Adabiyot 5- sinf
MUHAMMAD AMINXO’JA MUQUMIY (1850-1903)
Download 248 Kb.
|
5-SINF 2-QISM
MUHAMMAD AMINXO’JA MUQUMIY (1850-1903)
1. Muqumiy qachon va qayerda tug’ilgan ? A) 1850- yil Andijonda B) 1850- yil Qo’qonda D) 1850- yil Samarqandda E) 1850- yil Farg’onada 2. Muqumiy tug’ilgan mahallani toping ? A) Bekvachcha B) Nonvoy D) Beshariq E) mahallasi ma’lum emas 3.Muqumiy dastlab qaysi maktabda tahsil oldi? A) “Hokim oyim ”da B) “Mehtar anbar ” da D) Mulla Abxalil E) Mulla Abdulhamid 4. Muqumiy tug’ilgan oilaning kasbi nima edi ? A) etikdo’st B) nonvoy D) kosib E) hunarmand 5. Muqumiyning onasining ismi nima ? A) Hakima aya B) Oyshabibi D) Qutlug’nigorxonim E) Halima aya 6. Muqumiy Qo’qondagi qaysi madrasada ta’lim oldi? A) “Hokim oyim ”da B) “Mehtar anbar ” da D) Muhammad Alixon E) “Sherdor” 7. Muqumiy Buxoradagi qaysi madrasada ta’lim oldi? A) “Hokim oyim ”da B) “Mehtar anbar ” da D) Muhammad Alixon E) “Sherdor” 8.Muqumiy dastlab qanday ish bilan shug’ullanadi? A) pattachi B) xattotlik D) mirzalik E) kosiblik 9. Muqumiy Oqjardagi paromda qanday ish bilan shug’ullanadi? A) pattachi B) xattotlik D) mirzalik E) kosiblik 10.Muqumiyning oilasining buzilishiga nima sabab bo’ldi? A) ayolining bevafoligi B) moddiy muhtojlik D) Muqumiyning ayoli bilan kelisha olmagani E) muqumiyning katta qarzga botganligi 11. Muqumiy o’z ota hovlisini sotib, qaysi nomdagi madrasadan hujra olib umrining oxirigacha o’sha yerda o’tkazadi? A) “Hokim oyim ”da B) “Mehtar anbar ” da D) Mulla Abxalil E) Hazrat madrasasidan 12.Muqumiy xattotlikni kimdan o’rganadi? A) Muhammad Yusufdan B) Otasi Mirzaxo’jadan D) Onasi Oyshabibidan E) “Hokim oyim ”madrasasida o’qib yurgan paytida 13.Muqumiy Toshkentga necha marotaba boradi? A) 2 B) 3 D) 4 E) 5 14. Muqumiy Toshkentga nima maqsadda boradi? A) oilasini boqish uchun B) moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida V) ota tomonidan qarindoshlarini topishga D) A-B javoblari E) barchasi 15.Muqumiy o’z davrida qaysi shoirlar bilan hamisha muloqotda bo’ladi? A) Zavqiy, Furqat B) Nisbat , Muhayyiy D) G’aribiy, Nasimiy E) barchasi 16.Muqumiy nechanchi yil vafot etadi? A) 1905 – yil B) 1903-yil D) 1904-yil E) 1906- yil 17. “Sayohatnoma ” janrining muallifi kim? A) Muqumiy B) Navoiy D) Bobur E) Yusuf xos Hojib 18.Qolmay shaharda toqatim , Qishloq chiqardim odatim. Xoxi yayov, bo’lsin otim, Goh sayr ham darkor ekan. Ushbu parcha Muqumiyning qaysi sayohatnomasidan olingan? A) Qo’qondan Isfaraga B) Qo’qondan Farg’onaga D) Qo’qondan Shohimardonga E) Qo’qondan Toshkentga 19.Muqumiy “Oltarma ”, “Do’rmancha ”, “Bo’rbaliq”, “Roshidon” kabi qishloqlarda bo’lishini qaysi sayohatnomasidan olingan? A) Qo’qondan Isfaraga B) Qo’qondan Farg’onaga D) Qo’qondan Shohimardonga E) Qo’qondan Toshkentga 20.Muqumiy o’z sayohatnomasida qaysi qishloqda qaroqchi ko’pligini tasvirlaydi? A) “Bo’rbaliq”B) “Oltarma ” D) “Roshidon” E) “Do’rmancha ” 21. Muqumiy o’z sayohatnomasida qaysi qishloq atrofi gulzor ekanligini, obiravonning o’ynab oqishini tasvirlaydi ?A) “Bo’rbaliq”B) “Oltarma ” D) “Roshidon” E) “Do’rmancha 22.Bir ko’cha ketguncha do’kon, Sho’x odami, ichmay piyon, Mast, otasi bezor ekan . Muqumiy qaysi qishloqni tasvirlagan? A) “Bo’rbaliq”B) “Zohidon ” D) “Roshidon” E) “Do’rmancha 23. Bir ko’cha ketguncha do’kon, Sho’x odami, ichmay piyon, Mast, otasi bezor ekan . Muqumiyning qaysi sayohatnomasidan olingan? A) Qo’qondan Isfaraga B) Qo’qondan Farg’onaga D) Qo’qondan Shohimardonga E) Qo’qondan Toshkentga 24.Chun shahridinchiqdim “Qudash”, Ko’ngil bo’lib mahzun-u g’ash, majnunsifat, devonavash, serchashma-yu kam chang ekan. Muqumiyning qaysi sayohatnomasidan olingan? A) Qo’qondan Isfaraga B) Qo’qondan Farg’onaga D) Qo’qondan Shohimardonga E) Qo’qondan Toshkentga 25. Muqumiy “Qudash ”, “Nursux”, “Rafqon”, “Konibodom” kabi qishloqlarda bo’lishini qaysi sayohatnomasidan olingan? A) Qo’qondan Isfaraga B) Qo’qondan Farg’onaga D) Qo’qondan Shohimardonga E) Qo’qondan Toshkentga 26.Ozodadadin to’pori ko’p, Dukchisidan attori ko’p, choyxo’ridin ko’knori ko’p, bir rasta nos-u bang ekan. Muqumiy qaysi qishloqni tasvirlagan? A) “Qudash”B) “Nursux ” D) “Rafqon” E) Konibodom 27. Ozodadadin to’pori ko’p, Dukchisidan attori ko’p, choyxo’ridin ko’knori ko’p, bir rasta nos-u bang ekan. Muqumiyning qaysi sayohatnomasidan olingan? A) Qo’qondan Isfaraga B) Qo’qondan Farg’onaga D) Qo’qondan Shohimardonga E) Qo’qondan Toshkentga 28.Olma anor o’rniga ham , bog’ida tok-u zang ekan. Muqumiy qaysi qishloqni tasvirlagan? A) “Qudash” B) “Nursux ” D) “Rafqon” E) Konibodom 29. “Yayfan” kabi tolzor kam, yo’q soyasida zarra g’am , zebo sanam, qoshi qalam jononlari bisyor ekan. Muqumiyning qaysi sayohatnomasidan olingan? A) Qo’qondan Isfaraga B) Qo’qondan Farg’onaga D) Qo’qondan Shohimardonga E) Qo’qondan Toshkentga 30. “Yayfan” kabi tolzor kam, yo’q soyasida zarra g’am , zebo sanam, qoshi qalam jononlari bisyor ekan. Muqumiy qaysi qishloqni tasvirlagan? A) “Yakkatut”B) “Nursux ” D) “Rafqon” E) Raboti 31.Muqumiy qaysi sayohatnomasida “Shirinki zardolilari, qand-u asal bekor ekan ” deb tasvirlaydi? A) Qo’qondan Isfaraga B) Qo’qondan Farg’onaga D) Qo’qondan Shohimardonga E) Qo’qondan Toshkentga 32.Alhamdullo, bexatar, Keldim, muqim, aylab safar, muztar qolib, ko’rmay zafar, Haq bandasiga yor ekan. Muqumiyning qaysi sayohatnomasidan olingan? A) Qo’qondan Isfaraga B) Qo’qondan Farg’onaga D) Qo’qondan Shohimardonga E) Qo’qondan Toshkentga 33.Sayohatnoma janrining dastlabki namunalari qaysi ulug’ shoirlar ijodida uchraydi? A) Navoiy B) Bobur V) Yusuf Xos Hojib D) A-B Javoblari E) barchasi 34. XVIII asrning oxiri-XIX asrning birinchi yarmida qaysi o’zbek shoiri “Sayohatnoma” yozgan? A) Maxmur B) Xondamir D) Zavqiy E) Furqat 35. Quyidagilarning qaysi biri “Sayohatnoma” janri tuzilishida asos bo’ladi? A) Kirish, ya’ni sayohatga chiqish ehtiyoji, sabablari aytiladi B) Yo’l xotiralari batafsil bayon etiladi D) Sayohatlardan muayyan xulosalar chiqariladi E) barchasi asos bo’ladi. Download 248 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling