Adabiyot 8 (1-qism) new indd
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT MADHIYASI Mutal BURHONOV musiqasi Abdulla ORIPOV so‘zi Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot, Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon! Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod, Shuhrating porlasin toki bor jahon! N a q a r o t : Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston, Ajdodlar mardona ruhi senga yor! Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon, Olamni mahliyo aylagan diyor! Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni, Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot! Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni, Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod! N a q a r o t : Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston, Ajdodlar mardona ruhi senga yor! Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon, Olamni mahliyo aylagan diyor! 4 KIRISH Aziz o‘quvchi! Hayotning rang-barang hodisalarga to‘la ekanini ozmi-ko‘pmi anglab boryapsiz. Har bir odamning u yoki bu hodisaga ber- gan bahosi bir-biridan anchagina farq qilishini ham ko‘rib-bilib turibsiz. Insoniyat bosib o‘tgan tarixiy yo‘l shu qadar chigal, mu- rakkab hodisalarga boyki, uni dabdurustdan baholashning hech iloji yo‘q. Shu tufayli ham o‘tmish hayot to‘g‘risida har bir ilm sohasi o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib xulosalar yasaydi. Bu rang-baranglik san’at sohalariga ham birdek tegishlidir. Deylik, ushbu mavzuni o‘rganayotganingizda sinf derazalari- dan Sizni o‘ziga chorlayotgan kuz faslining tarovatini musavvir mo‘yqalami orqali turfa bo‘yoqlarda tasvirlasa, bastakor ushbu fasl nafasini ohang yordamida ko‘nglingizga olib kiradi. Xuddi shu kabi, agar tarix ilmi voqea-hodisalarning qachon, qayerda, nima sababdan yuz bergani, bu qanday natijalarga olib kelgani- ni chuqur o‘rgansa, adabiyot uchun ushbu hodisalarda ishtirok etgan kishilarning qalbidan o‘tgan kechinmalar muhimroq hisob- lanadi. Tarixchi bo‘lib o‘tgan hodisalarning o‘rni, unda ishtirok etgan odamlar ism-u shari , ularning tarjimayi holiga oid fakt- larni iloji boricha aniq ifoda etmog‘i lozim. Ijodkor adib esa o‘z g‘oyaviy-badiiy maqsadidan kelib chiqib mazkur hodisalarga biroz erkinroq yondashadi. Masalan, sarkarda Amir Temurning taqdirida muhim o‘rin tutgan «Loy jangi» (1365-yil)ga raqiblar qanday tayyorgarlik ko‘rganlari, bu jangda har ikki tomondan nechtadan askar ishti- rok etgani, har bir tomondan qancha odam qurbon bo‘lgani va boshqa tafsilotlarga yozuvchi to‘liq to‘xtalishi shart emas. U mazkur jangning butun dahshati va fojiasini birgina qah- ramon (u oddiy askar bo‘lishi ham mumkin!) qismati orqali o‘quvchiga anglatadi. Natijada badiiy tasvir ta’siriga berilgan 5 o‘sha o‘quvchi o‘zini shiddatli jala ostida kechayotgan, jaladan- da shiddatli olishuv ichida his qilishi hech gap emas. Demak, yozuvchi tarixiy hodisaga ijodiy yondashib, uning bir qirrasini xuddi kuchli lupa ostida ko‘ringandek bo‘rttirib tasvirlar ekan, bunda muayyan maqsadni nazarda tutadi. O‘rni kelganda badiiy ijodning yana bir muhim jihatini ay- tib ketishimiz kerak. U ham bo‘lsa, ijodkorning hayot hodisala- riga nisbatan egallagan pozitsiyasi, faol munosabati masalasidir. Rus adibi Maksim Gorkiy XIX asr oxiri va XX asr bosh- larida Rossiyani qamrab olgan adolatsizlik, xunrezliklar o‘ziga qanday ta’sir etganini xotirlab, shunday yozgan edi: «Hayotda ko‘rayotganlarim go‘yo yuragimning ustini shilib tashlagandek bo‘ldi. Shundan buyon mening qalbim har bir nohaqlikdan, ado latsizlikdan ta’sirlanib, achishadigan bo‘lib qoldi». Endi hozirga qadar hayoti va ijodini o‘rganganingiz yozuv- chi-shoirlar asarlarini birrov esingizga oling. Ularning aksari- yatida mana shu holatni kuzatish mumkinmi, yo‘qmi? Ulug‘ Navoiyning: Menga qilsa ming jafo, bir qatla faryod aylamom, Elga qilsa bir jafo, ming qatla faryod aylaram, – degan shohbaytining mag‘zida ham zamonasi muammolaridan ogohlik, xalq qismatidan qayg‘urish hislari yotibdi. Hozirgi kunda adabiyot va ijod ahli zimmasidagi bu mas’uliyat yana-da ortsa ortdiki, kamaygani yo‘q. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bu muhim masalani quyidagicha ifoda etadi: Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling