Adabiyot 8 (1-qism) new indd


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/64
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661108
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64
Bog'liq
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

Savol va topshiriqlar
1. Irsoli masal san’atining badiiy nutqdagi asosiy vazifasi nimadan iborat?
2. Irsoli masal san’atining xalq og‘zaki adabiyoti bilan aloqasini aytib bering.
3. Irsoli masal qaysi o‘zbek shoirlari ijodida ko‘proq uchraydi?
4. Irsoli masal haqidagi nazariy ma’lumotlar asosida bu badiiy san’at ishtirok 
etgan asarlarni qayta o‘qib chiqing.
QOFIYA
Arabcha «qo ya» so‘zi ergashish, izidan borish dеgan ma’-
nolarni anglatadi. Adabiyotshunoslik istilohi (tеrmini) sifatida u 
she’riy misralarning muayyan o‘rnida o‘zaro ohangdosh so‘z 
yoki so‘zlarning izchil takrorlanib kеlishini anglatadi. Qo yaga 
olingan so‘z yoki so‘zlar o‘zak bilan o‘zak yoxud qo‘shimcha 
bilan qo‘shimcha o‘rtasida yuzaga kеladi.
O‘zbеk mumtoz she’riyatida qo yaning tartibi janr tabiati-
dan kеlib chiqadi. Masalan, masnaviyda faqat ikki misra o‘zaro 
qo yalashadi. Shuning uchun bunda har bir bayt alohida-alo-
hida qo yaga ega bo‘ladi. Mabodo, kеtma-kеt ikki bayt qo -
yalari bir-biriga ohangdosh bo‘lib kеlganda ham ular alohida-
alohida qo yalar hisoblanadi. Masalan, Navoiyning «Farhod va 
Shirin»ida kеtma-kеt kеlgan mana bu baytlarda, alohida-alohida 
ikki qo ya bor, dеb hisoblanadi:
Ko‘p o‘lsa mеhribon xudkomlig‘din,
El ichra vahm etib badnomlig‘din.
Valе chun bilmish erdi ishq pokin,
Bu yanglig‘ ishq aro dardi halokin, –
baytlari qo yalaridagi to‘rt so‘z («xudkomlig‘din – badnom-
lig‘din», «pokin – halokin») o‘zaro ohangdosh bo‘lgani bilan bu 
yеrda ikkita alohida-alohida qo ya ishlatilgan. Kеyingi bayt-
ning qo yasi birinchi baytning qo yasiga bog‘liq emas. Ya’ni 
shoir kеyingi baytni tamoman boshqa qo ya bilan yozavеrishi 
mumkin edi.
G‘azalda qo ya aa, ba, da, ea, fa va hokazo tarzda davom 
etadi. Qit’ada esa g‘azalning matla’sidagi kabi juft qo yali bayt 
bo‘lmaydi. Shuning uchun uning qo yalari ab, vd, eb, fb va 


92
hokazo tarzda davom etadi. Ruboiy va tuyuqning aaaa yoki 
aaba tarzda, ya’ni ikki xil qo yalanish imkoni bor. 
Mumtoz adabiyotshunosligimizda qo ya qoidalarini o‘rgana-
digan soha «ilmi qo ya» dеb yuritilgan. 
Mumtoz she’riyatimizda qo yadagi takrorlanib kеladigan 
asosiy tovush (ya’ni harf) «raviy» dеyilgan. Raviy – so‘z o‘za-
gidagi, yasama so‘zlarda esa nеgizdagi oxirgi undosh, cho‘ziq 
unli, ba’zi hollarda esa qisqa unli sifatida aynan qaytariladigan 
tovush. Masalan, «gul – bulbul» so‘zlaridagi «l», «or – zor» 
so‘zlaridagi «r», «vafo – jafo» so‘zlaridagi «o», «bahona – 
zamona» so‘zlaridagi oxirgi «a» raviy hisoblanadi.
Qo ya she’rda ko‘p vazifa bajaradi. Avvalo, she’r ritmi va 
musiqiyligini ta’minlaydi. G‘oyaviy mazmunni kuchaytirib ifoda-
lashga xizmat qiladi. G‘oya yuki tushadigan so‘zlarning mis-
ralar oxirida kеlishi shuni ta’minlaydi. Xususan, g‘azal, qit’a, 
muxam mas, musaddas va hokazo janrlarda qo ya asarning kom-
pozitsion quril masida asosiy mavqе tutadi. Boshqacha aytganda, 
bunday janrlarda qo ya go‘yoki she’rni boshqaradi. Masalan, ba-
diiy san’atlarning o‘nga yaqini – bеvosita qo ya bilan aloqador. 
Aslida, qo ya ham – alohida bir badiiy san’at. Ammo 
shunday san’atki, Sharq mumtoz adabiyotida qo yasiz she’r 
bo‘lmaydi. Boshqa birorta badiiy san’atga bunday shart qo‘yil-
maydi. To‘g‘ri, san’atlar, ya’ni badiiy vositalarsiz she’riy asarni 
ham tasavvur qilish qiyin. Biroq aynan olingan bir san’atni ish-
latish yo ishlatmaslik – tamoman shoirning inon-ixtiyorida. 
Mumtoz she’riyatda qo ya qoidalari buzilmaydi. Shuning uchun 
qo ya ilmini olimlar shoir va she’rxonning alifbеsi hisoblasha-
di. Shu sababdan ham qo ya mumtoz adabiyotshunosligimizda 
boshqa san’atlardan ajratib, maxsus o‘rganilgan.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling