Adabiyot 8 (1-qism) new indd
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «KELMADI» RADIFLI G‘AZAL
Savol va topshiriqlar
1. G‘azal hajmi va mavzusi haqida ma’lumot bering. 2. Muhabbat darajasini bildirish uchun nega shoir aynan yor go‘zalligi bel- gilarini ta’ri ashni bosh masala qilib qo‘ygan? 3. Asar vazni, qo yasi va radi ni tahlil qilib bering. 4. G‘azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 5. G‘azalda so‘roqlarning ahamiyati, badiiylik darajasini ko‘tarishdagi hissasini tushuntirib bering. 6. Maqta’dan tashqari baytlardagi birinchi misralarda mavjud ichki ohang dosh- likni misollar asosida tushuntiring. 7. G‘azaldagi qiyoslarning badiiy vazifasini tushuntiring. 8. G‘azalni yodlang. «KELMADI» RADIFLI G‘AZAL «Kecha kelgumdur», – debon ul sarvi gulro‘ kelmadi, Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi. Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor, Keldi jon og‘zimg‘a-vu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi. Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot, Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘anda qorong‘u kelmadi. Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor, Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi. «Ko‘zlaringdin necha su(v) kelgay?!» – deb o‘lturmang meni, Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi. Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o‘tru kelmadi. Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin, Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi. «Badoye’ ul-vasat»ning 608-g‘azali. G‘azal ishqiy mavzuda, o‘zbek tilidagi she’riyatda eng ko‘p ishlatilgan ramali musammani mahzuf (yoki maqsur), ya’ni 112 «foilo tun – foilotun – foilotun – foilun (yoki foilon)» vaznida yozilgan. Taqte’si: – V – – / – V – – / – V – – / – V – (yoki – V ~). G‘azaldagi ko‘pchilik misralar ramali musammani mahzuf, ya’ni «foilotun – foilotun – foilotun – foilun» vazniga tushsa-da, ikkinchi baytning «intizor» so‘zi bilan tugagan hamda to‘rtinchi baytning «devonavor» so‘zi bilan tugagan birinchi mis- ralari ramali musammani maqsur, ya’ni «foilotun – foilotun – foilotun – foilon» vaznida bitilgan. G‘azal – an’anaviy yetti baytdan iborat. Radi da o‘zbekcha so‘z («kelmadi») ishlatilgan va qo yasi- dagi sakkiz (gulro‘ – uyqu – badxo‘– qorong‘u – kulgu – su(v) – o‘tru – qayg‘u) so‘zdan oltitasi – o‘zbekcha, ikkitasi («gulro‘» va «bad- xo‘») – tojikcha. G‘azalda badiiy jihatdan shunday qat’iy bir qoidaga amal qilinganki, har bir baytda kamida bir tazod (zidlantirish, qara- ma-qarshi ma’nolardagi so‘zlarni qo‘llash) san’ati namunasiga duch kelamiz. Bu badiiy san’at g‘azalda asosiy ifoda va tasvir vositasiga aylangan. Matla’da lirik qahramon, kecha (buni «kechasi» deb ham, «kecha», ya’ni bir kun oldin deb ham tushunish mumkin) «sar- vi gulro‘» (gul yuzli sarv, ya’ni tik qomatli yor) kelaman deb, kelmadi, shuning uchun tong otgunga qadar ko‘zlarimga uyqu kelmadi, deydi. Shuning o‘zidayoq lirik qahramon holati, u che- kayotgan iztirob ma’lum qilinadi. Betoqat oshiq har zamon-har zamon chiqib, ma’shuq yo‘liga intizor bo‘ldi, hatto, jon uning og‘ziga keldi-yu, u yomon fe’l- atvorga ega sho‘x go‘zal kelmadi (ikkinchi bayt). «Ul sho‘xi badxo‘» deganiga qarab: «Yor yomon ekan, unda nega oshiq uni sevadi?» – degan krga bormaslik kerak. Chunki shoirning bu ifodasida o‘ziga xos erkalash ohangi ham bor. Yorning «badxo‘»ligi va’da berib, va’dasida turmaganida, xolos. U c h i n c h i b a y t da yorning orazi (yuzi) «oydin»(ya’ni oq) ligi bilan oshiq hayotining qorong‘iligi bir-biriga zidlashtiriladi: «Agar orazidek oydin bo‘lganida ehtiyot qilib (birov ko‘rib qolmasin deb) kelmagan bo‘lsa, (kecha) hayotimdek qorong‘u Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling