Adabiyot 8 (1-qism) new indd
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)
bo‘lganda ham kelmadi-ku!»
113 T o ‘ r t i n c h i b a y t lirik qahramon holati yanada og‘ir- lashganini ko‘rsatadi: «U paridek yor hajrida devonalardek yig‘ladim, buni ko‘rib, kulgisi kelmaydigan kimsa topilarmikan?» B e s h i n c h i b a y t ga kelib lirik qahramon bevosita ko‘p- chilikka (g‘azalxonlarga) murojaat qiladi: «Ko‘zlaridan qancha suv kelar ekan deb, meni o‘ldirmanglar, (chunki) bu kecha ko‘zlarimdan faqat qon keldi, suv kelmadi». Bu yerda qon bilan suv bir-biriga zidlantirilgan. G‘azalning o l t i n c h i b a y t i alohida ajralib turadi. Unda lirik qahramon tolibi sodiq topilmasligidan shikoyat qilishga o‘tadi. Baytning so‘zlardan kelib chiqadigan ma’no-mazmuni quyidagicha: «Sodiq tolib topilmaydi, shunday bo‘lmasa edi, kimki yo‘lga qadam qo‘ysa, «avvalqadam», ya’ni undan oldin- roqda yuradigan bir ma’shuq ro‘baro‘ kelmaydimi?!» Agar g‘azalning dastlabki besh baytida boshdan-oxir va’da berib, so‘zida turmagan yorni kuta-kuta chekkan azob-iztiroblari haqida gapirib kelingan bo‘lsa, bu baytda birdan, kutilmagan- da lirik chekinish qilinadi. Lirik chekinish – keng tushuncha. G‘azaldagi bunday lirik chekinish «begona bayt» deyiladi. Bu yerda nozik falsa y-tasavvu y masala ko‘tarilgan. «Yo‘l» baytda tasavvufni, Alloh ishqini bildiradi. Bu yo‘lda esa sadoqatli talabgor (oshiq) topilmayapti. Ayni gap bilan shoir pirga ishora qilgan. Chunki pir hamisha bu yo‘lni muriddan avvalroq bosib o‘tgan, ya’ni u «avvalqadam» bo‘ladi. Avvalqadam oshiq esa Al- loh vasliga yetib, ma’shuqqa aylanadi. Murid ana shu shayxning etagidan tutib, unga ergashmoqchi. Chunki Allohni sevish uchun murid avval pirini sevishi kerak. Boshqacha aytganda, Allohga muhabbat yo‘li bevosita pir qalbi orqali o‘tadi. Chunki tasav- vufda pirga komillik timsoli sifatida qaraladi. Shuning uchun ushbu g‘azalda majoziy tasvir orqali ilohiy ishq kuylangani, lirik qahramon bеgona baytda ishqda undan ko‘ra «avvalqadam» bo‘lgan «tolibi sodiq», ya’ni pir izlayot- ganiga hеch qanday shubha bo‘lmasligi kеrak. Navoiy g‘azallarining yozilgan yillari ma’lum emas. Ammo uning «Xazoyin ul-maoniy»dagi uchinchi devon bo‘lmish «Badoye’ ul-vasat»dagi ushbu g‘azali dastlab muxlislar tomonidan tartib ber- ilgan «Ilk devon»ga ham, muallif o‘zi tuzgan ikkinchi devon – 114 «Navodir un-nihoya»ga ham kiritilganidan ma’lum bo‘ladiki, u shoirning yoshlik davri lirikasi mahsuli hisoblanadi. M a q t a ’ ham – juda tahliltalab. Chunki unda ikki karra «boda» so‘zi tilga olinadi. Shaklan, ya’ni yuzaki qaraganda, o‘quvchida mayparastlik targ‘ib etilayotgandek tasavvur tug‘ilishi ham mumkin. Holbuki, Navoiy buyuk islom shoiri edi. Islomda esa mast qiluvchi ichimliklar harom hisoblanib, man etilgan. May, sharob, boda, chog‘ir... O‘tmishda ajdodlarimiz iste’mol etgan kayf beruvchi ichim- liklar shunday so‘zlar bilan nomlangan. Albatta, bu to‘rt ichim- lik nimadan hozirlangani, tayyorlanish usuli, tarkibidagi spirt miqdori jihatidan o‘zaro bir-biridan farq qilgan bo‘lishi kerak. Biroq shoirlarimiz bu so‘zlarni o‘zaro ma’nodosh (sinonim) sifatida qo‘llayvergan. Nega? Gap shundaki, adabiyot, xususan, she’riyatda bu so‘zlar o‘z ma’nosida emas, aksaran ko‘chma ma’noda – badiiy timsol (obraz) sifatida ishlatilgan. Xo‘sh, badiiy timsol nima? Timsol – asli, surat, rasm degani. Surat esa narsaning o‘zi emas, u haqda ma’lumot beradi, tasavvur uyg‘otadi, xolos. Uni ko‘rib, o‘sha narsaning o‘zini xayolga keltirasiz. Badiiy timsol ham – shunga o‘xshash. Shoir bir nimani ko‘zda tutadi, o‘sha narsani o‘quvchi yaxshiroq, osonroq ko‘z oldiga keltirsin uchun uning o‘rniga biror timsol ishlatadi. May, sharob, boda, chog‘ir timsollarini ham mumtoz shoir- larimiz shu maqsadda qo‘llagan. Endi asosiy masalani o‘rtaga tashlasak bo‘ladi: bu timsollar nimani anglatadi? Boshqacha aytganda, mumtoz she’riyatimizda Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling