Adabiyot 8 (1-qism) new indd
«Bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvchi ning
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayot haqiqati
«Bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvchi ning
bashariyatni ertangi kunini o‘ylab, odamlarni ezgulik, insof- diyonat, mehr-oqibat va bag‘rikenglikka da’vat etishga qara- tilgan haroratli so‘zi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ya’ni, yozuvchi: «Ey odamzod, ko‘zingni och, sen nima uchun yashayapsan, inson degan yuksak nomga munosib bo‘lish uchun nima qilyapsan?» degan savollarni kitobxon oldida, jamiyat oldida qat’iy qilib qo‘ya olsagina, o‘ylaymanki, o‘zining insoniy va ijodiy burchini bajargan 6 bo‘ladi» (Islom Karimov. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga e’tibor. T.: «O‘zbekiston», 2009, 12-bet). Albatta, adabiyot hayotdan quruq nusxa ko‘chirish, «hayot- dagiga o‘xshatib yozish» degani emas. Agar shunday bo‘lganida so‘z san’atining qadri ham, qiymati ham bo‘lmas edi. Hayot haqiqati (hayotda yuz bergan voqea-hodisalar) badiiy ha- qiqat (chinakam badiiy asar)ga aylanishi uchun ijodkor tug‘ma iste’dodga ega bo‘lishi lozimligini Siz yaxshi bilasiz. Bunga qo‘shimcha, o‘sha ijodkor hayot sirlarini tez ilg‘ashi, yuza- ki qaraganda bir-biriga aloqasi yo‘qdek ko‘rinadigan voqealar o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglay bilishi, eng muhimi, inson de- gan murakkab mavjudot ko‘nglini faqat o‘zigagina xos nigoh bilan kashf eta olishi lozim. Buning uchun esa, ijodkor tinimsiz o‘qib-o‘rganishi, odamlar xarakteriga xos bo‘lgan eng muhim ji- hatlarni erinmay kuzatishi, ko‘rib-bilganlarini umumlashtira oli- shi darkor. Bu jarayonda yozuvchi-shoirning ijodiy fantaziya kuchi- dan mohirona foydalanishi muhim ahamiyatga ega. 6-sinfda o‘qiganimiz G‘afur G‘ulomning mashhur «Shum bola» qissasi yodingizdami? O‘ta injiq, ziqna, ezma Sariboyni mot qoldirgan aslida Shum bolaning emas, uning «ma’naviy otasi» – yozuv- chining ijodiy kuchi emasmidi? «Dandon sopli pichoq»dan boshlangan gapni chuvalab kelib, boyning turmushga chiqmagan qizi – Adol opaning «o‘g‘il tug‘ib bergani»ga ulash uchun faqat G‘afur G‘ulomgagina xos ijodiy fantaziya kerak edi! Bu yilgi adabiy saboqlar davomida bunday badiiy mo‘jizalarga yana ko‘p marotaba duch kelishingiz aniq. Har bir zamonning o‘z qahramonlari, har bir avlodning o‘xshashga intiladigan badiiy obrazlari bo‘ladi. Agar o‘tgan asr- lar kishilari Tohir va Zuhra, Romeo va Julyetta, Farhod va Shi- rin munosabatlaridan qattiq ta’sirlangan bo‘lsalar, XX asr bosh- laridagi o‘zbek kitobxoni «O‘tkan kunlar» romanini o‘qib behad ruhlangan. Yigitlarga Otabekning mardligi, to‘g‘riso‘zligi, mil- latsevarligi, qizlarga esa Kumushbibining iffati, jasurligi, go‘zal odobi namunali jihatlar hisoblangan. Shu nuqtayi nazardan qara- ganda, bugungi kun yigit-qizlari ham o‘z qahramonlarini kashf 7 etishlari, ularga o‘xshab yashashga intilishlari, ulardan o‘rnak olishlari qanchalar muhimligini his qilamiz. Hayotni turli muammolarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi, albat- ta. Muammolarning esa katta-kichigi, muhim va nomuhimi bor. Har qanday muammoni badiiy asar mavzusiga aylantirish mum- kindek tuyulsa-da, bu ishning e’tibor berilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlari ham bor. Gap nima haqda ketmoqda? Yuqorida eslatganimizdek, ha- yotda yuz bergan yoki yuz berayotgan voqealar ko‘pchilik qa- tori yozuvchi-shoirlarni ham o‘ziga jalb qilmasligi, tezroq ular to‘g‘risida yozishga undamasligi mumkin emas. (Ijodkor hayotiy hodisalarga nisbatan faol munosabatda bo‘lishi, xalqona pozitsi- yani egallashi lozimligi to‘g‘risida o‘zimiz ham gapirdik.) Bu- larning barchasini inkor qilmagan holda esda tutishimiz kerak bo‘lgan jiddiy bir masala bor. U ham bo‘lsa, o‘sha – «ham- mani qiziqtirib qo‘ygan» voqea-hodisa, zamon masalasi qancha- lar badiiy voqea-hodisaga, abadiyat masalasiga aylantirildi, de- gan muammodir. Bu borada adabiyot tarixi juda ko‘p ijobiy va undan-da ko‘proq afsuslanarli tajribaga ega. Uzoqqa bormay, yetmish yillik tarixni o‘z ichiga olgan sho‘ro davri o‘zbek adabiyotiga nazar tashlash kifoya. Bu davr- da milliy adabiyotimizning oltin xazinasidan munosib o‘rin ol- gan o‘nlab badiiy durdonalar yaratilishi bilan birga, o‘z davri siyosati singari vaqt sinoviga dosh berolmagan minglab zaif asarlar ham yozilgan edi. (E’tibor bering: biz bu o‘rinda «yara- tilgan edi» degan iborani ishlatishga istihola qilyapmiz.) Demak, yana o‘sha qoida: ijodkor zamonaning o‘tkinchi gaplariga berilmay, hayotda yuz berayotgan voqealarning tub zamiriga nazar tashlashi, mana shu chuqurlikda yotgan asl sabab-mohiyatni ko‘rishi va uni mukammal obrazlar hamda vositalar orqali badiiy hodisaga aylantira bilishi lozim. Zero, adabiyotshunoslik fanida «abadiy muammolar» degan tushun- cha mavjud. Bu shunday muammolarki, zamonlar o‘tishi, bir- ikki davr kishilarining sa’y-harakatlari bilan ular yechilib, yo‘q bo‘lib ketmaydi. To odamzod bor ekan, bu muammolar unga doimiy va ajralmas hamroh bo‘lib qolaveradi. Odamzodni qi- ziqtiraveradi, o‘ylantiraveradi, qiynayveradi. 8 Muhabbat va nafrat, adolat va adolatsizlik, imonlilik va nafs- ga qullik, haqiqat va yolg‘on, mardlik va qo‘rqoqlik, sadoqat va sotqinlik, vatanparvarlik va qullik tuyg‘ularini o‘z ichiga qamra- gan abadiy muammolarni yoritgan asarlargina umrboqiylik kasb etadi. Xuddi shu tufayli ham Tohir tilga olinganda Qorabotir («Tohir va Zuhra» dostoni), Farhod eslanganda Xusrav («Far- hod va Shirin» dostoni), Kumush yodlanganda Zaynab («O‘tkan kunlar» romani), Yo‘lchi to‘g‘risida gap ketganda Mirzakarim- boy («Qutlug‘ qon» romani) esga keladi, kishini o‘ylantiradi. Bu asarlar va ularning qahramonlari yuqorida sanalgan o‘lmas insoniy tuyg‘ularni o‘zida kuchli aks ettirgani bilan ham abadi- yatga daxldor. Badiiy mukammal asarlarning yana bir muhim xislati shun- dan iboratki, ularda muayyan millatning tili butun jozibasi bilan namoyon bo‘ladi. Bu asarlar adabiy til normalarini mustahkam- labgina qolmay, balki uning boyishi, yana-da sayqallanishi, ta’sir doirasining kengayishiga ham sezilarli turtki beradi. Navoiy o‘z asarlari bilan turkiy til qaddini qanchalar yuk- sakka ko‘targanidan xabardorsiz. Xuddi shu singari bizning ona tilimiz «Kuntug‘mish» dostonida o‘nlab, Lut y tuyuqlarida yuz- lab, Nodira g‘azallarida yana minglab yangi qirralarini ko‘z-ko‘z qiladi. G‘afur G‘ulom she’rlari va nasriy asarlari o‘zbek tili ning naqadar boyligini yana bir bor isbotlasa, Muhammad Yusuf she’rlaridagi xalqona ohang bu she’rlarning millionlab muxlislar qalbida qo‘shiq bo‘lib yangrab qolishiga sabab bo‘ladi. Demak, bugundan boshlab yana adabiyot atalmish ulkan xazinalar bog‘iga kirib boramiz. Uning dur-u gavharlaridan ko‘zimiz yashnab, yam-yashil yaproqlaridan, xandon ochilgan gul-u chechaklaridan ko‘nglimiz yayraydi. Eng muhimi, ruhi- yatimiz kundalik hayotning nisbatan rangsiz tuyuladigan olami- dan bir muddat uzilib, xuddi shu hayotning badiiy bo‘rttirilgan, ranglari tiniqlashtirilgan manzaralariga oshno tutinadi. Bu mo‘jizalarga to‘la bog‘dan nimalar olib chiqish, qanday xazina- larning egasiga aylanish endi faqat o‘zingizga, na s adabiyotga bo‘lgan e’tiboringizga bog‘liq, aziz o‘quvchi! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling