85
Raftor ila bir yo‘li muningdek dog‘i o‘xshash,
Ey sarvi sihi, kabki dariyg‘a ne bo‘lursan?
Yusuf kebi
shirindurur asru harakoting,
Sen Misr nabot-u shakarig‘a ne bo‘lursan?
Sendek saname ko‘rman Lut (y) chig‘atoyda,
Chin so‘yla, Xito xo‘blarig‘a ne bo‘lursan?
«QILG‘ALI» RADIFLI G‘AZAL
Ulki husn etti bahona elni shaydo qilg‘ali,
Ko‘zgudеk qildi sеni o‘zini paydo qilg‘ali.
Qosh-u ko‘zungdin qaro ko‘rguzdi bildirmay o‘zin,
Fitnaе ul boshladi olamni yag‘mo qilg‘ali.
«Kof»u «nun» naqshi yo‘q erdi andakim ushshoq uchun,
Ishq ila husning birikti sho‘r-u g‘avg‘o qilg‘ali.
Gavhari yak
1
dona
qildi zoti bahrinda sеni,
Ahli dillar ko‘zini hasratta daryo qilg‘ali.
Og‘zing-u yuzung sabab bo‘ldi azal naqqoshina,
Olami g‘aybiy shahodatni huvaydo qilg‘ali.
Siz o‘tarsiz Oydеk ko‘z
tungluki yonida ruh, –
O‘lturur har go‘shadin sizni tamosho qilg‘ali.
Gar qaro qayg‘u nasibim bo‘lmasa yuz soridin,
Mеn kim erdim jon bila zulfungni savdo qilg‘ali.
Sеnsiz emgakdin manga bo‘ldi o‘lum
jon rohati,
Qaydadur, yo Rab, ajal, borsam taqozo qilg‘ali.
Chun saloting‘a alik bеrmas ko‘zung nazzorasi,
Lut (y) qul
kimdur visolingni tamanno
2
qilg‘ali.
1
Y a k – bir.
2
T a m a n n o – orzu.