Adabiyot 8 (1-qism) new indd
G‘AZALLAR «XOH INON, XOH INONMA» RADIFLI G‘AZAL
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)
G‘AZALLAR
«XOH INON, XOH INONMA» RADIFLI G‘AZAL Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey Moh, Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma. Haqqoki, qilich kelsa boshimg‘a, eshikingdin Yo‘qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma. Usruk ko‘zing ashkolina har gah nazar etsam, Qolmas xabarim, xoh inon, xoh inonma. Yoqub bikin ko‘p yig‘idin qolmadi sensiz Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma. Oy yuzung‘a ko‘z solg‘ali o‘zga kishi birla, Yo‘qtur nazarim, xoh inon, xoh inonma. Ishq o‘tida Lut y yuzi oltunni yoshurdi, Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma. Bu g‘azal tamoman turkona ruhda bitilgan. Tilimizda kelib chiqishi jihatidan sof o‘zbekcha bo‘lgan so‘zlardan tashqari, fors- tojikcha hamda arabcha kalimalar ham ko‘p uchraydi. «Turkona» degani shuki, she’rda o‘zbekcha so‘z va iboralar qo‘llash asosiy o‘rin tutadi. G‘azal an’anaviy yetti baytdan iborat. U aruzning nisbatan murakkab turlaridan biri bo‘lmish hazaji musammani axrabi makfu mahzuf (yoki maqsur), ya’ni maf’uv lu – mafoiylu – mafoiylu – faulun (yoki mafoiyl) vaznida bitilgan. Taqte’si: – – V / V – – V / V – – V / V – – (yoki V – ~). G‘azalda ishq mavzusi qalamga olingan. Lirik qahramon oshiq nomidan so‘zlaydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’shuqaga muro- jaat qiladi. Biroq bu yerda zimdan ilohiy ishq ko‘zda tutilgani- ni unutmaslik kerak. 77 Qo yasi («sevarim – jigarim – saharim – guzarim – xaba- rim – basarim – nazarim – siymbarim») va radi («xoh inon, xoh inonma») – juda jarangdor. Asar qurilishida ularning alo- hida o‘rni bor. Xususan, radifning to‘rt so‘zdan tashkil top- gani, amalda sakkiz misrada ularning qaytarilishi ohang ustu- vorligini kuchaytirgan. Radifning o‘zida tazod bor: «xoh inon» bilan «xoh inonma» o‘rtasidagi o‘zaro zidlik asarga alohida ba- diiy joziba baxsh etgan. «Inonma» – hozirgi tilimizda mavjud «ishonma» so‘zining XV asrdagi shakli. Mamlakatimizning ayrim hududlarida (masa- lan, Buxoro viloyatida), shuningdek, Afg‘onistondagi o‘zbek shevalarining ba’zilarida hozir ham «ishonma» o‘rniga «inon- ma» shakli ishlatiladi. G‘azalning tili – sodda, ravon. Murakkab, falsa y-tasavvu y so‘z va timsollar uchramaydi hisob. Shuning uchun g‘azal maz- muni – bugungi o‘quvchi uchun ham tushunarli. Baytlar yengil kay yat, ayricha bir ishqiy zavq bilan o‘qiladi. Hozirgacha ho zlarimiz bu g‘azalni qo‘shiq qilib kuylayotgani ham shun- dan bo‘lsa kerak. Bu g‘azal ham mumtoz yo‘lda, ham zamo- naviy estrada usulida ashula qilingan. Matla’da, radif («xoh inon, xoh inonma»)dan tashqari, to‘rttagina («sensen», «sevarim», «qondur» va «jigarim») so‘z ishtirok etgan. Bu birinchi bayt amalda yorga oshiqlikni ang- latadi, xolos. Lekin qo‘shmisra mazmunidan uning to‘g‘ridan- to‘g‘ri yorga murojaat ekani bilinib turibdi. Ikkinchi baytda ustalik bilan oshiqning hijron (ayriliq) ke- chasida sahargacha oh chekkani, bu charxi falakka yetgani ayti- ladi. Birinchi misra oxiridagi «Moh» so‘zi bilan ikkinchi misra boshidagi «oh» o‘zaro ohangdoshlik paydo qilganki, bu ham shoirning yuksak badiiy mahoratidan dalolat beradi. Uchinchi bayt alohida izoh talab qiladi. Buning uchun «guzar» so‘zining ayni matndagi xos ma’nosini tushunib olish kerak. Agar bu so‘zni «o‘tish» deb anglasak: «Xoh ishon, xoh ishonma, Xudo haqqi, boshimga qilich kelsa ham, eshiging oldidan o‘tmayman», – degan g‘azaldagi umumiy mantiqqa zid ma’no-mazmun kelib chiqadi. Shuning uchun bu so‘zni «ketish» ma’nosida tushunish lozim. Shunda: «Xoh ishon, xoh ishonma, 78 Xudo haqqi, boshimga qilich kelsa ham, eshiging oldidan nari ketmayman», – degan to‘g‘ri ma’no anglashiladi. Xuddi ikkinchi baytdagi kabi, to‘rtinchi qo‘shmisra birinchi satrida «nazar» so‘zi ham bekorga qo‘llanmagan: uning g‘azal qo yasidagi so‘zlarga (ular orasida «nazarim» ham uchraydi) hamohangligi bor. Beshinchi baytda talmih san’ati ishlatilgan. Talmih san’ati deganda asarda biror voqea-hodisa, tarixiy fakt, adabiy yoxud af- sonaviy qahramon nomini tilga olish tushuniladi. Dinimiz tari- xidan yaxshi bilamizki, Yusuf degan o‘g‘lidan ayrilgani uchun yig‘layverganidan Yoqub payg‘ambarning oxiri ko‘zlari butkul ko‘r bo‘lib qoladi. Bu mumtoz she’riyatimizda ko‘p bor tilga olinadigan, ishora qilinadigan voqealardan biri hisoblanadi. Lirik qahramon yori ishqida yig‘layverib, ko‘zdan qolganini aytish uchun shu talmihdan foydalanadi. Oltinchi baytda shoir yorni «Oy yuzli» deb ta’ri agani uchun ham shunga mutanosib ravishda maqta’da uni «siymbarim» dey- di. Oyning oqligi bilan siym, ya’ni kumushning oqligi o‘rtasida vobastalik bor. Bu ikki qo‘shmisra aro yana bir mutanosiblikni sezmaslik mumkin emas. Oltinchi baytda yor yuzi tilga olingan edi. Maqta’da lirik qahramon g‘azaldagi maqsad-muddaosidan kelib chiqib, o‘z yuzi haqida ham unga eslatib qo‘yishni unut- maydi: Lut yning yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan sarg‘ayib ketib, oltinni yashiradigan daraja ga yetdi, ya’ni shun- chalik sarg‘aydiki, buning oldida tilloning sariqligi hech narsa bo‘lmay qoldi! Lut y g‘azallari bunday go‘zal badiiy topilmalarga boyligi bilan ajralib turadi. Adabiyotimizda mashhur g‘azallarga naziralar bitish, ya’ni uning qo ya va radi dan foydalanib, o‘xshatmalar yozish an’anasi shakllangan. Lut yning bu g‘azali ta’sirida Boborahim Mashrab (1640 – 1711) ham bir g‘azal yaratgan. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling