? yovuzlik B) yaxshilik D) ezgulik E) B-D javoblari

  2. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagini yozuvchi kimga bag’ishlaydi? A) farzandi Leon Vertga

B) do’sti Leon Vertga D) akasiga E) onasiga

  1. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagida yozuvchi bo’g’ma ilonning bir yirtqich hayvonni tiriklay yutayotgan suratini qaysi kitobda ko’rib qolgan edi? A) “Yolg’on hikoyalar”nomli kitobda

B) “Bo’lgan voqealar ” nomli kitobda D) “Achchiq haqiqat” nomli kitobda E) “O’tmish tarixi” nomli kitobda

  1. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagida yozuvchining 1- raqamli rasmi qanday surat edi?

A) Shlapa B) qo’zichoq D) filni tiriklayin yutib yuborgan bo’g’ma ilon E) ilonning ichki ko’rinishi

  1. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagida yozuvchining chizgan suratini nimaga o’xshatishadi?

A ) Shlapaga B) qo’zichoqqa D) filni tiriklayin yutib yuborgan bo’g’ma ilonga E) hech nimagal

  1. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagida yozuvchi rasmini odamlarga ko’rsatganda unga qanday maslahat berishadi? A) jo’g’rofiyani o’rganishni B) tarix va husnixatni o’rganishni

D) arifmetikani o’rganishni E )barchasini

  1. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagida yozuvchining 2- raqamli rasmi qanday surat edi?

A) Shlapa qo’zichoq B) filni tiriklayin yutib yuborgan bo’g’ma ilon D) ilonning ichki ko’rinishi

  1. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagida yozuvchining samolyoti buzilganda qayerga qo’nishga majbur bo’ladi? A) Afrikada B) o’zga sayyoraga D) Sahroyi Kabirga E) Xitoyga

  2. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagida Kichik shahzoda yerda kimlar bilan muloqotda bo’ldi?

A) yakka –yolg’iz qirol, shuhratparast kimsa bilan B) piyonista, korchalon bilan D) Yostiqday keladigan kitoblarni yozadigan cholva chirog’bon bilan E) Ilon, tulki,gul,bekat nazoratchisi, savdogar bilan

  1. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagida Kichik shahzoda yozuvchidan nimani chizib berishni so’raydi? A) gulni B) qo’zichoqni D) ilonni E) barchasini

  2. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagida Kichik shahzoda mitti sayyorasida zerikkan paytda kim bilan koinot bo’ylab sayohatga chiqadi? A) qushlar bilan B) yozuvchi bilan D) ilon bilan

E) gullari bilan

  1. “Kichkina shahzoda” ertagida yozuvchi qachon so’ngi qultim suvini ichib tugatadi? A) falokatga uchraganiga bir hafta bo’lganida B) g’aroyib ichimlik sotadigan savdogar haqida hikoyani eshitgach D) falokatga uchramasdan burun E) A-B javoblari

  2. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagida Kichik shahzoda kimga xizmat qilishidan xursand edi?

A) yozuvchiga B) feruza gulga D) ilonga E) qushlarga

  1. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagida Kichik shahzoda qachon qorqadi? A) yerga kelganida

B) yerga kelganiga bir yil to’lishida D) ilon chaqmoqchi bo’lganida E) u hech qachon qo’rqmaydi

  1. Yozuvchi Kichik shahzodaning nimasini yaxshi ko’radi? A) kulgisini B) so’zini D) soddaligi

E) hech ham yaxshi ko’rmaydi

  1. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagida “senda besh million qo’ng’iroq bo’ladi, menda esa besh million qo’ng’iroq…” jumlasida ostiga chizilgan so’zda Kichkina shahzoda nimani nazarda tutadi? A) gullarni B) qushlarni D) yulduzlarni E) qo’ng’iroqlarni

  2. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagida Kichik shahzodaga yozuvchi nima chizib berishni esidan chiqaradi? A) no’xtani B) tasmasini D) qo’zichoqni E) ilonning rasmini

  3. “Kichkina shahzoda”falsafiy ertagida yozuvchi qayerni dunyodagi eng go’zal va eng hasratli makon deb ta’riflaydi? A) Sahroiy Kabirni B) Afrikani D) Fransiyani E) yer kurrasini



Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling