Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65
Biroq, shunisi muhimki, G‘afur G‘ulom mana shu
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
Biroq, shunisi muhimki, G‘afur G‘ulom mana shu
nursiz, qabohat va jaholatga to‘la muhitni yosh bola nigohi orqali rang-barang mazmunga to‘la holda tasvirlaydi. Qissani o‘qir ekansiz, undagi hodisalarning qiziqligi, qahramonlar xarakteridagi yorqin jihatlar Sizni butunlay o‘ziga rom qilib oladi. Garchi, yuqorida aytganimizdek, bosh qahramon duch keladi- gan odamlarning ko‘pchiligi ochko‘z, xasis, nazari past kimsalar 3 7 bo‘lsa-da, bizning Shum bola bunday kimsalarni bir ko‘rishda taniydi, ularning chirkin muhitidan iloji boricha tezroq qutulish yo‘llarini qidiradi va albatta topadi! Mana shu paytlarda Shum bolaning naqadar topqir, ziyrak, ba’zan esa, yaxshi ma’noda shum bola ekaniga qayta-qayta amin bo‘lamiz. Qissadan o‘qigan parchamizda ham Shum bolaning Sariboy- day ezma, injiq, xasis kimsani boplab dodini berganiga guvoh bo‘ldik. Avvalo shuni aytish kerakki, Shum bolaning Sariboyni mot qilish usuli Sharq xalqlari og‘zaki ijodi namunalarini – ertak- larni ijodiy qayta ishlash mahsuli hisoblanadi. Biron muhim voqeani aytish uchun uni bu voqeaga mutlaqo aloqasi yo‘q taf- silotlar orqali bayon qilish usuli, jumladan, «Uch yolg‘onda qirq yolg‘on» ertagida uchraydi. Sharq adabiyotining katta bilimdoni hisoblangan G‘afur G‘ulom o‘z Shum bolasini bu safar ayni shu usul bilan Sariboyning g‘azabidan omon olib chiqib ketadi. Guvohi bo‘lganimizdek, shu paytga qadar bu ezma va laqma boyga odam bolasi teng kela olgan emas. Uning qo‘lida umrbod xizmat qilib charchagan kishilarning dard-u alami ichida. Hech biri yurak yutib xo‘jayinga gap qaytara olmaydi. Gap qaytarish qayda, umuman, bu odamga ro‘para kelishdan qo‘rqib yurishadi. Chunki, xoh yaxshi, xoh yomon gap bo‘lsin, Sariboy nuqul «xo‘sh, innaykeyin-chi» deb, Shum bola aytganidek, «odamni xit qilib yuboradi». Xo‘sh, nima qilish kerak? Bu yoqda olmalar pishib, tagiga to‘kilib, uvol bo‘lyapti. Xo‘- jayin ruxsatisiz terishsa ham bir balo, vaqtida terilmay qolib ketsa, yana bir balo. Har ikki holda ham bechora xizmatkorlar aybdor bo‘lib qoladi. Shu muammoni yechib kelish Shum bolaning chekiga tushgan. Sezgan bo‘lsangiz, birovlarning dard-u tashvishi, olamda bo‘- layotgan ming turli ishlar Sariboyning yetti uxlab tushiga kir- masdi. U dunyoda faqat o‘zim bo‘lay deb yashaydiganlar xili- dan edi. Shu ahvolda Shum bola xo‘jayinning «innaykeyin»iga 3 8 ! munosib javob topishi, eng muhimi esa, boyni bu savolni berish- dan bezdirib tashlashi kerak! U Sariboyni uncha-muncha gap bilan, yangilik bilan lol qilib bo‘lmasligini yaxshi biladi. Demak, «sopini o‘zidan chiqarish» – boyning «nozik joyi»dan ushlash lozim. Uning nozik joyi esa mol-mulki, boyligi bilan bog‘liq. Gap ana shu mavzuga burilsa, «boyning chaynab turgan yaxna tilni yutishga ham darmoni qolmaydi». Bir xabarni ikkinchi bir xabarga shunday ulash kerakki, natijada «innaykeyin» degan bema’ni savolni berishga Sariboyning yuragi dosh bermasin. Shum bola xuddi shunday qiladi ham. «Dandon sopli pi- choq»ning sinishi bilan boshlangan gap kenjatoy o‘g‘il Bo‘ri- boyvachchaning «terakdan yiqilib o‘lishi» bilan tugaydi. Bu ham yetmaganday, boyning turmushga chiqmagan o‘rtancha qizi «dunyoga arziydigan o‘g‘ilcha tug‘gani», chaqaloq esa Badal aravakashga «quyib qo‘yganday» o‘xshashi to‘g‘risidagi gaplar Sariboyni, nihoyat, yiqitadi. Shundan keyin ham ezma boy «innaykeyin»lab ko‘rsin-chi! Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling