Adabiyot gulshani 2 (6 sinf yangi darslik asosida)
Download 150.41 Kb.
|
1672752882 Adabiyot gulshani 2 (3)
II Chorak (1- variant)
1. Yellar ham uyg‘ondi ishqalab kaftin, Oftob ham yuksaldi – tik kelar quyosh.(A.Oripov)Misralarda qaysi tasvir vositasidan foydalanilgan? A)O`xshatish B)Metafora C)Jonlantirish D)Qarshilantirish 2. Butun tunga tarqalar – Yaxshi ohang, shirin kuy. Dilga xil-xil o‘y solar, Ohang suysang, menday suy! Misralar muallifi? A)I.Yusupov B)X.Davron C)O.Matjon D)Abay 3. “…imkoni bo‘lsa, ularni Xudodan ham yashirgan bo‘lardim” deya qilgan ishlaridan afsuslangan qahramon? A) Negoro “O`n besh yoshli kapitan” B)Uilyam ”Bir kunlik yoz” C)Jon Kley ”Mallalar uyushmasi” D) Luella “Rahmat sizga,xonim” 4. She’rlarida ma’rifat, ozodlik, adolatsizlikka, zulmga qarshi kurash g‘oyalari yetakchilik qiluvchi ijodkor? A)Abay B)A.O`tar C)X.Davron D)O.Matjon 5. Qaysi qo‘shiqni bolalar kechki payt o‘rtoqlarini o‘yinga chaqirish maqsadida aytishgan? A) Tokchaga bug‘doy sepuvdim, Undimikin-o, undimikin? B) Havodagi hulkarman, Badavlatga navkarman C) Oq terakmi, ko‘k terak? – Bizdan sizga kim kerak? D) Yo‘l bo‘lsin-a, yo‘l bo‘lsin, Bosgan izlaring gul bo‘lsin… 6. Farididdin Attorning “Qush tili” (“Mantiq ut-tayr”) asarini yod olganda Navoiy necha yoshda edi? A)4 yosh B)5 yosh C)6 yosh D)7 yosh 7. O‘rta maktabni bitirganidan keyin nufuzli Kolumbiya universitetiga o‘qishga kirdi, lekin jamiyatdagi qora tanlilarga bo‘lgan munosabat tufayli bu oliygohdan ketishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik bir qancha joylarda ishladi, Linkoln universitetini bitirdi, boshqa davlatlarga sayohat qildi.Ushbu fikr qaysi ijodkor haqida? A)O.Uald B)L.Hyuz C)J.Svift D)R.Bredberi 8. Qaysi asarda qirol Nodirshoh bilan tushgan surat tasvirlanadi? A) Sadriddin Ayniy,“Sudxo‘rning o‘limi” B) Tohir Malik,“Falak” C) Xolid Husayniy,“Shamol ortidan yugurib” D)G`.G`ulom, “Soyalar” 9. Navoiy asarlarida “bilimsizlik, nodonlik” ma’nosida qo‘llangan so`z? A)”tuz “ B)“o‘lmoq” C)”jahl” D) “g‘ayr” 10.Quyidagi qaysi obraz Saida Zunnonova hikoyasi qahramoni emas? A)Sultonxon B)Olimjon C)Nargis D)To`lqin 11. Qaysi ijodkor til bilish odamga jon bag‘ishlashi,olam bilan bog‘lashi haqida o`z she’rida aytib o`tadi? A)Abay B)A.O`tar C)A.Navoiy D)A.Oripov 12. Lengston Hyuz qachon O‘zbekistonga ham tashrif buyurgan? A)1920 –yillarda B) 1930-yillarda C) 1940-yillarda D) 1950-yillarda 13.Bayot so`zining ma’nosi berilgan qatorni belgilang. A)so`nmas B)Kuy nomi C) qo‘rqmas D)Yo`qlik 14. Avaz O`tar “Til” she’rida o‘zga (xorijiy) tillarni yaxshi bilgan insonlarni nima deb ataydi? A)yaktoyi zamon B) bani odam C) robita D) g‘ayri 15. Adabiyotni, san’atni sevgan va zamonasining mashhur shoir va san’atkorlari bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Dastlab maktabda, keyin esa Madamin Inoq madrasasida tahsil olgan. Gap qaysi ijodkor haqida? A)Abay B)A.O`tar C)A.Navoiy D)S.Ayniy 16.Ziqna , xasis Qori ishkamba qaysi asar qahramoni? A)”Soyalar” B)”Shamol ortidan yugurib” C)”Sudxo`rning o`limi” D)”Qaldirg`och” 17. Mumtoz adabiyotimizdagi she’riy asarlarda odatda misralar yoki baytlar oxirida qofiyadan keyin takrorlanib keluvchi bir xil so‘z yoki so`z birikmasi nima deyiladi? A)Radif B)Qofiya C)Raviy D)Qit’a 18. Bug‘doy soldim tеgirmonning do‘liga, Ikki ko‘zim oshiq yorning yo‘lida. Borib ayting oshiq yorning o‘ziga, Kirmagay do‘st bilan dushman so‘ziga. Ushbu qo`shiq qaysi turga mansub? A)Lirik B)Mavsum – marosim C)Mehnat D)To`g`ri javob yo`q 19. Yaxshi kishilar birla tutar bo‘l suhbat, To bergay amon sharirdin ul suhbat.Baytidagi sharir so`zining ma’nosi nima? A)qutulish, najot B) yomonlik C) aziz, qadrli D) itoat, xizmat 20. Besh asrkim, nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher. Temur tig‘i yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher.She’rining qofiyalanish tizimi qanday? A)a-a-a-a B)a-a-b-a C)a-b-a-b D)a-b-d-b 21. Yorg‘uchoq yalpoqqina, Un qilar oppoqqina. Yorg‘uchoq xir-xir etar, Mushtdakkina xamir etar.Ushbu qo`shiq qaysi turga mansub? __________________________________________________________________ 22. ”Rahmat sizga, xonim” hikoyasida qanday g‘oyalar ilgari surilgan? ____________________________________________________________________________________________________________________________________ 23.Abay she’rlari tarjimoni? __________________________________________________________________ 24. Har kimgaki egrilikka ovoza durur, Tuz jodda ila yo‘lidin oza durur. Tuzlukda tarab behad-u andoza durur, Kim rost durur, yuzi oning toza durur. Ushbu she’rning qofiyalanish tizimi qanday ,isboti bilan yozing. __________________________________________________________________ 25.Ma’rifatparvarlik adabiyoti qaysi davrni o`z ichiga oladi va nega shunday atalgan?_____________________________________________________________________________________________________________________________ Download 150.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling