Adabiyot 8 (1-qism) new indd
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)
may, sharob, boda, chog‘ir so‘zlari uchrasa, o‘quvchi may,
sharob, boda, chog‘irni emas, boshqa narsani ko‘z oldiga kelti- rishi kerakmi? Bu masalada shoshilmaslik zarur. Xususan, Alisher Navoiy ijodi ana shunday ehtiyotkorlikni taqozo etadi. Agar bu so‘zlar shoirning she’riy ijodida uchrasa – ular badiiy timsol. Bordi- yu, bu so‘zlarni muallif ilmiy yoki, umuman, nasriy asarlarida 115 ishlatsa, vaziyat o‘zgaradi: endi uni badiiy timsol deb emas, aynan o‘sha spirtli ichimlikning o‘zi deb hisoblashimiz – shart. Bobokalonimiz ijodida unisi ham, bunisi ham uchraydi. Avval o‘sha o‘z ma’nosida qo‘llangan asarlariga to‘xtab o‘taylik. «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» asarida tasvirlanishi- cha, Sayyid Hasan Ardasher xos ma’naviy suhbatlar chog‘ida bodaxo‘rlik qilishni xush ko‘rganlar. Lekin har gal ichkilikboz- likdan keyin Yaratganga iltijo qilib, mayxo‘rlikdan tavba beri- shini so‘raganlar... Bu yerda o‘z ma’nosidagi mastlik ko‘zda tutilgan. Navoiy zamondoshlariga yo‘llagan xatlarini yig‘ib, «Munshaot» nomi bilan to‘plam qilgan. Shu asardagi hukmdorlardan biriga jo‘natilgan maktubda ikki narsa maslahat tariqasida qattiq shart qilib qo‘yiladi: birinchisi – Haq taolo amriga to‘la itoatda bo‘lib, buyurgan ishlarini so‘zsiz bajarish; ikkinchisi – Tangri man etgan ishlar(nahy)ni qilmaslik. Odamlar ustidan hukm yuritish baxtiga muyassar bo‘lgan kishi uchun Alloh amriga itoat etishda adolatga teng keladigani yo‘q. Man etilgan ishlardan tiyilishning hech biri esa «chog‘ir tarkicha bo‘lmas». Navoiy bu gaplarning o‘zi bilan ham cheklanib qolmaydi. Adolatning qadrini ham, may ichmaslikning foydasini ham Mu- hammad payg‘ambar(s. a. v.)ning so‘zlari bilan mustahkamlab tushuntiradi: «...Hazrat risolat (ya’ni Muhammad) sallallohu alayhi vasallam buyurubturkim, «Adlun saatun xayrun min ibo- dat is-saqalayn» («Bir soatlik adolat ikki dunyo – insonlar va jinlar dunyosi ibodatidan yaxshiroq») va chog‘irni «umm ul- xabois» («yaramasliklar onasi») debdurlar, jam’i yomonlig‘ an- din mutavallid bo‘lurkim (ya’ni tug‘iladikim), borcha yaxshiliq va yomonliq bu ikki nima zimnida mundarijdur (ichiga kiradi)». Bundan ma’lum bo‘ladiki, ulug‘ mutafakkir hech ikkilanmas- dan chog‘irxo‘rlikni Xudo man etganini, barcha yomonliklar shu ichkilikdan kelib chiqishini ta’kidlab turibdi. Shunday so‘zlarni she’r qilib emas, asar deb emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hukmdorga nasihat tarzida bitgan kishining o‘zi ichkilik tarafdori bo‘lishi, uni maqtashi mumkinmi? 116 Masalani shu tarzda juda aniq qilib qo‘ygan paytimizda beixtiyor shoirning ana shu mashhur g‘azali maqta’sida aytilgan kr yodimizga tushadi. Ana shunda bu parchadagi «boda» aslo o‘z ma’nosida emas- ligini to‘la tushunib olamiz. Adabiyotda islom ta’sirisiz ham dunyoviy ma’nodagi mastlik kay yatini tarannum etish, mayni ta’ri ash bor edi. Tasavvuf adabiyoti shu shaklni saqlab qoldi. Ammo endi mayni Xudoga ishqning timsoli qilib oldi. Shuning uchun tasavvuf she’riyatida ham shaklan, ya’ni tashqi tarafdan aynan dunyoviy adabiyot- dagidek may va mastlik tilga olinaveradi, mohiyatida esa ilohiy ishq ko‘zda tutiladi. Boda kelgan uyga qayg‘u kelmasligining dunyoviy asosi bor: ichgan kishining, sun’iy ravishda bo‘lsa ham, kay ya- ti ko‘tariladi, qayg‘usi, vaqtincha bo‘lsa ham, esdan chiqadi. Tasavvu y ma’noda esa Yaratganning ishqi bilan kuyib-yonib yashayotgan kishining g‘am chekishiga o‘rin qolmaydi. Shu- ning uchun ham lirik qahramon yorining kelmaganiga, ochiqroq ifodalaganda, bu dunyoda Alloh vasliga yetolmayotganiga ko‘p ham g‘am chekavermay, Yaratgan zotni sevishini davom ettira- versin, shunda barcha kulfatlar bartaraf bo‘laveradi... Shoirning may, sharob, boda, chog‘ir haddi a’losida ta’rif- langan she’rlari shu qadar ko‘pki... Bayt – asli oshiqona g‘azalning maqta’si. Lekin boda tilga olindimi, demak, g‘azalga rindonalik ruhi ham qo‘shildi. May ta’ri da kelgan g‘azallar rindona g‘azallar deyiladi. Ko‘rinib turibdiki, bu g‘azalda oshiqonalik bilan rindonalik o‘zaro uyg‘unlashgan. Ulug‘ shoir asarlari mohiyatini tushunib olishga qiynalmas- lik, xususan, so‘zlarning o‘z ma’nosi bilan ko‘chma, ya’ni ba- diiy ma’nosini fahmlashda adashib ketmaslik uchun shoirning timsollar olamidan boxabarlik talab etiladi. Demak, Navoiy asarlari mag‘zini chaqishda ilm juda kerak. Bu shoirning o‘ta mashhur g‘azallaridan hisoblanadi. Ho- zirgacha ham qo‘shiq qilib kuylanadi. Ko‘p ho zlarimiz shu g‘azal ijrosida o‘z kuchini sinab ko‘radi. Kuyda haqiqiy yor, ya’ni Alloh vasliga yetolmaslik dard-u g‘ami, iztirobi aks etgan. 117 Bu g‘azal mumtoz qo‘shiqchiligimizda o‘ta mashhur «Muno- jot» kuyiga solib aytiladi. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning «Munojotni tinglab» she’ri shu qo‘shiq ta’sirida bitilgan. Bu she’r: Kuyi shunday bo‘lsa, g‘amning o‘ziga Qanday chiday oldi ekan odamzod?! – deya tugallanadi. «Munojot» kuyining og‘ir-bosiqligi, g‘am-iztirob ruhiga moyil ligi bilan g‘azal mazmunidagi oshiqning yor vasliga yetol- maganidan chekayotgan g‘am-iztiroblari o‘rtasida kuchli hamo- hanglik bor. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling