Adabiyot 8 (1-qism) new indd
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumot IRSOLI MASAL
MUSTAQIL O‘QISH UCHUN
TUYUQLAR Ko‘z yoshim tuproq ila gar qotila 1 , Kеlmagayman javridin, Haqqo, tila 2 . G‘amzasi o‘lturdi-yu ul bеxabar, Mеn agar o‘lsam, nе g‘am ul qotila 3 ?! Kеchti umr-u tushmadi ul yor 4 ila, Qo‘rqaram ko‘nglum bu g‘amdin yorila 5 . Bu vafosizliqki, sеndin ko‘rmisham, E’tiqodim qolmadi hеch yor 6 ila. Ey ko‘ngul, yorsiz sanga nе bor 7 bor? Qaydakim ul zul anbarbor 8 , bor. Chеk jafo-u javr-u nozi borini, Bir kun o‘lg‘aykim, dеgaylar: «Bor-bor!» Bir nazar qildim, qul o‘ldum Oya 9 mеn, Ul sababdin jon-u dilni oyamеn 10 . Gar mеni shohimg‘a еtkursa Xudoy, Hazratingda sarguzashtim oyamеn 11 . To ishim tushti bir og‘zi tor ila, Ko‘nglumi asrar g‘ami bir tor 12 ila. Ko‘z tutarmеnkim, ko‘zumning suyidin Ko‘ngli, vah, tuxmi muhabbat torila 13 . 1 Q o t i l a – qo‘shiladi, qoriladi. 2 H a q q o, t i l a – Xudoyo, tilasang ham. 3 Q o t i l a – qotilga. 4 Y o r – suyukli. 5 Y o r i l a – yoriladi. 6 Y o r – do‘st, yor-u do‘st. 7 B o r – yuk; bu yеrda tashvish, g‘am ma’nosida. 8 A n b a r b o r – xushbo‘y hidlarga to‘la. 9 O y a – Oyga. 10 O y a m е n – ayayman. 11 O y a m е n – aytaman. 12 T o r – tola, ip. 13 T o r i l a – taraladi. 90 Nazariy ma’lumot IRSOLI MASAL Gapda yoki she’rda xalq og‘zaki ijodida mashhur bo‘lib ket- gan biror maqol, matal, ibora yoxud hikmatli so‘z keltirib, nutq ta’sirchanligini oshirish usuliga irsoli masal san’ati deyiladi. Bu yerdagi irsol – keltirish, masal – misol, tamsil, maqol, matal, ibora ma’nolarini anglatadi. Eski o‘zbek tilida maqol, matal va iboralar masal yoki zarb ul-masal deyilgan. Hozirgi tilshunosligimizda maqol, matal va iboralar frazeologizmlar deb yuritiladi. Irsoli masal san’ati o‘zbek yozma adabiyotining eng qadimgi namunalarida ham uchraydi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asarlarida bu ifoda va tasvir vositasining yuksak namunalariga duch kelamiz. Xususan, Mavlono Lut y she’riyatida irsoli masal juda ko‘p uchraydi. Shunga ko‘ra, irsoli masal qo‘llash – shoir ijodiyoti- ning yetakchi uslubiy fazilatlaridan biri, deyish mumkin. Irsoli masalda muallif o‘z kr-mulohazasini tap-tayyor maqol, matal, ibora yo hikmatli so‘z orqali quvvatlab oladi, shu tariqa o‘quvchini ishontirishni kuchaytiradi, ifoda ta’sirchanligini oshi- radi. Mumtoz adabiyotimiz vakillari asarlarida irsoli masal san’ati- ning eng yorqin namunalari mavjud. Qalam ahli, xususan, shoirlarimiz tilning shunday zo‘r imkoniyatidan mumkin qadar ustalik bilan foydalanishga harakat qilishgan. Ayni jihatdan Mavlono Lut y ijodi o‘zigacha bo‘lgan davr shoirlari ichida alohida ajralib turadi. Bu qalam sohibi merosida shunday g‘azallar ham borki, ular boshdan-oxir badiiy-uslubiy tarafdan tamoman ana shu irsoli masal san’ati asosiga quriladi. «Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu...» g‘azali xuddi shunday asarlar sirasiga kiradi. Undagi mavjud besh baytning bari aynan ana shu san’at ishtirokida yaratilgan. Bu qo‘shmisralarning ham- masida maqol ikkinchi satrda kelgan. Amalda u birinchi qator- dagi krning tasdig‘i yanglig‘ qog‘ozga tushgan. Shu tariqa shoir krini ikki karra mustahkamlagandek bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling