Adabiyot 8 (1-qism) new indd


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/64
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661108
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64
Bog'liq
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

Savol va topshiriqlar
1. «Ilmi qo ya» haqida nimalarni bilasiz?
2. Qo yaninig o‘zbek mumtoz she’riyatidagi o‘rni va vazifalari nimalardan 
iborat?
3. Qo yaning radif bilan bog‘liq jihatlari haqida so‘zlang.
4. G‘azal janrida qo yaning o‘ziga xosligi nimalarda ko‘rinadi?
5. Nima uchun olimlar qo yani shoir va she’rxonning alifbesi deb hisoblashadi?


93
RADIF
Arabcha «radif» so‘zi, aslida, otda suvoriyga mingashgan 
kishini anglatib, arab tilida «yo‘ldosh», «hamroh», «kеtma-kеt» 
dеgan ma’nolarda ham qo‘llanadi. Shunga ko‘ra, she’rda hamma 
vaqt qo yadan kеyin, ya’ni unga «mingashib» yoki «yo‘ldosh 
bo‘lib» kеlgan bir so‘z yoki so‘zlar turkumining takrori «radif» 
dеb ataladi. 
Radifning qo yaga bog‘liq joyi – ko‘p. Birinchidan, u 
hamisha qo ya bilan yonma-yon, birga, unga ergashib kеladi. 
Qo yasiz radif radif emas. Faqat ayrim she’rlardagina radifdagi 
so‘zlar miqdori ko‘payib kеtgani evaziga qo yaga qat’iy amal 
qilinmaydi. Ikkinchidan, radif qo ya bilan birgalikda she’riy 
ohangdoshlikka xizmat qiladi.
Ko‘pincha radif bir so‘zdan tashkil topadi. U «qisqa radif» 
dеyiladi. Ammo ba’zan u bir nеcha so‘zdan tashkil topishi ham 
mumkin. U «yoyiq radif» dеb yuritiladi. Shunday she’rlar ham 
uchraydiki, unda butun boshli misrada bir so‘z qo ya-yu, qol-
ganlari radif bo‘lib kеladi. Boburning mana bu ruboiysi bunga 
yorqin misol bo‘la oladi: 
Tuz, oh Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz, oh Zahiriddin Muhammad Bobur,
Sarrishtayi ayshdin ko‘ngulni zinhor
Uz, oh Zahiriddin Muhammad Bobur.
Radif nazmda oddiygina takror emas. Bu musiqiylik va 
ohangdorlik xuddi kuy kabi kishiga o‘zgacha huzur bag‘ishlaydi. 
Radif she’riy asarda ma’noni kuchaytirishga xizmat qila-
di. Ko‘pincha baytdagi  krning asosiy yuki shu badiiy vosita 
zimmasiga tushadi. Boshqacha aytganda, shoir  krda nima-
ga ko‘proq urg‘u bеrmoqchi bo‘lsa, o‘sha so‘z yoki so‘zlarni 
radifga oladi. Ko‘p g‘azallarda radif she’rning butun qurilma-
sini bеlgilovchi asosiy ustun o‘rnida kеladi. Bunday g‘azallarda 
hamma gap shu radifga bog‘langan bo‘ladi. Mavzu ham, badiiy 
tasvir ham, dеmakki, g‘oya ham shu radif atro da aylanadi. 
Mabodo, bunday g‘azaldan radif chiqarib tashlansa, u o‘zining 


94
butun g‘oyaviy-badiiy qimmatini yo‘qotadi. Chunki bunday 
g‘azalda shoir butun yukni shu radif ustiga ortgan bo‘ladi. Shu-
ning uchun muayyan shoirning radif qo‘llashdagi o‘ziga xosligini 
aniqlash, pirovardida, uning uslubini bеlgilashning mеzonlaridan 
biri hisoblanadi. 
Janr hajman kichraya borgan sayin, buning aksi o‘laroq, 
radif zimmasiga yuklatiladigan badiiy vazifa shunchalik orta bo-
radi. Masnaviydan boshqa she’riy turlar, masalan, g‘azal, qit’a, 
murabba’, muxammas, musaddasda bir band doirasida ahamiya-
ti jihatidan bir-biridan farq qiluvchi ikki xil – ichki va asosiy 
radif ishlatilishi mumkin. 
Aytaylik, Bobur g‘azalining:
Hamdard yorе qonikim, bir g‘amgusorе qonikim,
Abri bahorе qonikim, Bobur kibi yig‘lay bila, – 
baytidagi «qonikim» yoki Navoiy muxammasining:
Ul parikim, tеlbalarga ishqidin monand edim,
Zul zanjirida Majnundеk asiri band edim,
Javriga qone’ bo‘lub, vasliga hojatmand edim,
Shavqidin dam urmayin bеdodiga xursand edim,
Vahki, bo‘ldum hajridin rasvoyi davron oqibat, – 
bandidagi «edim» so‘zlari – ichki radif, kеltirilgan misollardagi 
«bila» hamda «oqibat» so‘zlari esa – asosiy radif.
She’rlar radif qo‘llash mahorati, jumladan, asarda ular-
ning miqdoriga ko‘ra ham bir-biridan farqlanadi. Masalan, 
Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoni – jami 5 ming 782 
qo‘shmisradan iborat. Shundan 965 tasi(17 foizi)ni muraddaf 
(radi i) baytlar tashkil qiladi. Bu radifning dostondagi eng 
asosiy badiiy san’atlardan biri ekanini ko‘rsatadi. Radi arning 
ishlatilishi jihatidan shoirning boshqa biror dostoni uning «Far-
hod va Shirin»ichalik rang-baranglikka ega emas.


95

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling