Adabiyot 8 (1-qism) new indd
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «BU KO‘NGULDUR, BU KO‘NGUL» RADIFLI G‘AZAL
Savol va topshiriqlar
1. G‘azal hajmi va mavzusi haqida ma’lumot bering. 2. Asar vazni, qo yasi va radi ni tahlil qiling. 79 3. G‘azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 4. Ikkinchi baytda «oh» va «Moh» so‘zlari o‘rtasidagi bog‘liqlik, shuningdek, to‘rtinchi baytdagi «nazar» so‘zining g‘azal qo yasiga olingan so‘zlar bilan ohangdoshligi qay darajada ahamiyatga ega ekanini tushuntiring. 5. Beshinchi baytdagi Yoqub timsoli bilan bog‘liq talmihni izohlang. 6. Maqta’da Lut yning yuzi oltinni yashirgani zamirida qanday ma’no ko‘zda tutilgan? 7. G‘azalni yodlang. «BU KO‘NGULDUR, BU KO‘NGUL» RADIFLI G‘AZAL Meni shaydo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul, Xor-u rasvo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul. O‘qdayin qomatimizni qora qoshlig‘lar uchun Muttasil yo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul. Meni yozg‘urma «sevar» debki, mening haddim emas, Ul tamanno qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul. «Borma», derlar, «eshiki sori damo-dam», netayin, Ko‘p taqozo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul. Tori mo‘yin havasi birla qorong‘u kechada Jonni savdo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul. Dushman-u do‘st orasinda men g‘o lni mudom, Besar-u po qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul. O‘zgadin ko‘rmaki ko‘zung yoshini, ey Lut y, Ayni daryo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul. G‘azal an’anaviy ishqiy mavzuda bitilgan. U yetti bayt- dan iborat. Vazni – ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur), ya’ni foilotun – foilotun – foilotun – foilun (yoki foilon). Taqte’si: – V – – / – V – – / – V – – / – V – (yoki – V ~ ). Bu asarida shoir endi besh so‘zdan iborat radif qo‘lla- gan («qi-ladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul»). G‘azal 80 radi dagi barcha so‘zlar – turkiy («qiladurg‘on bu ko‘n- guldur, bu ko‘ngul»). Qo yasi – arabiy-forsiy kalimalar- dan («shaydo – rasvo – yo – tamanno – taqozo – savdo – po – daryo») tashkil topgan. Ko‘ngil mumtoz she’riyatimizning asosiy tasvir manbayi hisoblanadi. Chunki, tasavvuf ta’limotiga ko‘ra, Alloh kishi- ning ko‘nglidagina aks etadi. Ishq ham – ko‘ngul ishi. Lirik qahramon ishq bobida barcha «ayb»ni ko‘ngliga qo‘ymoqchi: uni shaydo, xor-u rasvo (matla’), qora qoshliklar uchun o‘qdayin tik qomatini yoydek egik qiladigan (ikkinchi bayt) ham – shu. Meni sevdi deb ayblama, buni istayotgan ham – ko‘ngul (uchinchi bayt), deydi lirik qahramon. U mulohazalarini davom ettiraveradi: eshigiga tez-tez boraverma, deyishadi, lekin ko‘ngul shuni istasa (taqozo etsa), nima qilay (to‘rtinchi bayt)? Qorong‘i kechada sochining tolasiga jonni savdo qiladigan ham (beshinchi bayt), do‘st-u dushman ichida men g‘o l ban- dani qo‘lsiz-oyoqsiz qilib qo‘yadigan ham (oltinchi bayt) – shu. Maqta’da lirik qahramon Lut yga murojaat etib, bu ishni bosh qadan ko‘rma, ko‘z yoshlaringni daryodek to‘kayotgan ham aynan «bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul», deydi. Bu g‘azal hozirgacha xonandalarimiz tomonidan sevib kuyla- nadi. Oradan to‘rt yuz yil o‘tib, XIX asrning birinchi yarmida Nodira Lut yning shu g‘azaliga o‘xshatma yozdi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling