«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati
Download 1.83 Mb.
|
5 sinf adabiyot fanidan dars ishlanma
HADIS HAQIDA TUSHUNCHA Hadis — islom dinida Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bo‘lib, Muhammad alayhissalomning hayoti va faoliyati, uning diniy va axloqiy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga oladi. Muhammad payg‘ambar biror gap aytgan, biror ish qilib ko‘rsatgan yoki boshqalar qilgan biron-bir ishni ko‘rib turib, uni man etmagan bo‘lsa, ana shu uch holat sunnat hisoblanadi. Ana shunday xatti-harakatlar yoki ko‘rsatmalar hadis deb yuritiladi. Hadislarda islom dinining qonun-qoidalari bilan birgalikda insoniy fazilatlar ham keng tashviq qilinadi, insoniylik sha’niga dog‘ tushiradigan yomon sifatlar qoralanadi. Ya’ni, hadislarda o‘zaro do‘stona munosabatlar, qarindosh, ota-ona va farzandlarning haq-huquqlari, mehr-oqibat, halollik, poklik, adolat, insof-tavfiqli bo‘lish targ‘ib qilingan. Razolat, kibr-u havo, adovat, hasad, xiyonat, yolg‘onchilik, fitna-fasod, zulm kabi illatlarga nafrat tuyg‘ulari ifodalangan. Vaqt o‘tishi bilan turli ijtimoiy ziddiyatlar, dindagi ichki g‘oyaviy kurashlar natijasida soxta hadislar ham paydo bo‘la boshlagan. Natijada hadis ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimlar — muhaddislar hadislarni ishonchli manbalar asosida qayta ko‘rib chiqishga, ularning haqiqiylarini soxtalaridan ajratishga kirishganlar. Shunday qilib, islom olamining turli yerlarida hadis ilmining yirik targ‘ibotchilari va mualliflari paydo bo‘la boshladi. Hadis ilmining rivojlanishiga, ayniqsa, bizning yurtimizdan yetishib chiqqan muhaddislar ulkan hissa qo‘shishgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Abd ar-Rahmon ad-Dorimiy as-Samarqandiy o‘z umrlarini hadis to‘plash va ularni o‘rganishdek muqaddas ishga bag‘ishlaganlar. Mashhur muhaddislar orasida Imom Buxoriy eng oldingi o‘rinda turadi. Uning yozgan kitoblari ichida eng mashhuri «Al-jome’ as-sahih» (bu asar «Al-jome’ as-sahih» nomi bilan ham mashhur)asaridir. Imom Buxoriygacha o‘tgan muhaddislar hadis kitoblariga barcha eshitgan hadislarini kiritar edilar. Hadislarni barcha shartlari bilan tekshirib, ularni sahih (ishonchli) yoki g‘ayrisahih (ishonarsiz) qismlarga ajratmas edilar. Birinchi bo‘lib bu uslubni Imom Buxoriy joriy etgan. Hadislar tuzilishiga ko‘ra, yuqorida ta’kidlanganidek, ikki qismdan — hadisning mazmuni (matni) va uning sanadidan iborat. Hadislarni bir-biridan eshitib, rivoyat qilib, avloddan avlodga qoldirib kelgan roviylar ro‘yxati hadisning musnadi deyiladi. Muhammad payg‘ambardan so‘ng biron-bir hadis yozib olingunga qadar o‘tgan vaqt ichida ushbu hadisni bir-biriga naql qilib kelgan roviylar tartibida (musnadda) uzilish bo‘lmasa, bunday hadislar ishonchli hisoblangan. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob. Uyga vazifa. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish. O’quv-tarbiya bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________ «Adabiyot» 5-sinflar uchun «________»___________________20___ yil Mavzu: Kim ko’p maqol va topishmoqlar biladi (SUHBAT) Darsning texnologik haritasi
Darsning texnik chizmasi:
Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish. c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish. Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin) Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar... Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Adabiyot» 5-sinf uchun darslik. 2) 5-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) Yangi mavzu: TOPISHMOQLARDAN NAMUNALAR Bir parcha patir, Olamga tatir. (Oy) Bir otasi, bir onasi, Necha yuz ming bolasi. (Quyosh, oy, yulduzlar) Onasi bitta, Bolasi mingta (Oy va yulduzlar) Zar gilam, zar-zar gilam, Ko‘taray desam, og‘ir gilam. (Yer) Teg desam, tegmaydi, Tegma desam, tegadi. Kel, kel desam, kelmaydi. Kelma desam, keladi. (Lab) Boshi taroq, Dumi o‘roq. (Xo‘roz) Otasi uzun xo‘ja, Onasi yoyma xotin, Bolasi shirin-shakar. (Tok, bargi, uzumi) Kichkina dekcha, Ichi to‘ la mixcha. (Anor) Qo‘shnimning arqoni devordan oshib tushdi. ( Oshqovoq) Yer tagida oltin qoziq. (Sabzi) MAQOLLARDAN NAMUNALAR Bilim baxt keltirar. Ilmsiz - bir yashar, Ilmli - ming yashar.
Sihat tilasang, ko‘p yema. Do‘st bo‘lsang, do‘stingning aybini tuzat. Qunt bilan o‘rgan hunar, Hunardan rizqing unar. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob. Uyga vazifa. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish O’quv-tarbiya bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________ «Adabiyot» 5-sinflar uchun «________»___________________20___ yil Mavzu: EZOP (miloddan avvalgi VI asr) (1-soat) Darsning texnologik haritasi
Darsning texnik chizmasi:
Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) Yangi mavzu: Xo‘sh, nega bunday ibora paydo bo‘lgan, Ezop degani kim, qabilida savol tug‘ilishi tabiiy. Bu savollarga javob topish uchun qadimiy Yunonistonga, ya’ni hozirgi dunyo xaritalariga Gretsiya, Makedoniya nomi ostida kiritilgan mamlakatlar va o‘sha atroflardagi ko‘hna davlatlar. shaharlar tarixiga murojaat qilishimiz kerak. Rivoyatlarga ko‘ra, miloddan avvalgi VI asrlarda Yunonistonda quldorlik tuzumi hukm surgan paytda qullar orasidan yetishib chiqqan nihoyatda aqlli, ammo o‘ta badbashara, xunuk bir donishmand bo‘lib, uni Ezop deb atashgan ekan. Uning asli kelib chiqishi o‘sha davrlardagi bo‘lib urushlar natijasida qul qilib olinib. Yunonistonga kelib qolgan. Aql-u farosati, topqirligi bilan o‘z xo‘jayinlarining mushkullarini oson qilib, hurmat va e’tibor qozongan. Hatto shaharlarni bosqinlardan asrab, podshohlarni qirg‘in-barot urushlardan to‘xtatib qolgan. Oxir-oqibat o‘zini qullikdan xalos etib, Lidiya shohi Krez saroyida xizmat qilgan, so‘ng Vavilon shohi Likurg saltanatida xazinabon darajasiga ko‘tarilgan. Keyinroq, haqgo‘yligi, adolatparastligi, kinoyali achchiq tili uchun ko‘rolmagan, hasadgo‘y dushmanlari uni Delfa shahrida tog‘ qoyasidan otib yuborib, o‘ldirganlar. Ezop hayoti haqidagi ma’lumotlar o‘sha davrdagi va undan keyingi asrlardagi solnomachilar tomonidan yozib qoldirilgan rivoyatlar, ibratli hikoyatlar orqali yetib kelgan. Uning 500 ga yaqin masallari qadim davrlardayoq jamlanib, «Ezop masallari» nomi ostida kitob qilingan va donishmandlik o‘gitlari sifatida butun dunyoga tarqalgan. «Ulug‘ masalchi»ning o‘zi haqida rivoyatlar ham juda ibratomuz. Masalan, ularning birida hikoya qilinishicha, Ezopning xo‘jayini safarga otlanar ekan, o‘z qullariga yuklarni bo‘lib olib, ko‘tarib ketishlari lozimligini buyuradi. Ezop ularning oldiga kelib, o‘ziga yengilroq yuk berishlarini iltimos qilganida, qullar uning o‘zi tanlab olishiga ruxsat beradilar. Ezop borib, to‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan non solingan qutini tanlaydi. Atrofidagilar barchasi undan kulib, yengil narsa so‘rab, eng og‘ir yukni tanlagani uchun ahmoq deya masxara qiladilar. Xo‘jayini uning og‘ir yukka o‘zini urganini ko‘rib, Ezopni maqtab qo‘yadi. Aslida Ezop olis safarga ketayotganlarini sezib, uzoqni ko‘zlab ish tutgan edi. Anchagina yo‘lni bosib, kun peshinga yetganda, barcha to‘xtab, ovqatlanishga o‘tiradilar. Shunda Ezop ko‘tarib kelgan qutidan barchaga non ulashib, yukini ikki barobar yengillashtiradi. Kechga borib, yana yo‘lda ovqatga unnaganlarida, qutining ichidagi qolgan nonlarni ham ulashib, yukidan tamomila xoli bo‘lib oladi-yu boshqa qullar manzilgacha olgan yukini qiynalib ko‘tarishda davom etsa, Ezop qup-quruq qutini yelkalab, oldinda o‘ynoqlab, chopib boradi.
Darsning texnologik haritasi
Darsning texnik chizmasi:
Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi O’tgan mavzuni so’rash. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling