Adabiyot 8 (1-qism) new indd


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/64
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661108
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64
Bog'liq
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

Shunday qilib, Gurkiboy va Mohiboy Zangar shahriga kirib 
boradilar. Ko‘chada Xolmo‘min yasovulboshiga duch keladi-
lar. Xolmo‘min ularni o‘z uyiga xizmatkor qilib olib ketadi. 
Kuntug‘mish ham shu shaharda, o‘z niyatiga yetolmay, bir 
tadbir-chora topolmay, eski kuloh-jandalarni kiyib yurgan edi.
* * *
Bachchalarning borganiga besh oy-olti oy bo‘lib edi, shu 
shaharning podshosi Buvraxon podsho o‘ldi. U vaqtida pod-
sholarga rasm shu edi: davlatqush degan qushini uchirar edi, 
kimning boshiga qo‘nsa, podsho qilar edi. Shu davlatqushni 
uchirganiga uch kun bo‘lib edi. Zangar shahrining jamiy kat-
ta-kichik odami dalada edi. Qush goh daraxtga, goh devorga 
qo‘nib yurib edi. Banogoh shu vaqtda Kuntug‘mish to‘raning 
ham guzari shu yerga tushib qolgan ekan. Kuntug‘mish to‘ra 
katta bir chilimni beliga boylab olibdi, o‘zini hech odamga 
o‘xshatmay, yomon jandalarni kiyib, o‘zini shaylab olibdi. Hech 
kim bilan ishi yo‘q, odam bilan hushi yo‘q, o‘zidan boshqa 
kishi yo‘q; chekadi bang, aytadi vadavang. Bir qurib qolgan 
daraxtning ostiga borib, ko‘mir qilmoqchi bo‘lib, olov yoqib, 
nashaning taraddudida edi, davlatqushi borib to‘raning boshiga 
qo‘ndi. Shahri Zangarning odamlari qushni quvalab borsa, qush 
bir devonaning boshiga qo‘nib turibdi. Arkoni davlat otdan 
tushib, izzat-ikromlar bilan salom berib:


29
– Taqsir podshoyim, yurtingiz qutli bo‘lsin, – desalar,
to‘ra teskariga qarab, dim indamaydi. Oxirda odamlar qushni 
olib ketdilar. Podshoning arkidan boz uchirdilar. Bo yana kelib 
(Kuntug‘mishga) qo‘ndi. Bu mavrud ham «Yurtingiz qutli bo‘l-
sin», – desalar, dim indamaydi. Tag‘i qushni olib ketdilar. Olib 
borib qushni yana arkdan uchirdilar. Boz kelib, uchinchi marta-
ba ham bangining boshiga qo‘ndi. Bu mavrud shahri Zangarning 
ulamolari, fuzalolari, katta ulug‘lari kelib, muborakbod qi lib: 
– Taqsir podshoyim, yurtingiz qutli bo‘lsin, – desa, teskariga
qarab, javob bermadi.
Shunda kattalar turib aytdi:
Ey yoronlar, uch debdi, uchdan keyin puch debdi. Endi 
shu odamni olib borib, podsho qilmoq darkor. Har vaqt bir odam 
podsho bo‘ladi-da
1
. Shu ishga qaraganda, shu odam nazokatli 
odam, yo bo‘lmasa, qushni arvoh urgan. Agar bangi bo‘lsa, jinni
bo‘lsa, bir kun podsholik taxtini tashlab ketib qolar. Biroving 
podsho bo‘lasan-da va agar bajarsa, shunday bir odam podsho 
bo‘ladi-da, – deb qo‘lidan chilimini tortib olib, otib yubordilar. 
Biroq kigizning ustiga chiqarib, chir tevaragidan ko‘tarib, jarchilar:
Zamon kimning zamoni, Qalandarxonning zamoni, – deb 
ko‘cha-ko‘chalarga jar solib qichqira berdilar. To‘rani ko‘tarib, 
taxti shohiga keltirib, tilla taxt ustiga o‘tqizdilar. Ustiga podshoho-
na xilvatlar kiygizib, boshiga tilladan bo‘lgan tojni qarqara qilib, 
o‘tqizib, hukumat niginni qo‘liga solib, jamiy mardumi shahar 
dasti bay’at berdilar. Ana Kuntug‘mish to‘ra bir qarichdan beri 
yurt so‘rab yurgan emasmi, jamiy olamni uzukday changaliga 
olib, chirsillatib so‘rab keta berdi. Anda jamiy chulonxo‘r umaro-
lariga farmon bo‘ldiki: «Mening chulon oshimga kelgan amaldor-
larkim, bir hafta-bir haftadan jilovxonamda istiqomat qilib ketsin».
Avval navbat Xolmo‘min yasovulboshiga tegdi.
Yasovulboshi hovlisiga kelib, avval bachchalariga tayin 
qildiki:
– O‘ bachchalar, men yangi bo‘lgan podshoning jilovxo-
nasida bir hafta turib kelaman, lekin sizlar oqshom uxla-
manglar, kunduz uxlanglar. Sipoyi xalqining dushmani ko‘p 

Qo‘lyozmada bo‘lata.


30
bo‘ladi, namozdigardan keyin aslo darvozani ochmanglar, 
mabodo bachchalik qilib, g‘o l qolib, bir hodisa ro‘y berma-
sin, – deb ko‘p tayinladi. Andin keyin ichkariga kirib ayoli-
ga tayin qildiki: – O‘ xotin, men ikkita yetim bola saqlab 
qo‘yibman, ilgarigi yetimlarday beparvo qolib ketib qolmasin, 
holi ahvolidan ko‘p xabardor bo‘l, e, yetim-da, dema. Men 
bularning oxirini ko‘raman, deb yuribman. Umidim shulki, bu-
lar soyasi yerga tushmagan xonzoda chiqar, agar hech nima 
bo‘lmasa, bir asl sayyidzoda chiqar. Bularni aslo yetim demagay-
san, – deb xotiniga ko‘p tayinladi. Andin so‘ng hovlisidan
chiqib, podshoning davlatxonasiga ketdi.
Xolbeka oyim chechasiga aytdi:
– O‘ yanga, akam sira yetimni yetim demas edi, ikki 
yetim bor, deb og‘zidan tushirmaydi. Shu yetimlarni bir ko‘rsak, 
qaytadi?
1
Xolmo‘minning xotini aytdi:
– Akang bo‘lsa chiqib ketdi, ko‘rsang yur esa ko‘rsatib kela-
yin, – deb bitta non, bir kosa suv olib mehmonxonaning eshi-
gidan uzatib edi, Mohiboy kelib qo‘lidan olib ketdi. Anda o‘tirib 
nonni o‘rtaga qo‘yib yemakchi bo‘lib turib edi. Xolbeka oyim 
meh monxonaning tokcha teshigining ichidan qarab, ikki go‘dakni 
ko‘rdi. Ikkovini ko‘rgan hamono, uvuz eti uv bo‘lib, to‘la badani
suv bo‘lib, jamiy a’zosida larza paydo bo‘lib, emchagiga sut 
kelgan day bo‘ldi.
Xolmo‘min yasovulboshinikida xizmat qilib yurgan Gurkiboy 
va Mohiboy xo‘jayin uyda yo‘qligida bo‘za ichib, og‘zi qizib 
turganida Gurkiboy ukasiga sirni ochib qo‘yadi.
Gurki bechora avval aytar edi: «Podsho xalqining dushma-
ni ko‘p, agar aytsam, bu o‘zi yengil ekan, birovga aytib qo‘-
yar», – deb aytmas edi. Bul vaqtda o‘zini to‘xtatolmay, yuragi 
toshib, Mohiboyga: «E go‘dagim, kishining zoti-zuryodi, ota-
enasi, eli yurti bo‘lmasmi? San go‘daksan. Yurting No‘g‘ayda 
san bedarak emassan», – deb bir so‘z dedi:
Bilmaganing bildirayin, bilmasang,
Bayakbor maqsadga yetsang, o‘lmasang, 
1
Qanday bo‘ladi? 


31
Men senga zotingni bayon aylayin, 
Ertangman birovga aytib solmasang.
Uzoqda, Mohiboy, o‘sgan diyorim, 
Bexabar qolgandi ko‘p ichkuyarim, 
Ikkovimiz sut emishgan shirxo‘ra, 
Men akangman, sen bo‘lasan jigarim.
Bu yetimlik seni qildi sargardon, 
Cho‘pchak terib, tilab yeysan parcha non, 
Zotingni aylasam men senga bayon, 
Tub bobongdir Avliyoyi Qoraxon.
Maydon-maydon otam otin yelgandir, 
Mard o‘lg‘ondir, shirin jonin bo‘lgandir, 
No‘g‘aydan otamiz Zangar kelgandir, 
Nard o‘ynab enamni utib olgandir.
Muso rlik, shohga bandi bo‘lgandir, 
Tanimay bularga zulm qilgandir, 
Bir teriga tikib ikki oshiqni, 
Asovga sudratib cho‘lga solgandir.
Bizni deb zor-zor bo‘lgan otamiz, 
Baloga giriftor bo‘lgan otamiz, 
Ikkovimiz uch yoshlarga kirganda, 
Ko‘p karvonga duchor bo‘lgan otamiz.
Quloq solgin alvon-alvon tillarga, 
Bulbul oshno bo‘lar bog‘da gullarga, 
Enamizni karvon olib ketgandir, 
Ikkovimiz qola bergan cho‘llarga.
Shunday bo‘p ayrilgan ikkovginamiz, 
G‘am bilan sarg‘aygan gulday tanamiz, 
Ikkovimiz sut emishgan shirxo‘ra, 
Shu bebaxt Xolbeka bizning enamiz.
Bu so‘zni Gurkiboy Mohiga aytdi, 
Xolbeka xatosiz barin eshitdi, 


32
Bollarini bu so‘zini eshitib, 
Quvongandan bebaxt o‘zidan ketdi.
So‘z eshiting suxanvarning so‘zidan, 
Yosh quyilib ikki qora ko‘zidan, 
Vo bolam, deb tomdan o‘zin tashladi, 
Bolam dedi, sho‘rli ketdi o‘zidan...
Alqissa, Xolbeka oyim bolalari bilan topishdi. Aytdi: 
– Ey go‘daklarim, men sizlarni o‘ldi deb edim, sira tirik de-
mas edim. Nima uchunki, sizlar juda yosh edinglar, hech mu-
rabbiylaring yo‘q edi, o‘ldi demakka tilim bormas edi. Xayolim 
bilan tirik qilar edim. Endi menga bola qayoqda, deb umidim-
ni uzgan edim. Ming-ming shukur, sizlar tirik bor ekansizlar. 
Otangning o‘lganiga endi xafa bo‘lmayman, – deb bolalari bi-
lan topishib, og‘zi-burnini o‘pishib, xumori tarqashib, gaplashib 
o‘tirdi.
* * *

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling