Adabiyot 8 (1-qism) new indd
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «DEYIN» RADIFLI G‘AZAL
Savol va topshiriqlar
1. G‘azal hajmi va mavzusi haqida ma’lumot bering. 2. Asar qo yasi va radi ni tahlil qiling. Radif va qo yada ishlatilgan so‘zlar aslan qaysi tildan olingan? 3. Matla’dagi «mardumliq» va «mardum» so‘zlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va farq nimadan iborat? 4. Oshiqning yorga sadoqati baytlarda qanday badiiy vositalar orqali ko‘rsatiladi? 5. G‘azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 6. «Soch» timsoli g‘azalda qanday ramziy ma’noni ifodalab kelgan? 7. Oxirgi ikki baytda qaysi ma’noda lirik qahramon jon va o‘lim tushunchala- rini tilga oladi? 8. Matla’ bilan maqta’ o‘rtasida qanday mantiqiy bog‘lanish mavjud? 9. G‘azalni yodlang. 109 «DEYIN» RADIFLI G‘AZAL Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin, Ko‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?! Ko‘zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin, Bu kudurat ora ruxsori safosinmu deyin?! Ishq dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin, Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?! Zul dominmu deyin, la’li kalominmu deyin, Birining qaydi, yana birning adosinmu deyin?! Turfa xolinmu deyin, qaddi niholinmu deyin, Movi(y) ko‘nglak uza gul rangi qabosinmu deyin?! Charx ranjinmu deyin, dahri shikanjinmu deyin, Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?! Ey Navoiy, dema qosh-u ko‘zining vas ni, et, Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin?! «Navodir ush-shabob»ning 483-g‘azali. Bu shoirning mashhur g‘azallaridan biri. Qo‘shiq qilib kuylana- di ham. Chunki ohangdorligi – juda kuchli. Matla’da («yosinmu – qarosinmu – balosinmu»), shuningdеk, maqta’dan boshqa barcha baytlarning birinchi misralarida ichki qo ya («qahrinmu – zah- rinmu», «dardinmu – nabardinmu», «dominmu – kalominmu», «xolinmu – niholinmu», «ranjinmu – shikanjinmu»)ga ham qat’iy amal qilingan. 7 baytli bu g‘azalda «deyin» so‘zi faqat radifdagina takror- lanib kelmaydi. Bu so‘z radifda 8 bor qo‘llanishidan tashqari, yana 12 (jami 20) bor takroriy tarzda qo‘llanadi. Radd ul-mat- la’ (matla’ni takrorlash) san’ati asosida birinchi misra g‘azalning so‘nggi satri sifatida yana bir karra qaytariladi. Bu takrorlar ham g‘azal ohangi-yu jarangini, ham kr ta’kidini, ham oshiq his-hayajoni ifodasini kuchaytirgan. 110 G‘azaldagi ohangdorlik faqat qo ya va radif orqaligina ta’minlanmagan. Baytlarning birinchi misralarida ham ichki ohangdorlik («yosinmu – qarosinmu», «qahrinmu – zahrinmu...» va hokazo) mavjud. G‘azalda boshdan-oxir qiyos usulidan foydalaniladi. Har bir qiyoslashda ikkitadan tushuncha ishtirok etadi. Birinchi baytda yorning «qoshi yosi» (yoyday egik qoshi) bilan «ko‘zi qarosi» (ko‘zining qoraligi), ikkinchi baytda uning «ko‘zi qahri» bilan «kirpiki zahri», uchinchi baytda «ishqi dardi» bilan «hajri nabardi» (hajrining jangi), to‘rtinchi baytda «zul domi» (so- chining domi) bilan «la’li kalomi» (la’ldеk qizil labining so‘zi), bеshinchi baytda «turfa xoli» (har xil xoli) bilan «qaddi ni- holi» (yosh niholdеk tik qomati), oltinchi baytda «charx ranji» (taqdir yеtkazgan azob) bilan «dahri shikanji» (dunyo yеtkazgan qiyinchilik), yеttinchi baytda yana «qosh» bilan «ko‘z» o‘zaro yonma-yon tilga olinadi. Ammo bular baytlarning birinchi misralarida kеlgan qiyoslar. Qiyos baytlarning ikkinchi misralarida ham o‘zi ga xos tarz- da davom etadi. B i r i n c h i b a y t da «dard» bilan «balo», i k k i n c h i b a y t da «kudurat» (xafagarchilik) bilan yorning «ruxsori safosi» (toza yuzi), uchinchi baytda «qatiq dard- lar» bilan yorning «vasli davosi», to‘rtinchi baytda biri(«zul domi»)ning «qaydi» bilan yana biri(«la’li kalomi»)ning «adosi», bеshinchi baytda «moviy ko‘nglak» bilan «gul rangi qabo» (gulrang to‘n), oltinchi baytda «javr» bilan «jafo», yеttinchi baytda yana yorning «qoshi yosi» bilan «ko‘zi qarosi» o‘zaro baqamti qo‘llanadi. Bir qarashda, g‘azal boshqa ishqiy mavzudagi lirik shе’rlardan kеskin farq qilmagandеk, oshiq ma’shuqaning, odatdagidеk, chiroyini turli uzvlari, ya’ni qoshi, ko‘zi, sochi, yuzi, labidan chiqqan so‘zlar va kiyimi, ya’ni moviy ko‘ylagi, gulrang to‘ni ta’ri orqali tasvirlab, ishqiy iztiroblarini bayon etayotgandеk tuyuladi. Biroq, aslida, buyuk shoir qalamining qudrati bilan ana shu so‘z va qiyoslar zamirida ajib bir badiiy go‘zallik ya- shiringan. Bu o‘quvchida ayricha zavq-shavq uyg‘otadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling