Adabiyot 8 (1-qism) new indd


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/64
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661108
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64
Bog'liq
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

Savol va topshiriqlar
1. Xalq dostonlari haqida nimalar bilasiz?
2. Dostonchilik maktabini yaratgan qaysi mashhur baxshilarni bilasiz?
3. Dostonchilik maktablari qachon paydo bo‘lgan va qaysi asr uning juda 
rivojlangan davri bo‘lgan?
4. Yurtimizda dostonchilikni rivojlantirish, baxshilar ijodini qo‘llab-quvvatlash 
uchun nima ishlar qilinyapti?
5. «Kuntug‘mish» dostonini ko‘proq qaysi baxshilar ijro etganlar?
6. Siz tanishgan «Kuntug‘mish» dostoni qaysi baxshidan yozib olingan? Baxshi 
haqida nimalar bilasiz?
7. Kuntug‘mish o‘n to‘rt yoshgacha nimalar bilan shug‘ullandi, o‘n to‘rt 
yoshdan so‘ng qaysi amallarni egalladi?
8. Xolbeka kimning farzandi? Uning kamolga yetguncha bo‘lgan hayotini 
batafsil gapirib bering.
9. Kuntug‘mish va Xolbeka g‘ayritabiiy sharoitda (tushda) tanishadilar. Shunga 
o‘xshash holatlarni (tush, ko‘zgu, uzuk orqali tanishish) yana qaysi dostonlarda 
uchratgansiz?
10. Zangar shahri podshosi Xolbekaga oshiq bo‘lib, o‘z niyatiga erishish uchun 
qanday «choralar» ko‘rdi?
11. Kuntug‘mishning Xolbeka suratini ko‘rib, hushidan ketib yiqilishi holatini 
tasvirlashda Ergash Jumanbulbul qaysi badiiy unsurni qo‘llagan, deb o‘ylaysiz?
12. Qosim Kuntug‘mishni halokatdan saqlab qolish uchun qanday chora ko‘rdi?
13. «Shirxo‘ra» so‘zi qanday ma’noni anglatadi? Izohlang.
14. Kuntug‘mish asarda yana qaysi nom bilan eslanadi?
15. Azbarxo‘ja Kuntug‘mishni halok qilish uchun qanday hiyla ishlatdi?
16. Kuntug‘mish o‘g‘illari ismlarining ma’nosi: Gurkiboy va Mohiboy so‘zlari 
nimani anglatadi? Sababini tushuntiring.
17. Adabiyot daftaringizga shevaga oid so‘zlarni yozib oling va ularni adabiy 
tildagi shakli bilan taqqoslang.
18. Doston matnidan hikmatli so‘zlar, maqollar darajasidagi yoki ularga yaqin 
iboralarni toping. Ularning ma’nosini tushuntirishga harakat qiling.
19. Dostondagi qahramonlarning qaysi sifatlaridan ibrat olish mumkin, deb 
o‘ylaysiz?
20. Ishqiy-qahramonlik dostonlari deganda qanday asarlarni tushunasiz?
21. O‘zbek dostonlarining yakunlovchi qismiga xos xususiyat nima?
22. Ishqiy-sarguzasht va ishqiy-qahramonlik dostonlarining farqi nimada 
ekanligini tushuntiring.


42

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling