Adabiyot 8 (1-qism) new indd
QIT’ALAR KAMOL KASBIGA DALOLAT-U NUQSONIDIN
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)
QIT’ALAR
KAMOL KASBIGA DALOLAT-U NUQSONIDIN IZHORI MALOLAT Kamol et kasbkim, olam uyidin Sanga farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq. Jahondin notamom o‘tmak biaynih Erur hammomdin nopok chiqmoq. «G‘aroyib us-sig‘ar»ning 10-qit’asi. Alisher Navoiy o‘z qit’alarini «Xazoyin ul-maoniy» devon- lariga kiritganda har biriga alohida-alohida sarlavha qo‘yadi. Bu nasriy sarlavhalar qit’adagi ma’no-mazmun mohiyatini ochish- ga xizmat qiladi. Yana ham aniqroq qilib aytilsa, kitobxonni she’riy asarni o‘qishga tayyorlaydi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ushbu qit’aning sarlavhasi- dayoq kishi o‘zini kamolga yetkazishni kasb qilib olishi g‘oyasi ilgari surilib, aks holda, nuqson yuzaga kelishi izhor etiladi. B i r i n c h i b a y t dayoq shoir to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘quvchiga murojaat qilib, uni o‘zini kamolga yetkazishni kasb qilib olish- ga da’vat etadi. Chunki, deydi u, senga olam uyidan g‘amgin bo‘lib chiqish farz hisoblanmaydi. I k k i n c h i b a y t da shu krning isboti uchun hayotiy mi- sol keltiriladi. Birinchi qo‘shmisradagi olam uyidin chiqmoq so‘z birikmasi ikkinchi juftlikdagi jahondin hotamom o‘tmak bi- lan chambarchas bog‘liq. Ya’ni, deyiladi keyingi ikki satrda, bu dunyodan notamom, kamolga yetmasdan o‘tmoq – xuddi ham- momga kirib, chala yuvinib, nopok holda chiqqanday gap. Kamol et kasbkim so‘zlarini ba’zilar kasb o‘rganishni kamol- ga yetkaz deya talqin etadi. Aslida, bu yerda, kamolga yetish ni o‘zingga kasb qilib ol, deyilyapti. Demak, qit’ada shoir kishilarni o‘zini har tara ama o‘stirishga undaydi. Hatto, bu umrning bosh mazmuni darajasidagi masala qilib qo‘yilgan. Alisher Navoiy hammomga kirib, nopok chiqish qanchalar mantiqsiz bo‘lsa, dunyoga kelib, kamolga yetmay o‘tish ham shunchalar bema’nilik ekanini ochiq-oydin aytgan-qo‘ygan. 134 O‘zbekistonimizda mustaqillik yillarida barkamol avlod tar- biyasiga kelajak poydevori sifatida qaralib, boringki, bu hayot- mamot masalasi qilib qo‘yilayotgani ham bejiz emas. Ushbu g‘oya, ko‘rinib turganidek, asr-asrlik milliy ma’naviyatimizning mag‘zi-mag‘ziga singib ketgan. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling