Adabiyot 8 (1-qism) new indd


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/64
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661108
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64
Bog'liq
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

«hajr», «oh» va «dard» so‘zlaridan (arab alifbosi asosidagi im-
loda bu so‘zdagi «a» tovushi yozuvda aks etmaydi) tashkil top-
gan, dеb bitadi.
Bu bilan lirik qahramon: «Mеning ishqdagi dardim Far-
hod dardidan kam emas, hatto, ortiq ham, shuning uchun agar 
mеn ma’shuq ishqi yo‘lida jon bеrsam, tuprog‘imni boshqatdan 
qorib, qayta yaratsang, ey falak, yana o‘sha ishq tog‘ida tog‘ 
yo‘nuvchi qilib yarat», – dеmoqchi.
B е s h i n c h i b a y t ga kеlib lirik qahramon biroz «hovu-
ridan tushganday»bo‘ladi, endi yana bеvosita yorga murojaat 
yo‘liga o‘tadi. Bu yerda avvalgi baytlardagi yalinib-yolvorish 
ohangi yo‘q. Lirik qahramon: «Bordi-yu, ko‘ngullar yuzingning 
visoliga yetsin, desang, unda sochingni boshdan-oyoq o‘rab-
chirmab tashla», – deydi. 
«Yuz» timsoli ilohiy go‘zallik manbasi ramzi ekanini bilib 
oldik. Baytning tub mohiyatiga tushunib yеtish uchun endi 
«soch», «chin» va «shikan» timsollarining ham dunyoviy, ham 
tasavvu y ma’nolaridan yaxshi xabardor bo‘lish kеrak. 
«Soch» tasavvu y timsol-atama sifatida she’riyatda mavjud 
dunyo ramzi hisoblanadi. Albatta, mavjud dunyoni ham Alloh 
yaratib, uni harakatga keltirgan, unga o‘z ilohiy nurini soch-
gan (tajalli etgan). Biroq dunyo kasrat, ya’ni ko‘plikni anglatadi. 
Soch – yuzga nisbatan qora. Shunga ko‘ra, tasavvu y talqinda 
u Iloh manbasiga nisbatan qorong‘i va bеpoyon (chunki soch – 
uzun). Sochning chin-u shikanlari (jingala-yu halqalari) solik 
ruhi ovora va band bo‘ladigan dunyo tashvishlarini anglatadi. 
Inson ham – tajalliyot mahsuli, aniqrog‘i, uning oxiri. Shu ning 
uchun u hayoti mobaynida ana o‘sha asl manbaga qaytishga 
intilavеradi. U ana shu chin-u shikanlarni (bu dunyo tash-
vishlarini) yеngmasa, Mutlaq ruh, ya’ni Alloh jamolini (yuzini) 
ko‘rish baxtiga musharraf bo‘la olmaydi.
O l t i n c h i b a y t – nihoyatda ohoriy: kuz kelib, xazon 
sipohi yurish boshlasa, ey bog‘bon, bu bog‘ tomida ignadan 


107
tikan qilib qo‘ysang ham, monelik qilolmaydi. Bu bilan zimdan 
umrning o‘tkinchiligiga, ishq yo‘lida oshiqning imkoniyatlari 
ozligiga, vaqt g‘animatligiga ishora qilinyapti. Chunki dunyoga
mol-u mulkka qancha mеhr qo‘yma, baribir, u o‘tkinchi, bеbaqo 
va bеvafo. Faqat Allohgina boqiy, abadiy, yolg‘iz uning yodi 
bilangina yasha. 
Baytdagi tasvirda shoir o‘sha paytlardagi bog‘ va hovlilar 
dеvori ustini tikanakli butalar bilan o‘rab chiqish odatidan 
badiiy vosita sifatida foydalangan.
Y e t t i n c h i b a y t ga kеlib shoir yana oldingi ishqiy tas-
virga qaytadi. Yorimning yuzida terni ko‘rib, o‘lsam, deydi 
oshiq ra qqa (do‘stga, o‘rtoqqa) murojaat qilib, gulob bilan 
yuvib, gulning bargidan kafan qilgin! Gulob – jaydari oq atir-
guldan (uni Toshkentda «qirqog‘ayni», Buxoroda esa «gulbut-
ta» deyishadi) tayyorlangan sharbat. Baytda «gul» timsoli zim-
dan ol dingi qo‘shmisradagi «xazon»ga qarama-qarshi qo‘yilgan. 
«Ter» timsoli zamirida ham teran ramziy ma’nolar yashirin. 
Shoir nazdida u pokizalik, fayz, tarovat, yor jamolining por-
lashi, vafo alomati hisoblanadi va unda piri komil qalbining 
musaffoligi nazarda tutiladi. Gulob bilan gulga o‘rash orqa-
li esa oshiqning Alloh vasliga musharraf bo‘lish bilan abadiy 
hayot ga erishish istagi ilgari surilgan.
M a q t a ’ da lirik qahramon, Navoiyga murojaat qila turib, 
agar jon aro shavq anjumanini tuzsang, uning boshoqlik o‘qini 
shu anjumanning shami qilgin, deydi.
«Anjumani shavq» – zavqli-shavqli majlis-ma’rakani anglata-
di. Bu oshiq qalbida yor vasliga musharraf bo‘lish ishtiyoqining 
haddi a’losiga yеtganini bildiradi. Zimdan u ichki qo‘zg‘alish 
yuzaga kеlgani, ya’ni ruhiy hayajon kuchayganidan dalolat 
bеradi. «Boshoqli o‘q» – aslida, o‘tkir uchli kamon o‘qi. Ammo 
baytda u yorning kiprigini anglatib kеlgan. U ham, xuddi bo-
shoqli o‘q kabi, to‘ppa-to‘g‘ri yurakka borib qadaladi.
G‘azalning ikkinchi baytida «jon» so‘zi o‘rtasida kеladigan 
«alif» har bilan yorning tik qomati qiyoslanganini ko‘rib 
o‘tgan edik. Maqta’da yana «jon» so‘zi ishlatilgan. Bu yеrda 
endi shoir «boshoqlik o‘q», ya’ni kiprikning anjumanda jon aro 
sham (u ham «boshoqlik o‘q»qa, ham «alif» har ga o‘xshaydi) 


108
bo‘lishi tasviri orqali ikkinchi bor ana shunday o‘xshashlikka 
asoslanadi. 
E’tibor bеrgan bo‘lsangiz, matla’ ko‘z atro dagi tasavvurlar 
bilan boshlangan edi. Maqta’da ham undan uzoqlashilmadi – kip-
rik haqida so‘z bordi. Bu mutanosiblik g‘azalda tanosib san’atini 
yuzaga kеltirgan.
Maqta’dagi xulosa boshqa baytlardagi mantiqqa asoslana-
di: modomiki, yor diydori orzusi yuragingni band etib, tobo-
ra zo‘raysa, shu ishq dardida to‘lib-toshsang, uning kiprigini 
shu orzung avjga chiqqan anjumanning chirog‘iga aylantir, 
ko‘nglingni uning muhabbati shami bilan yorit, ana shun-
da ma’shuq dardiga giriftor diling doim yoniq, mash’alador 
bo‘ladi.
G‘azalning boshidan oxirigacha har baytda kutilmagan tim-
sol, ifoda va tasvir ishlatiladi. Baytdan baytga o‘tgani sari lirik 
qahramonning oshiqlik o‘ti balandlab borganini ko‘ramiz. Oxirgi 
ikki baytda oshiq yor ishqida jondan kechishga tayyor turganini 
ham bildiradi. Bu ham ishqning kamolga yetganini ifodalash-
ning bir yo‘li edi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling