Adabiyot 8 (1-qism) new indd
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «YO‘Q» RADIFLI G‘AZAL
Savol va topshiriqlar
1. G‘azal hajmi, mavzusi, vazni va qo yasi haqida ma’lumot bering. 2. G‘azalda ishq tasviri uchun qanday ohoriy badiiy usul qo‘llangan? 3. Baytdan baytga mantiqiy bog‘liqlik qanday amalga osha boradi? 4. G‘azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 5. Lirik qahramon ishqiga haqiqiy «aybdor» kim? 6. G‘azalni yodlang. «YO‘Q» RADIFLI G‘AZAL Yordin ayru ko‘ngul – mulkedurur, sultoni yo‘q, Mulkkim, sultoni yo‘q, jismedururkim, joni yo‘q. 120 Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul Bir qaro tufrog‘dekdurkim, gul-u rayhoni yo‘q. Bir qaro tufrog‘kim, yo‘qtur gul-u rayhon anga, Ul qorong‘u kechadekdurkim, Mahi toboni yo‘q. Ul qorong‘u kechakim, yo‘qtur Mahi tobon anga, Zulmatedurkim, aning sarchashmayi hayvoni yo‘q. Zulmatekim, chashmayi hayvoni oning bo‘lmag‘ay Do‘zaxedurkim, yonida ravzayi rizvoni yo‘q. Do‘zaxekim, ravzayi rizvondin o‘lg‘ay noumid, Bir xumoredurki, anda mastlig‘ imkoni yo‘q. Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor Hajrdin dardi-yu lekin vasldin darmoni yo‘q. «G‘aroyib us-sig‘ar»ning 310-g‘azali. Baytlardagi mantiqiy bog‘liqlik nuqtayi nazaridan bu g‘azal ham «Jong‘a chun dermen: «Ne erdi o‘lmakim kay yati?..» g‘azaliga o‘xshaydi. G‘azal ramali musammani mahfuz (yoki maqsur), ya’ni foilo- tun – foilotun – foilotun – foilun (yoki foilon) vaznida bitilgan. Uning taqte’si quyidagicha bo‘ladi: –V– – / – V – – /– V– – / – V – (yoki – V ~). M a t l a ’ ning o‘zidayoq muallif avval yordan ayri ko‘ngilni sultoni yo‘q mamlakatga, keyin esa sultoni yo‘q mamlakatni joni yo‘q jismga o‘xshatadi. I k k i n c h i b a y t da mulohaza shu tarzda davom etadi: «Ey musulmonlar, jonsiz jismdan qanday hosil unadi, u gul-u rayhoni yo‘q bir qora tuproqning o‘zginasi-ku». U c h i n c h i b a y t da aytiladiki: «Agar gul-u rayhoni yo‘q bir qora tuproq bo‘lsa, u bir porlab turgan Oyi yo‘q qorong‘i kecha ekan-da». T o ‘ r t i n c h i b a y t da aynan ana shu qorong‘i kecha ta’ri ketadi: «Porlab turgan Oyi yo‘q qorong‘i kecha bo‘lsa, u hayot sarchashmasi yo‘q zulmat ekan-da». 121 B e s h i n c h i b a y t da aynan ana shu hayot sarchashmasi yo‘q zulmat lirik qahramonni do‘zaxiy kimsaning jannatdan noumidligi haqida so‘zlashga undaydi, do‘zax esa shunday bir xumordirki, unda mastlikning imkoni yo‘q. (Mastlik deganda shoir ishqni, ya’ni Yaratganga intilishni ko‘zda tutgan.) M a q t a ’ da lirik qahramon Navoiyga murojaat qilib: «Unga shunday uqubatlar yuborilganki, hajridan dardi, lekin vaslidan darmoni yo‘q», – deydi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling