Adabiyot 8 (1-qism) new indd
O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXIDAN
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)
O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXIDAN
YUSUF XOS HOJIB BOLOSOG‘UNIY (XI asr) Yusuf Xos Hojib XI asrda yashab, tur- kiy tilda ijod etgan buyuk shoir hisobla- nadi. Yusuf – asl ismi. Aynan «Qutadg‘u bilig» dostoni zamon hukmdori tahsiniga sazovor bo‘lgani uchun muallifga «xos hojib», ya’ni eshik og‘asi rasmiy lavo- zimi berilgan. Shoir buni o‘ziga taxallus qilib olgan. Yusuf qadimiy Bolosog‘un shahrida tug‘ilgan. Bolosog‘uniy deyili- shi – shundan. Ba’zi manbalarda bu shahar Quzo‘rda deb ham tilga olinadi. Bizga Yusuf Xos Hojibning birgina «Qutadg‘u bilig» asari yetib kelgan. Shoir hayotiga oid ma’lumotlarni ham faqat shu dos- tondangina topamiz. Asar hijriy 462, ya’ni milodiy 1069–1070-yili Koshg‘arda yozib tugallangan. Hajmi – 6 ming 409 baytdan iborat. Muallifning o‘zi uni bir yarim yil mobaynida bitganini aytadi: Tegurdi menga algi ellik yoshim, Qug‘u qildi quzg‘un tusitek boshim. Oqir ellik emdi mengar kel teyu, Pusug‘ bo‘lmasa, bordim emdi naru. (Ellik yoshim menga qo‘l tegizdi, Qora quzg‘un tusidek boshimni oq (qush) qildi /ya’ni sochim oqardi/. Ellik /yosh/ endi men tomon kel, deb chorlamoqda, Pistirma /ya’ni nogahoniy o‘lim/ bo‘lmasa, endi u tomon boraman.) 43 Shu misralarga tayanib, olimlar, Yusuf Xos Hojib bu kitobini ellik yoshlarida yozgan, deb hisoblashadi. Doston yaratilgan XI asr Qoraxoniylar davlatining eng gulla- gan davri edi. Yuqori Chindan Kasbiy dengiziga qadar bo‘lgan juda katta hudud shu saltanat hukmi ostida edi. Koshg‘ar (ik- kinchi nomi O‘rdukent) shu ulug‘ saltanatning poytaxti edi. Bolosog‘un mamlakatning muhim markazlaridan biri hisobla- nardi. Yusuf Xos Hojib dostonini tugallagach, uni zamon hukm- dori (elig) Tavg‘achxon Ulug‘ Bug‘ra Qoraxonga taqdim etadi. Asar garchi XI asrda yaratilgan bo‘lsa-da, u haqida o‘zbek adabiyotining keyingi asrlardagi namunalarida hech qanday ma’lumot uchramaydi. Hatto, turkiy tildagi har bir asarga alo- hida mehr va e’tibor bilan munosabatda bo‘lgan buyuk Ali- sher Navoiy, shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur ham «Qutadg‘u bilig» yoki uning mualli ni mutlaqo tilga olmagan. Shundan kelib chiqib, bu bobokalon shoirlarimiz «Qutadg‘u bilig» haqida bilgan-bilmagani borasida bir narsa deyish qiyin. Bunga sabab – asarning bor-yo‘g‘i quyidagi uch nusxasigina saqlanib qolganligi: 1.Vena nusxasi. U milodiy 1439-yili (Alisher Navoiy ta- valludidan ikki yilgina oldin) Hirotda uyg‘ur yozuvi bilan ko‘chirilgan. (Uyg‘ur yozuvi arab alifbosi asosida shakllantiril- gan sof turkiy yozuv edi.) Kitob Turkiyaning Tugot shahriga, 1474-yili esa Istanbulga keltirilgan. Uni keyinchalik Istanbulda mashhur sharqshunos Hammer Purgshtall sotib olib, Venadagi Saroy kutubxonasiga keltiradi. 1823-yili fransuz sharqshunosi Jaubert Amadee bu buyuk asar haqida ma’lumot e’lon qilib, uni ilm ahliga tanishtiradi. 2.Qohira nusxasi. 1896-yili asarning arab yozuvi asosidagi turkiy alifboda ko‘chirilgan nusxasi Qohirada topildi. 3.Namangan nusxasi. Sharqshunos Valizoda 1914-yilning 20-aprelida Qozon universiteti qoshidagi Arxeologiya, tarix va etnogra ya jamiyatiga Farg‘ona ekspeditsiyasi haqida yozgan hisobotida namanganlik Muhammad hoji Eshon Lolaresh de- gan kishining qo‘lida «Qutadg‘u bilig»ning yana bir nusxasi mavjudligi haqida ma’lumot beradi. Atoqli adabiyotshunos Ab- 44 durauf Fitrat 1924-yili Muhammad hoji Eshon Lolareshdan shu qo‘lyozmani olishga muyassar bo‘ladi. «Qutadg‘u bilig» zamonning ijtimoiy-siyosiy ehtiyoji yanglig‘ yaratilgan. Ya’ni Qoraxoniylar davlati va bu mamlakat xalqining bir g‘oyaviy-mafkuraviy, ma’naviy-axloqiy dasturga, o‘ziga xos milliy ta’limotga katta zarurati bor edi. Shoir ana shu buyuk va shara i vazifani bajarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Asarning tub mohiyatida markazlashgan davlatni idora qilish, yana-da mustahkamlash, turli xon va beklar o‘rtasida o‘zaro og‘iz birchilikka erishish, adolatli va oqilona siyosat yuritish, umrning o‘tkinchiligi, ma’naviyat, yashash tartib-tamoyillari bi- lan bevosita bog‘liq g‘oyalarni badiiy tarzdagi bir qomusiy das- tur sifatida ilgari surish niyati yotadi. Unda qaysidir ma’noda xalqning maqsad-muddaolari, orzu-intilishlari, maslak-g‘oyalari ifodalangan. Shu nuqtayi nazardan u qoraxoniylar davrining mafkuraviy ta’limoti sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Doston masnaviy, ya’ni o‘zaro qo yalangan ikki misradan iborat baytlar yo‘li bilan yozilgan. Vazni – mutaqo ribi musam- mani mahzuf, ya’ni «faulun–faulun–faulun–faul» (V – – / V – – / V – – / V –) yoki maqsur, ya’ni «faulun–fau- Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling