Adabiyot 8 (1-qism) new indd


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/64
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661108
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64
Bog'liq
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

MUSTAQIL O‘QISH UCHUN 
TUYUQLAR
Ko‘z yoshim tuproq ila gar qotila
1
,
Kеlmagayman javridin, Haqqo, tila
2
.
G‘amzasi o‘lturdi-yu ul bеxabar,
Mеn agar o‘lsam, nе g‘am ul qotila
3
?!
Kеchti umr-u tushmadi ul yor
4
ila,
Qo‘rqaram ko‘nglum bu g‘amdin yorila
5
.
Bu vafosizliqki, sеndin ko‘rmisham,
E’tiqodim qolmadi hеch yor
6
ila.
Ey ko‘ngul, yorsiz sanga nе bor
7
bor?
Qaydakim ul zul anbarbor
8
, bor.
Chеk jafo-u javr-u nozi borini,
Bir kun o‘lg‘aykim, dеgaylar: «Bor-bor!»
Bir nazar qildim, qul o‘ldum Oya
9
mеn,
Ul sababdin jon-u dilni oyamеn
10
.
Gar mеni shohimg‘a еtkursa Xudoy,
Hazratingda sarguzashtim oyamеn
11
.
To ishim tushti bir og‘zi tor ila,
Ko‘nglumi asrar g‘ami bir tor
12
ila.
Ko‘z tutarmеnkim, ko‘zumning suyidin
Ko‘ngli, vah, tuxmi muhabbat torila
13
.
1
Q o t i l a – qo‘shiladi, qoriladi.
2
H a q q o, t i l a – Xudoyo, tilasang ham. 
3
Q o t i l a – qotilga.
4
Y o r – suyukli.
5
Y o r i l a – yoriladi. 
6
Y o r – do‘st, yor-u do‘st. 
7
B o r – yuk; bu yеrda tashvish, g‘am ma’nosida. 
8
A n b a r b o r – xushbo‘y hidlarga to‘la.
9
O y a – Oyga. 
10
O y a m е n – ayayman.
11
O y a m е n – aytaman.
12
T o r – tola, ip.
13
T o r i l a – taraladi.


90
Nazariy ma’lumot
IRSOLI MASAL
Gapda yoki she’rda xalq og‘zaki ijodida mashhur bo‘lib ket-
gan biror maqol, matal, ibora yoxud hikmatli so‘z keltirib, nutq 
ta’sirchanligini oshirish usuliga irsoli masal san’ati deyiladi.
Bu yerdagi irsol – keltirish, masal – misol, tamsil, maqol, 
matal, ibora ma’nolarini anglatadi. Eski o‘zbek tilida maqol, 
matal va iboralar masal yoki zarb ul-masal deyilgan. Hozirgi 
tilshunosligimizda maqol, matal va iboralar frazeologizmlar deb 
yuritiladi.
Irsoli masal san’ati o‘zbek yozma adabiyotining eng qadimgi 
namunalarida ham uchraydi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u 
bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asarlarida bu 
ifoda va tasvir vositasining yuksak namunalariga duch kelamiz.
Xususan, Mavlono Lut y she’riyatida irsoli masal juda ko‘p 
uchraydi. Shunga ko‘ra, irsoli masal qo‘llash – shoir ijodiyoti-
ning yetakchi uslubiy fazilatlaridan biri, deyish mumkin.
Irsoli masalda muallif o‘z  kr-mulohazasini tap-tayyor maqol, 
matal, ibora yo hikmatli so‘z orqali quvvatlab oladi, shu tariqa 
o‘quvchini ishontirishni kuchaytiradi, ifoda ta’sirchanligini oshi-
radi.
Mumtoz adabiyotimiz vakillari asarlarida irsoli masal san’ati-
ning eng yorqin namunalari mavjud. Qalam ahli, xususan, 
shoirlarimiz tilning shunday zo‘r imkoniyatidan mumkin qadar 
ustalik bilan foydalanishga harakat qilishgan.
Ayni jihatdan Mavlono Lut y ijodi o‘zigacha bo‘lgan davr 
shoirlari ichida alohida ajralib turadi. Bu qalam sohibi merosida 
shunday g‘azallar ham borki, ular boshdan-oxir badiiy-uslubiy 
tarafdan tamoman ana shu irsoli masal san’ati asosiga quriladi. 
«Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu...» g‘azali xuddi shunday 
asarlar sirasiga kiradi. Undagi mavjud besh baytning bari aynan 
ana shu san’at ishtirokida yaratilgan. Bu qo‘shmisralarning ham-
masida maqol ikkinchi satrda kelgan. Amalda u birinchi qator-
dagi  krning tasdig‘i yanglig‘ qog‘ozga tushgan. Shu tariqa 
shoir  krini ikki karra mustahkamlagandek bo‘ladi.


91

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling