Adabiyot 8 (1-qism) new indd


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/64
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
DAVLAT MADHIYASI
Mutal BURHONOV musiqasi Abdulla ORIPOV so‘zi
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot, 
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon! 
Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod, 
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
N a q a r o t :
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni, 
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot! 
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni, 
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
N a q a r o t :
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!


4
KIRISH
Aziz o‘quvchi!
Hayotning rang-barang hodisalarga to‘la ekanini ozmi-ko‘pmi 
anglab boryapsiz. Har bir odamning u yoki bu hodisaga ber-
gan bahosi bir-biridan anchagina farq qilishini ham ko‘rib-bilib 
turibsiz.
Insoniyat bosib o‘tgan tarixiy yo‘l shu qadar chigal, mu-
rakkab hodisalarga boyki, uni dabdurustdan baholashning hech 
iloji yo‘q. Shu tufayli ham o‘tmish hayot to‘g‘risida har bir 
ilm sohasi o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib xulosalar yasaydi. 
Bu rang-baranglik san’at sohalariga ham birdek tegishlidir.
Deylik, ushbu mavzuni o‘rganayotganingizda sinf derazalari-
dan Sizni o‘ziga chorlayotgan kuz faslining tarovatini musavvir 
mo‘yqalami orqali turfa bo‘yoqlarda tasvirlasa, bastakor ushbu 
fasl nafasini ohang yordamida ko‘nglingizga olib kiradi. Xuddi 
shu kabi, agar tarix ilmi voqea-hodisalarning qachon, qayerda, 
nima sababdan yuz bergani, bu qanday natijalarga olib kelgani-
ni chuqur o‘rgansa, adabiyot uchun ushbu hodisalarda ishtirok 
etgan kishilarning qalbidan o‘tgan kechinmalar muhimroq hisob-
lanadi. Tarixchi bo‘lib o‘tgan hodisalarning o‘rni, unda ishtirok 
etgan odamlar ism-u shari , ularning tarjimayi holiga oid fakt-
larni iloji boricha aniq ifoda etmog‘i lozim. Ijodkor adib esa 
o‘z g‘oyaviy-badiiy maqsadidan kelib chiqib mazkur hodisalarga 
biroz erkinroq yondashadi.
Masalan, sarkarda Amir Temurning taqdirida muhim o‘rin 
tutgan «Loy jangi» (1365-yil)ga raqiblar qanday tayyorgarlik 
ko‘rganlari, bu jangda har ikki tomondan nechtadan askar ishti-
rok etgani, har bir tomondan qancha odam qurbon bo‘lgani 
va boshqa tafsilotlarga yozuvchi to‘liq to‘xtalishi shart emas. 
U mazkur jangning butun dahshati va fojiasini birgina qah-
ramon (u oddiy askar bo‘lishi ham mumkin!) qismati orqali 
o‘quvchiga anglatadi. Natijada badiiy tasvir ta’siriga berilgan 


5
o‘sha o‘quvchi o‘zini shiddatli jala ostida kechayotgan, jaladan-
da shiddatli olishuv ichida his qilishi hech gap emas. Demak, 
yozuvchi tarixiy hodisaga ijodiy yondashib, uning bir qirrasini 
xuddi kuchli lupa ostida ko‘ringandek bo‘rttirib tasvirlar ekan
bunda muayyan maqsadni nazarda tutadi.
O‘rni kelganda badiiy ijodning yana bir muhim jihatini ay-
tib ketishimiz kerak. U ham bo‘lsa, ijodkorning hayot hodisala-
riga nisbatan egallagan pozitsiyasi, faol munosabati masalasidir.
Rus adibi Maksim Gorkiy XIX asr oxiri va XX asr bosh-
larida Rossiyani qamrab olgan adolatsizlik, xunrezliklar o‘ziga 
qanday ta’sir etganini xotirlab, shunday yozgan edi: «Hayotda 
ko‘rayotganlarim go‘yo yuragimning ustini shilib tashlagandek 
bo‘ldi. Shundan buyon mening qalbim har bir nohaqlikdan, 
ado latsizlikdan ta’sirlanib, achishadigan bo‘lib qoldi».
Endi hozirga qadar hayoti va ijodini o‘rganganingiz yozuv-
chi-shoirlar asarlarini birrov esingizga oling. Ularning aksari-
yatida mana shu holatni kuzatish mumkinmi, yo‘qmi? Ulug‘ 
Navoiyning:
Menga qilsa ming jafo, bir qatla faryod aylamom,
Elga qilsa bir jafo, ming qatla faryod aylaram, –
degan shohbaytining mag‘zida ham zamonasi muammolaridan 
ogohlik, xalq qismatidan qayg‘urish hislari yotibdi.
Hozirgi kunda adabiyot va ijod ahli zimmasidagi bu mas’uliyat 
yana-da ortsa ortdiki, kamaygani yo‘q. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Islom Karimov bu muhim masalani quyidagicha ifoda 
etadi:

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling