Adabiyot 8 (1-qism) new indd
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘GDULMISH JAVABI ELIGKA
QUTADG‘U BILIG
(Dostondan parcha) BEGLIKKA SAZA BO‘LG‘UTEK BEG NEKUTEK KERAKIN AYTUR (Beklikka loyiq bek qanday bo‘lishini aytadi) Elig aydi emdi ayitgu so‘zim, Bu yerda muni emdi aytur o‘zum. 47 (Elig aytdi: mening so‘raydigan so‘zlarim Ushbular edi, endi shularni so‘rayman). To‘rutti ara o‘qlanin bir Bayat, Uluq bir, kichig bir, esiz edi at. (Odam bolasini yolg‘iz Xudo yaratdi, Ular orasida ulug‘, kichik, yomon, yaxshi bor). Biliglik, biligsiz, chiqay bar ya bay, Uqushliq, uqushsiz, otun bir gaday. (Dunyoda ilmli-yu ilmsiz ham, qashshog‘-u boy ham, Uquvli-yu uquvsiz ham, nochor-u gadoy ham bor). Nekutek kerak beg muni baglasi? Javi barsa ati, ishin ishlasa. (Bularga bosh bo‘lish uchun bek qanday bo‘lmog‘i kerak? Toki uning ovozasi yoyilsa, ishlariga rivoj bersa). Etilsa edi qam, bayusa budun, Ati edgu bo‘lsa, ul artar budun. (Eli yashnasa hamda xalq boyisa, Ezgu nom chiqarsa, ulus ko‘paysa). Xazina urunsa kumush ham ag‘i, Yag‘i boyni yanchsa, ketarsa chog‘i. (Xazinani kumush-u javohirlar bilan to‘ldirsa, Yov bo‘ynini yanchsa, adovatga barham bersa). Yumutsa, erat bo‘lsa kuchlug alig, Yuritsa to‘r-u tuz, yetursa bilig. (Lashkar to‘plasa, qo‘li baland bo‘lsa, To‘g‘ri siyosat olib borsa, bilimga amal qilsa). Javiqsa ajunda, yadilsa ati Bedusa kuninga ko‘tursa quti. 48 (Jahonga ovozasi, nomi yoyilsa, taralsa, Kundan-kunga yuksalsa, davlati ziyoda bo‘lsa). Erajin avinsa, yesa el uzun, Butun jan uzulsa, yesa ul ajun. (Rohat-farog‘atda yashasa, uzoq yillar elga bosh bo‘lsa, Bor joni uzilgach, u dunyoligini topsa). O‘GDULMISH JAVABI ELIGKA (O‘gdulmishning Elikka javobi) Yanut berdi O‘gdulmish aydi elig, Edi ters aytitti menga bu bilig. (O‘gdulmish javob berib: «Elig mendan Juda qiyin so‘zlarni so‘rardi», – deb aytdi). Bu beglik ishin barcha beglar bilir, To‘r-u, o‘ndi, qilq yang ulardin kelir. (Beklikning ishini beklargina yaxshi biladi, Siyosat, nizom va qoidalarni ham ular chiqaradi). Bayat kimka bersa bu beglik ishi, Berur o‘g ko‘ngul ko‘r ul ishka tushi. (Xudo kimniki beklikka loyiq ko‘rsa, Unga bu ish uchun idrok va ko‘ngil ham beradi). Kimi beg to‘rutmak tilasa Bayat, Berur ashn-u qilq, yang uqush yug qanat. (Xudo kimni bek qilib yaratishni istasa, Oldin unga aql-u uquvdan qanot beradi). Bu beglik ishi bo‘ldi beglar ishi, Bu beglar ishin bildi beglig kishi. 49 (Beklar yumushi bu – mamlakat ishi, Beklik neligin bilar bek kishi). Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling