Adabiyot 8 (1-qism) new indd


QIT’ALAR KAMOL KASBIGA DALOLAT-U NUQSONIDIN


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/64
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661108
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64
Bog'liq
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

QIT’ALAR
KAMOL KASBIGA DALOLAT-U NUQSONIDIN 
IZHORI MALOLAT
Kamol et kasbkim, olam uyidin 
Sanga farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o‘tmak biaynih 
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
«G‘aroyib us-sig‘ar»ning 10-qit’asi.
Alisher Navoiy o‘z qit’alarini «Xazoyin ul-maoniy» devon-
lariga kiritganda har biriga alohida-alohida sarlavha qo‘yadi. Bu 
nasriy sarlavhalar qit’adagi ma’no-mazmun mohiyatini ochish-
ga xizmat qiladi. Yana ham aniqroq qilib aytilsa, kitobxonni 
she’riy asarni o‘qishga tayyorlaydi.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ushbu qit’aning sarlavhasi-
dayoq kishi o‘zini kamolga yetkazishni kasb qilib olishi g‘oyasi 
ilgari surilib, aks holda, nuqson yuzaga kelishi izhor etiladi.
B i r i n c h i b a y t dayoq shoir to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘quvchiga 
murojaat qilib, uni o‘zini kamolga yetkazishni kasb qilib olish-
ga da’vat etadi. Chunki, deydi u, senga olam uyidan g‘amgin 
bo‘lib chiqish farz hisoblanmaydi.
I k k i n c h i b a y t da shu  krning isboti uchun hayotiy mi-
sol keltiriladi. Birinchi qo‘shmisradagi olam uyidin chiqmoq 
so‘z birikmasi ikkinchi juftlikdagi jahondin hotamom o‘tmak bi-
lan chambarchas bog‘liq. Ya’ni, deyiladi keyingi ikki satrda, bu 
dunyodan notamom, kamolga yetmasdan o‘tmoq – xuddi ham-
momga kirib, chala yuvinib, nopok holda chiqqanday gap.
Kamol et kasbkim so‘zlarini ba’zilar kasb o‘rganishni kamol-
ga yetkaz deya talqin etadi. Aslida, bu yerda, kamolga yetish ni 
o‘zingga kasb qilib ol, deyilyapti.
Demak, qit’ada shoir kishilarni o‘zini har tara ama o‘stirishga 
undaydi. Hatto, bu umrning bosh mazmuni darajasidagi masala 
qilib qo‘yilgan. Alisher Navoiy hammomga kirib, nopok chiqish 
qanchalar mantiqsiz bo‘lsa, dunyoga kelib, kamolga yetmay o‘tish 
ham shunchalar bema’nilik ekanini ochiq-oydin aytgan-qo‘ygan.


134
O‘zbekistonimizda mustaqillik yillarida barkamol avlod tar-
biyasiga kelajak poydevori sifatida qaralib, boringki, bu hayot-
mamot masalasi qilib qo‘yilayotgani ham bejiz emas. Ushbu 
g‘oya, ko‘rinib turganidek, asr-asrlik milliy ma’naviyatimizning 
mag‘zi-mag‘ziga singib ketgan.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling