Adabiyot 8 (1-qism) new indd


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/64
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661108
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64
Bog'liq
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

Savol va topshiriqlar
1. G‘azal hajmi, mavzusi, vazni va qo yasi haqida ma’lumot bering. 
2. G‘azalda ishq tasviri uchun qanday ohoriy badiiy usul qo‘llangan? 
3. Baytdan baytga mantiqiy bog‘liqlik qanday amalga osha boradi? 
4. G‘azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 
5. Lirik qahramon ishqiga haqiqiy «aybdor» kim?
6. G‘azalni yodlang.
«YO‘Q» RADIFLI G‘AZAL
Yordin ayru ko‘ngul – mulkedurur, sultoni yo‘q, 
Mulkkim, sultoni yo‘q, jismedururkim, joni yo‘q.


120
Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul 
Bir qaro tufrog‘dekdurkim, gul-u rayhoni yo‘q.
Bir qaro tufrog‘kim, yo‘qtur gul-u rayhon anga
Ul qorong‘u kechadekdurkim, Mahi toboni yo‘q.
Ul qorong‘u kechakim, yo‘qtur Mahi tobon anga
Zulmatedurkim, aning sarchashmayi hayvoni yo‘q.
Zulmatekim, chashmayi hayvoni oning bo‘lmag‘ay
Do‘zaxedurkim, yonida ravzayi rizvoni yo‘q.
Do‘zaxekim, ravzayi rizvondin o‘lg‘ay noumid, 
Bir xumoredurki, anda mastlig‘ imkoni yo‘q.
Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor 
Hajrdin dardi-yu lekin vasldin darmoni yo‘q.
«G‘aroyib us-sig‘ar»ning 310-g‘azali.
Baytlardagi mantiqiy bog‘liqlik nuqtayi nazaridan bu g‘azal 
ham «Jong‘a chun dermen: «Ne erdi o‘lmakim kay yati?..» 
g‘azaliga o‘xshaydi.
G‘azal ramali musammani mahfuz (yoki maqsur), ya’ni foilo-
tun – foilotun – foilotun – foilun (yoki foilon) vaznida bitilgan.
Uning taqte’si quyidagicha bo‘ladi: –V– – / – V – – /– V– – 
/ – V – (yoki – V ~).
M a t l a ’ ning o‘zidayoq muallif avval yordan ayri ko‘ngilni 
sultoni yo‘q mamlakatga, keyin esa sultoni yo‘q mamlakatni joni 
yo‘q jismga o‘xshatadi.
I k k i n c h i b a y t da mulohaza shu tarzda davom etadi: «Ey 
musulmonlar, jonsiz jismdan qanday hosil unadi, u gul-u rayhoni yo‘q 
bir qora tuproqning o‘zginasi-ku».
U c h i n c h i b a y t da aytiladiki: «Agar gul-u rayhoni yo‘q bir 
qora tuproq bo‘lsa, u bir porlab turgan Oyi yo‘q qorong‘i kecha 
ekan-da».
T o ‘ r t i n c h i b a y t da aynan ana shu qorong‘i kecha ta’ri
ketadi: «Porlab turgan Oyi yo‘q qorong‘i kecha bo‘lsa, u hayot 
sarchashmasi yo‘q zulmat ekan-da».


121
B e s h i n c h i b a y t da aynan ana shu hayot sarchashmasi yo‘q 
zulmat lirik qahramonni do‘zaxiy kimsaning jannatdan noumidligi 
haqida so‘zlashga undaydi, do‘zax esa shunday bir xumordirki
unda mastlikning imkoni yo‘q. (Mastlik deganda shoir ishqni, ya’ni 
Yaratganga intilishni ko‘zda tutgan.)
M a q t a ’ da lirik qahramon Navoiyga murojaat qilib: «Unga 
shunday uqubatlar yuborilganki, hajridan dardi, lekin vaslidan 
darmoni yo‘q», – deydi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling