Adabiyot 8 (1-qism) new indd


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/64
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661108
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64
Bog'liq
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

bo‘lganda ham kelmadi-ku!» 


113
T o ‘ r t i n c h i b a y t lirik qahramon holati yanada og‘ir-
lashganini ko‘rsatadi: «U paridek yor hajrida devonalardek 
yig‘ladim, buni ko‘rib, kulgisi kelmaydigan kimsa topilarmikan?»
B e s h i n c h i b a y t ga kelib lirik qahramon bevosita ko‘p-
chilikka (g‘azalxonlarga) murojaat qiladi: «Ko‘zlaridan qancha 
suv kelar ekan deb, meni o‘ldirmanglar, (chunki) bu kecha 
ko‘zlarimdan faqat qon keldi, suv kelmadi». Bu yerda qon 
bilan suv bir-biriga zidlantirilgan.
G‘azalning o l t i n c h i b a y t i alohida ajralib turadi. Unda 
lirik qahramon tolibi sodiq topilmasligidan shikoyat qilishga 
o‘tadi. Baytning so‘zlardan kelib chiqadigan ma’no-mazmuni 
quyidagicha: «Sodiq tolib topilmaydi, shunday bo‘lmasa edi, 
kimki yo‘lga qadam qo‘ysa, «avvalqadam», ya’ni undan oldin-
roqda yuradigan bir ma’shuq ro‘baro‘ kelmaydimi?!» 
Agar g‘azalning dastlabki besh baytida boshdan-oxir va’da 
berib, so‘zida turmagan yorni kuta-kuta chekkan azob-iztiroblari 
haqida gapirib kelingan bo‘lsa, bu baytda birdan, kutilmagan-
da lirik chekinish qilinadi. Lirik chekinish – keng tushuncha. 
G‘azaldagi bunday lirik chekinish «begona bayt» deyiladi. 
Bu yerda nozik falsa y-tasavvu y masala ko‘tarilgan. «Yo‘l» 
baytda tasavvufni, Alloh ishqini bildiradi. Bu yo‘lda esa sadoqatli 
talabgor (oshiq) topilmayapti. Ayni gap bilan shoir pirga ishora 
qilgan. Chunki pir hamisha bu yo‘lni muriddan avvalroq bosib 
o‘tgan, ya’ni u «avvalqadam» bo‘ladi. Avvalqadam oshiq esa Al-
loh vasliga yetib, ma’shuqqa aylanadi. Murid ana shu shayxning 
etagidan tutib, unga ergashmoqchi. Chunki Allohni sevish uchun 
murid avval pirini sevishi kerak. Boshqacha aytganda, Allohga 
muhabbat yo‘li bevosita pir qalbi orqali o‘tadi. Chunki tasav-
vufda pirga komillik timsoli sifatida qaraladi.
Shuning uchun ushbu g‘azalda majoziy tasvir orqali ilohiy 
ishq kuylangani, lirik qahramon bеgona baytda ishqda undan 
ko‘ra «avvalqadam» bo‘lgan «tolibi sodiq», ya’ni pir izlayot-
ganiga hеch qanday shubha bo‘lmasligi kеrak. 
Navoiy g‘azallarining yozilgan yillari ma’lum emas. Ammo 
uning «Xazoyin ul-maoniy»dagi uchinchi devon bo‘lmish «Badoye’ 
ul-vasat»dagi ushbu g‘azali dastlab muxlislar tomonidan tartib ber-
ilgan «Ilk devon»ga ham, muallif o‘zi tuzgan ikkinchi devon – 


114
«Navodir un-nihoya»ga ham kiritilganidan ma’lum bo‘ladiki, u 
shoirning yoshlik davri lirikasi mahsuli hisoblanadi.
M a q t a ’ ham – juda tahliltalab. Chunki unda ikki karra 
«boda» so‘zi tilga olinadi. Shaklan, ya’ni yuzaki qaraganda, 
o‘quvchida mayparastlik targ‘ib etilayotgandek tasavvur tug‘ilishi 
ham mumkin. Holbuki, Navoiy buyuk islom shoiri edi. Islomda 
esa mast qiluvchi ichimliklar harom hisoblanib, man etilgan.
May, sharob, boda, chog‘ir...
O‘tmishda ajdodlarimiz iste’mol etgan kayf beruvchi ichim-
liklar shunday so‘zlar bilan nomlangan. Albatta, bu to‘rt ichim-
lik nimadan hozirlangani, tayyorlanish usuli, tarkibidagi spirt 
miqdori jihatidan o‘zaro bir-biridan farq qilgan bo‘lishi kerak. 
Biroq shoirlarimiz bu so‘zlarni o‘zaro ma’nodosh (sinonim) 
sifatida qo‘llayvergan.
Nega?
Gap shundaki, adabiyot, xususan, she’riyatda bu so‘zlar o‘z 
ma’nosida emas, aksaran ko‘chma ma’noda – badiiy timsol 
(obraz) sifatida ishlatilgan.
Xo‘sh, badiiy timsol nima?
Timsol – asli, surat, rasm degani. Surat esa narsaning o‘zi 
emas, u haqda ma’lumot beradi, tasavvur uyg‘otadi, xolos. Uni 
ko‘rib, o‘sha narsaning o‘zini xayolga keltirasiz. Badiiy timsol 
ham – shunga o‘xshash. Shoir bir nimani ko‘zda tutadi, o‘sha 
narsani o‘quvchi yaxshiroq, osonroq ko‘z oldiga keltirsin uchun 
uning o‘rniga biror timsol ishlatadi.
May, sharob, boda, chog‘ir timsollarini ham mumtoz shoir-
larimiz shu maqsadda qo‘llagan.
Endi asosiy masalani o‘rtaga tashlasak bo‘ladi: bu timsollar 
nimani anglatadi? Boshqacha aytganda, mumtoz she’riyatimizda 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling