Adabiyot darslarida alisher navoiy ijodini o„rganish muammolari


manzil qaysi javobda to„g„ri ko„rsatilgan?


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/59
Sana31.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1145081
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
Bog'liq
pdf

manzil qaysi javobda to„g„ri ko„rsatilgan? 
a) Riyozat, Manzil, Makon, Lomakon, Fano, Maqom, Yo‗qlik. 
b) Muhiblik, Muridlik, Oshiqlik, Oriflik, Darveshlik, Obidlik, Sukut.
s) Talab, Ishq, Ma‘rifat, Istig‗no, Tavhid, Hayrat, Fano. 
d) Shariat, Tariqat, Ma‘rifat, Haqiqat, Fano, Baqo, Rizo 
“LAYLI VA MAJNUN”
DOSTONI 
Darsda quyidagi 
muammоlar qo„yiladi va
hal etiladi: 
1. ―Layli 
va Majnun‖ 
dostoni ―Xamsa‖dagi eng 
qayg‗uli 
asar 
ekanligini 
qiyosiy 
yo‗l 
bilan 
tushuntirish. 
2. Oshiq va mashuqalar ruhiyatidagi holatning Navoiy tomonidan mahorat 
bilan ifodalanganligi Navoiyning o‗z salaflaridan farq qiluvchi belgi 
ekanligini tushuntirish. 


3. Ishqiy holat tasvirida Navoiy mahorati barcha ijodkorlardan ustun ekanligini 
misollar yordamida aniq ko‗rsatib berish. 
Mavzuda qo„llaniladigan tayanch so„z va ibоralar 
Sevgi va qahramonlik. Hay qabilasi. Ishq dostoni. Tun tasviri. Tur tog‗i. 
alamli so‗roq. Dard-iztirob. Muhabbat. Ruhiyat. 
 
 
DARSNING REJASI: 
1. ―Layli va Majnun‖ – ishqiy doston. 
2. Qaysning ishq bobida sodiqligi. 
3. Laylining muhabbatga munosabati. 
4. Navoiyning ishqiy doston yaratishdagi mahorati 
Adabiyot fani o‗qitishda o‗qituvchining metodik mahorati o‗ziga xos 
ahamiyatga ega. Chunki u ta‘limning eng samarali usullaridan oqilona 
foydalangandagina ko‗zlagan maqsadiga erishishi mumkin. Maqsadga erishish 
ko‗p jihatdan o‗qituvchining shaxsiy fazilatlariga ham bog‗liqdir. 
O‗qituvchi darsga tayyorlanar ekan, har bir guruhga mos keladigan usul 
tanlamog‗i lozim. Hatto, bir o‗qituvchi bir xil usulda ikki xil guruhda dars o‗tib 
ham bir xil natijaga erisha olmaydi. Chunki har xil xarakterli o‗quvchilarni bir 
xil usul bilan o‗qitib bir xil natijaga erishish mumkin emas. Buning uchun 
guruh o‗quvchilarining o‗ziga xos xususiyatlarini bilib, ularning nimalarga 
qodirligini aniqlab dars boshlash yaxshi natija beradi. O‗qituvchi o‗zida bir 
qator sifatlarni mujassam etmog‗i zarur: 


1. Pedagogik amaliyotchilik. 
2. Ilmiy tadqiqotchilik. 
3. Tashkilotchilik. 
4. Adabiy vositachilik. 
5. Badiiy ijrochilik. 
6. Pedagogik ijodkorlik. 
―Layli va Majnun‖ dostonidek ishqiy asarni o‗tish uchun yuqoridagi zaruriy 
sifatlar mujassam bo‗lsa maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Sharq adabiyatida sevgi haqida bitilgan dostonlar orasida "Layli vа 
Majnun"day dardli vа g‗amgin asarni topib bo‗lmaydi. U naqadar g‗amgin bo‗lsa, 
shu qadar shuhrat topgan, keng yoyilgandir. Вu sevgi qissasi qanchalik g‗amgin vа 
mashhur bo‗lsa, shunchalik qadimiy hamdir. Uni mutaxassislar Botishdagi "Romeo 
vа Juletta"dan ham mashhurroq hisoblaydilar. Ushbu mavzuda adabiyot olamida 
salkam o‗n uch asrdirki, she‘r vа dostonlar bitilib keladi. Qissaning kelib chiqish 
manbai qadim arablar hayoti bilan bog'liq voqealarga borib taqaladi. Mutaxassislar 
orasida bu borada ikki fikr bor: ayrimlar Majnunni tarixiy shaxs, oti Qays Ibn 
Mulavvah, yoshligida tuya boqib yurganda amakisining qizini sevib qolgan, 
she‘rlar yozgan, devon ham tuzgan, u haqda ko‗plab rivoyatlar, hikoyatlar 
yaratilgan, deydilar. Ikkinchi bir fikrga ko‗ra, u – to‗qima obraz.
Nizomiy Ganjaviy birinchi bo‗lib ushbu qissani yaxlit bir dostonga 
aylantirdi. Qays e‘tiborli bir odamning har jihatdan mukammal farzandi bo‗lib, aqli 
ham, jismi ham, husni ham joyida edi. U har jihatdan munosib bo‗lgan Laylidek 
qizni sevdi, sevildi. Biroq Laylining otasi uni o‗z qiziga munosib ko‗rmadi. 
Odamlar esa uni majnun (telba) deb atadilar. U odamlar orasidan bosh olib ketdi. 
Vahshiy hayvonlar uni o‗z panohiga oldilar. Jamiyat rad etdi. Tabiat bag‗riga oldi. 
Birinchi marta Nizomiy dostonga aylantirgan "Layli vа Majnun" asariga bir yuzu 
o‗n sakkizta nazira bitilgan. Ulardan oltmish yettitasi fors, o‗ttiz yettitasi turkiy 
tilda. Kurd (7), urdu (7), panjob (2), afg‗on, arman, gruzin tillarida yozilgan 


naziralar ham bor. Rus shoiri Y. Xlebnikov ham 1911- yilda "Majnun vа Layli" 
nomi bilаn doston yozgan. O‗zbek adabiyotida bu mavzuni Navoiy boshlab berdi:

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling