136
MUSTAQIL O‘QISH UCHUN
QIT’ALAR
OLTUN, KUMUSHGA HIRS MAN’IKIM, TUTMOG‘I ILIKNI QORA
QILUR VA MUHABBATI – KO‘NGULNI
Ko‘p oltun, kumush sari qo‘l sunmog‘il
1
, –
Ki tutsang, ka ngni qora zang etar.
Ko‘ngulda dog‘i
2
maylini asrama, –
Ki ko‘nglungni dog‘i hamul rang etar.
DЕVONDA MUHR BOSQONDIN NAFSIG‘A SHIKAST YЕTMAGAN
UCHUN MUHRG‘A SHIKAST BЕRGANI
Chun manga
lutf etti shah dеvonda muhr,
Bu edi eldin quyi muhr urmog‘im, –
Kim g‘ururi nafsi sarkash man’ig‘a
Borchadin bo‘lg‘ay quyi o‘lturmog‘im.
Chun shikasti nafs hosil bo‘lmadi,
Mundin o‘ldi muhrni sindurmog‘im.
YUQORI O‘LTURMOQ TALASHQUCHILARKIM, HINDUYI DIDBON
3
ALARDIN YUQORIROQDURUR, UCHAR QO‘NG‘UZ – ILGARIROQ
Yuqori o‘ltururni
kim tilasa,
Kishilikdin ani yiroq bilgil.
O‘lturur
safda yuqoriliqdin
O‘lturur safda yaxshiroq bilgil.
YAMON YAMONLIG‘INI QILMASA, YAXSHILIG‘CHA BOR VA BIR
YAXSHILIG‘ QILSA – O‘N YAXSHI QILIQCHA
Har kishikim
topsa davron ichra johu
4
e’tibor, –
Kim aning zotida bеdod-u sitam bo‘lg‘ay qilig‘.
1
S u n m o q – cho‘zmoq, uzatmoq.
2
D o g‘ i – yana, tag‘in.
3
H i n d u y i d i d b o n – hind qo‘riqchi, bu yerda to‘ti ko‘zda tutilyapti.
4
J o h – mansab, lavozim, martaba.
137
Yaxshilig‘
gar qilmasa, bori yamonlig‘ qilmasa, –
Kim yamonlig‘ qilmasa, qilg‘ancha bordur yaxshilig‘.
Do'stlaringiz bilan baham: