Adabiyot 8 (1-qism) new indd


«NOZUKLIK ICHRA BЕLICHA YO‘Q TORI GISUYI...»


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/64
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661108
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64
Bog'liq
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

«NOZUKLIK ICHRA BЕLICHA YO‘Q TORI GISUYI...» 
G‘AZALI
Nozuklik ichra bеlicha yo‘q tori gisuyi
1
,
O‘z haddini bilib, bеlidin o‘lturur quyi.
Zul shikastasinda u kun ongladi o‘zi,
Oylarda sinmadi bu ko‘ngulning bir orzuyi.
Mundoqki yaxshi yеrga tushubtur topib qabul,
Shak yo‘qki, muqbil ul dudog‘ing xoli hinduyi.
Qush og‘zi tеgsa la’l o‘la minqori to‘tidеk,
Yoqutung uchun onda ko‘roqsa ko‘zum suyi.
Ko‘rguzmading tushumda biror zul orazin,
Ey baxt, dеdikim sеnga kim, tun-u kun uyi.
Javr etsa, mеhr umidi tutarmеn hanuzkim,
Bir tavr qolmas odamining xislat-u xo‘yi.
Lut y boshin evurdi sochi inichka bеl ila,
Ul hindu rishta birla magar qildi joduyi?
«SURATINGDA XOMAYI SUN‘ ERDI TAHRIR USTINA...» 
G‘AZALI
Suratingda xomayi sun‘
2
erdi tahrir ustina,
Chunki еtti ko‘zunga, sеhr etti tasvir ustina.
Garchi bosh birla tikildi vas zulfungda qalam,
Ul qaro tillik ko‘rar o‘zini taqsir
3
ustina.
Husnungiz oni nе tеb kirsun iboratqaki, aql
Dam-badam bеxud bo‘lur sharhinda taqrir
4
ustina.
1
G i s u – soch.
2
X o m a y i s u n’ – yaratish qalami.
3
T a q s i r – qusur, xato, nuqson.
4
T a q r i r – tasdiqlash, so‘zlash, bayon etish.


87
Ish agar afsunga yеtsa ko‘zlaring ashkol ila,
Yuz xatoni yuklagay joduyi Kashmir ustina.
Qosh-u ko‘z-u kirpugungning  tnasidin yo‘q kalom
1
,
Ul balodin, nеtayin, kеlmasa bir-bir ustina.
Chiqmadi zulfung savodindin ko‘ngul yo‘l bor uchun,
Muncha umr etib uzun tunlarda shabgir
2
ustina.
Lut (y)ni o‘lturma sеnsiz o‘lmagan jurmi uchun, –
Kim yurumas bandaning farmoni taqdir ustina.
TUYUQLAR
Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor, 
Har necha dardimni desam, dog‘i bor
Qilcha tanga bori ishqing yor edi, 
Bir sori bo‘ldi  roqing, dog‘i bor.
Tuyuqni tushunib, undan zavq olish uchun, avvalo, mis-
ralar zamiridagi ma’nolarni obdon anglab olish lozim. Chunki 
qo yalar da kelgan bir shakldagi so‘zlar yoxud so‘zlar turkumi 
anglatgan ma’nolar bir-biridan farq qilgani sababli tajnis yuzaga 
kelgan. Agar o‘quvchi aynan bir xil shakldagi so‘zlar yoxud 
so‘zlar turkumidagi ma’nolarni ajratib ola bilmasa, asar o‘z 
vazifasini o‘tamagan, muallifning maqsadi amalga oshmay qol-
gan bo‘lib chiqadi.
Shu jihatdan ushbu tuyuqning qo yalarida quyidagi ma’nolar 
yashirin:
– dog‘i bor – dog‘i bor;
– dog‘i bor – otashi bor;
– dog‘i bor – yana (tag‘in) bor.
Natijada tuyuqdan mana bunday talqin kelib chiqadi: 
Ko‘nglimga har tarafdan boqsam, dog‘i bor, har qancha 
dardimni aytsam, otashi bor. Qildekkina tanamga bori ishqing 
yor edi,  roqing (sendan ayriliq) bir taraf bo‘ldi, yana bor.
Uchinchi misrada ham «bori» so‘zi bekorga ishlatilmagan.
1
K a l o m – so‘z.
2
Sh a b g i r – tong, sahar.


88
* * *
Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen, 
Vah, qachon yetkaymen ul dilbanda men. 
Bevafolarg‘a meni qilding asir, 
Sen menga sultonsen, ey dil, banda men.
Ushbu tuyuqda, odatdagidek, tajnisli so‘zlar qo ya bo‘lib 
kelgan va ular quyidagi ma’nolarni anglatadi:
– dil, bandamen – yurak, (men) bandaman (bog‘lanib qol-
ganman);
– dilbanda men – dilbandga men;
– dil, banda men – yurak, banda men (man)
Misralar talqin etilsa, quyidagicha ma’no kelib chiqadi:
– Men sening dastingdan, ey dil, bandaman (bog‘lanib qol-
ganman), vah, men qachon u dilbandga yetgayman? 
Meni bevafolarga asir qilding, sen menga sultonsan, ey dil, 
banda (fuqaro) – men.
* * *
Charxi kajraftor elidin yozamen, 
Chiqmadim hijron qishidin yoza men. 
Bir meni yorliq bila yod etmas ul, 
Har necha ul shahg‘a qulluq yozamen.
Bu tuyuqda quyidagi tajnislarga duch kelamiz:
– yozamen – yozg‘iraman (shikoyat qilaman);
– yoza men – yozga men;
– yozamen – yozaman (bitaman).
Satrlar ketma-ketligi asosida talqin etilganda quyidagicha 
 krlar ilgari surilgani ma’lum bo‘ladi:
Charxi kajraftor (egri aylanuvchi charx, zamon) elidan noro-
ziman, (Chunki) hijron (ayriliq) qishidan yozga chiqa olmadim. 
Har qancha u shohga qulluq (iltifotli maktub) yozganim bilan 
(to‘rtinchi misra), meni bir yorliq (maktub) bilan u yod etmay-
di (uchinchi misra).


89

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling