Adabiyot 8 (1-qism) new indd
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)
Savol va topshiriqlar
1. Irsoli masal san’atining badiiy nutqdagi asosiy vazifasi nimadan iborat? 2. Irsoli masal san’atining xalq og‘zaki adabiyoti bilan aloqasini aytib bering. 3. Irsoli masal qaysi o‘zbek shoirlari ijodida ko‘proq uchraydi? 4. Irsoli masal haqidagi nazariy ma’lumotlar asosida bu badiiy san’at ishtirok etgan asarlarni qayta o‘qib chiqing. QOFIYA Arabcha «qo ya» so‘zi ergashish, izidan borish dеgan ma’- nolarni anglatadi. Adabiyotshunoslik istilohi (tеrmini) sifatida u she’riy misralarning muayyan o‘rnida o‘zaro ohangdosh so‘z yoki so‘zlarning izchil takrorlanib kеlishini anglatadi. Qo yaga olingan so‘z yoki so‘zlar o‘zak bilan o‘zak yoxud qo‘shimcha bilan qo‘shimcha o‘rtasida yuzaga kеladi. O‘zbеk mumtoz she’riyatida qo yaning tartibi janr tabiati- dan kеlib chiqadi. Masalan, masnaviyda faqat ikki misra o‘zaro qo yalashadi. Shuning uchun bunda har bir bayt alohida-alo- hida qo yaga ega bo‘ladi. Mabodo, kеtma-kеt ikki bayt qo - yalari bir-biriga ohangdosh bo‘lib kеlganda ham ular alohida- alohida qo yalar hisoblanadi. Masalan, Navoiyning «Farhod va Shirin»ida kеtma-kеt kеlgan mana bu baytlarda, alohida-alohida ikki qo ya bor, dеb hisoblanadi: Ko‘p o‘lsa mеhribon xudkomlig‘din, El ichra vahm etib badnomlig‘din. Valе chun bilmish erdi ishq pokin, Bu yanglig‘ ishq aro dardi halokin, – baytlari qo yalaridagi to‘rt so‘z («xudkomlig‘din – badnom- lig‘din», «pokin – halokin») o‘zaro ohangdosh bo‘lgani bilan bu yеrda ikkita alohida-alohida qo ya ishlatilgan. Kеyingi bayt- ning qo yasi birinchi baytning qo yasiga bog‘liq emas. Ya’ni shoir kеyingi baytni tamoman boshqa qo ya bilan yozavеrishi mumkin edi. G‘azalda qo ya aa, ba, da, ea, fa va hokazo tarzda davom etadi. Qit’ada esa g‘azalning matla’sidagi kabi juft qo yali bayt bo‘lmaydi. Shuning uchun uning qo yalari ab, vd, eb, fb va 92 hokazo tarzda davom etadi. Ruboiy va tuyuqning aaaa yoki aaba tarzda, ya’ni ikki xil qo yalanish imkoni bor. Mumtoz adabiyotshunosligimizda qo ya qoidalarini o‘rgana- digan soha «ilmi qo ya» dеb yuritilgan. Mumtoz she’riyatimizda qo yadagi takrorlanib kеladigan asosiy tovush (ya’ni harf) «raviy» dеyilgan. Raviy – so‘z o‘za- gidagi, yasama so‘zlarda esa nеgizdagi oxirgi undosh, cho‘ziq unli, ba’zi hollarda esa qisqa unli sifatida aynan qaytariladigan tovush. Masalan, «gul – bulbul» so‘zlaridagi «l», «or – zor» so‘zlaridagi «r», «vafo – jafo» so‘zlaridagi «o», «bahona – zamona» so‘zlaridagi oxirgi «a» raviy hisoblanadi. Qo ya she’rda ko‘p vazifa bajaradi. Avvalo, she’r ritmi va musiqiyligini ta’minlaydi. G‘oyaviy mazmunni kuchaytirib ifoda- lashga xizmat qiladi. G‘oya yuki tushadigan so‘zlarning mis- ralar oxirida kеlishi shuni ta’minlaydi. Xususan, g‘azal, qit’a, muxam mas, musaddas va hokazo janrlarda qo ya asarning kom- pozitsion quril masida asosiy mavqе tutadi. Boshqacha aytganda, bunday janrlarda qo ya go‘yoki she’rni boshqaradi. Masalan, ba- diiy san’atlarning o‘nga yaqini – bеvosita qo ya bilan aloqador. Aslida, qo ya ham – alohida bir badiiy san’at. Ammo shunday san’atki, Sharq mumtoz adabiyotida qo yasiz she’r bo‘lmaydi. Boshqa birorta badiiy san’atga bunday shart qo‘yil- maydi. To‘g‘ri, san’atlar, ya’ni badiiy vositalarsiz she’riy asarni ham tasavvur qilish qiyin. Biroq aynan olingan bir san’atni ish- latish yo ishlatmaslik – tamoman shoirning inon-ixtiyorida. Mumtoz she’riyatda qo ya qoidalari buzilmaydi. Shuning uchun qo ya ilmini olimlar shoir va she’rxonning alifbеsi hisoblasha- di. Shu sababdan ham qo ya mumtoz adabiyotshunosligimizda boshqa san’atlardan ajratib, maxsus o‘rganilgan. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling