Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65


Hajviy asarlarda jamiyatdagi illatlarni, yomon


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/60
Sana22.09.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1684949
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60
Bog'liq
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

Hajviy asarlarda jamiyatdagi illatlarni, yomon
xulqli kimsalarning kirdikorlarini yaqqol fosh etish
uchun voqealar bo‘rttirib ko‘rsatiladi, mubolag‘a,
fantaziya, sifatlash, o‘xshatish, qarshilantirish kabi
badiiy tasvir vositalaridan keng foydalaniladi.
Masalan, «Tanobchilar» satirasidagi tasvir vositalariga e’tibor
beraylik:
Sallalari boshlarida oq savat,
Ko‘rpacha tagda hamavaqt uch qavat.
Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar,
Birlaridur kunda pix-u gavda xar.
(Sifatlashlar)
Sulton Alixo‘ja, Hakimjon ikav,
Biri xotun, birisi bo‘ldi kuyav.
Osh yesalar o‘rtada sarson ilik,
Xo‘ja – chiroq yog‘i, Hakimjon – pilik.
(O‘xshatish)
Og‘izlari maqtanib o‘n besh qarish,
Mayda suxan, ezmachuruk, zanchalish.
(Mubolag‘a)


1 0 7
O‘zgalarga rohat-u, menga azob.
(Qarshilantirish)
Bunday tasvir vositalarini boshqa hajviy asarlarda ham ko‘p-
lab kuzatish mumkin.
Jahon adabiyotida, jumladan, o‘zbek adabiyotida ham hajviy
asar yozma va og‘zaki adabiyotning mustaqil yo‘nalishi sifatida
taraqqiy etib kelyapti. Mumtoz adabiyotimizning Gulxaniy,
Maxmur, Muqimiy, Zavqiy, bugungi adabiyotimizning Said
Ahmad, Ne’mat Aminov, Anvar Obidjon kabi hajvchi adib va
shoirlari ijodi buning yorqin misolidir.


1 0 8
O‘zbek milliy nasrining zabardast vakillaridan biri yozuvchi
Abdulla Qahhor 1907-yilning 17-sentabrida Qo‘qon shahridan
uncha uzoq bo‘lmagan Asht qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning
otasi usta Abduqahhor temirchilik bilan shug‘ullanardi. Ustaning
oilasida garchi juda ko‘p farzand tug‘ilgan bo‘lsa-da, ular
orasidan faqat Abdullajongina yashab qolib, boshqalari go‘-
daklik chog‘laridayoq turli sabablarga ko‘ra vafot etishadi.
Abdullajon tug‘ilgan davrini tasavvur qilar ekansiz, avvalgi
darslarda o‘tilgan G‘afur G‘ulom mavzusi, o‘sha ijodkor, ayniq-
sa, uning Shum bolasi taqdiri darrov yodingizga tushgan bo‘lsa,
ajab emas. To‘g‘ri sezdingiz – Abdulla Qahhorning bolalik
yillari ham boshqa tengdosh yozuvchi-shoirlarniki singari juda
og‘ir kechgandi. Yana bir o‘zbek shoiri Hamid Olimjon o‘sha
yillarni eslab:
Men bir qora kunda tug‘ildim,
Tug‘ildim-u, shu on bo‘g‘ildim, –
deyishi bejiz emas edi. Zero, o‘sha yillardagi Turkiston o‘lkasi
nihoyatda og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy tanglikni
boshdan kechirardi. Abdulla Qahhor endigina yetti yoshga
kirganida boshlangan Birinchi jahon urushi esa bu ahvolni
yanada og‘irlashtirgandi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling