Adabiyot 8 (1-qism) new indd


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/64
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661108
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64
Bog'liq
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

«QILG‘IL» RADIFLI G‘AZAL
Qaro ko‘zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg‘il, 
Ko‘zum qarosida mardum kebi vatan qilg‘il.
Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan
Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.
Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hino bog‘la, 
Itingg‘a g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il.
Firoq tog‘ida topilsa, tufroqim, ey charx, 
Xamir etib yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il.
Yuzung visolig‘a yetsun desang ko‘ngullarni, 
Sochingni boshtin-ayoq chin ila shikan qilg‘il.
Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas mone’, 
Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il.
Yuzida terni ko‘rub, o‘lsam, ey ra q, meni 
Gulob ila yuv-u, gul bargidin kafan qilg‘il.
Navoiy, anjumane shavqi jon aro tuzsang
Aning boshoqliq o‘qin sham’i anjuman qilg‘il.
«G‘aroyib us-sig‘ar»ning 371-g‘azali.
Sakkiz baytli bu g‘azal asrlar osha el orasida mashhur bo‘lib 
kelyapti. Radi – sof turkiy (o‘zbekcha) so‘z. Qo yasiga shoir 
arabiy («fan», «vatan», «rasan», «kafan»), forsiy («ko‘hkan», 
«shikan», «anjuman») kalimalarga ohangdosh o‘zbekcha so‘z 
(«tikan») ham topadi.


103
Ushbu g‘azal sakkiz baytdan iborat. U mujtassi musammani 
maxbun va maxbuni maqtu’, ya’ni mafoilun–failotun–mafoilun–
fa’lun vaznida bitilgan. Taqte’si quyidagicha bo‘ladi: V – V– / 
V V – – / V – V – / – –.
G‘azal oshiq qalbning yеtuklik va kamolot timsoli bo‘lmish 
komil insonga jo‘shqin muhabbati ifodalangan mashhur she’r-
lardan biri hisoblanadi
1
. XX asr boshlarida uni mashhur xonan-
da To‘ychi ho z Toshmuhammеdov «Shashmaqom» tarkibiga 
kiradigan «Ushshoq» («Oshiqlar») kuyi asosida qo‘shiq qilib 
aytadi. «Shashmaqom» tarkibidagi bu kuyning aynan shunday 
nomlanishi ham bеjiz emas. Olimlar, bu kuyda oshiq qalbning 
yor vasliga yеtish yo‘lidagi izti rob-u nola-yu  g‘onlari aks et-
gan, dеb hisoblashadi. Bir asr mobaynida bu g‘azalni ko‘pdan-
ko‘p xonandalarimiz ijro etdi.
Matla’ni sharhlashning o‘zidayoq bu g‘azalda qanchalar 
ma’no-mazmun yashirin ekani ayonlashadi. Lirik qahramon 
oshiq tarzida so‘z boshlab, yoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri «qaro 
ko‘zum» deb murojaat qiladi, undan kelib odamgarchilik («mar-
dumlig‘») qilishni, yana ham aniqrog‘i, oshiq ko‘zi qorasida 
gavhar («mardum kebi») vatan tu tishni so‘raydi. «Mardum kebi» 
ifodasida zimdan «odamdek» degan ma’no ham yashirin. Bilam-
izki, ko‘z qorachig‘i ichida yana qop-qora gavhar («gavharak» 
ham deyishadi) bor. U eski tilimizda «mardumak» deb ham 
ishlatilgan. Hozir ham bu shakl ayrim shevalarimizda saqlanib 
qolgan. Demak, shoir birinchi va ikkinchi misralarda shakldosh 
(omonim) so‘zlar ishlatib, tajnisga erishgan.
Tasavvu y adabiyotda uchraydigan timsol-istilohlar lug‘atlarida 
ko‘z komil inson timsoli sifatida tushuntiriladi. Xuddi komillikka 
erishgan inson o‘zidan kеchib, boshqacha aytganda, o‘zidagi 
barcha illatlarni bartaraf etib, faqat Yaratganni ko‘rgani, uni 
1
Bu g‘azal ko‘plab navoiyshunoslar tara dan atro icha sharhlangan. Ular 
orasida atoqli sharqshunos,  lologiya fanlari doktori, profеssor Najmiddin Ko-
milov yozgan sharh ilmiyligi, asarning dunyoviy va tasavvu y ma’no-mazmuni 
kеng talqin etilgani va tеran xulosalarga boyligi bilan ajralib turadi. Tahlilda biz 
ana shu sharhdan ijodiy foydalandik. Qarang: K o m i l o v N. Ma’nolar olami-
ga safar (Alishеr Navoiy g‘azallariga sharhlar). T.: «Tamaddun» nashriyoti. 2012. 
174–188-bеtlar.


104
o‘ylagani kabi, ko‘z ham o‘zini ko‘rmaydi, o‘zgalarni ko‘radi. 
O‘zi, umuman, yuzga ilohiy go‘zallik (zuhurot) ramzi dеb 
qaraladi. Ko‘z esa – ana shu go‘zallik jamlangan asosiy man-
ba. Chunki yuzning bor jozibasi – ko‘zda mujassam. Ko‘zni 
sеvish orqali ilohiy jamolni yaxshi ko‘rish ifodalanadi.
G‘azaldagi lirik qahramon ana shu ko‘zda nazarda tutil-
gan komil insonni o‘z ko‘zining gavhariga aylantirmoqchi. 
Shu tariqa matla’dan quyidagicha ma’no-mazmun anglashiladi: 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling