Adabiyot gulshani 2 (6 sinf yangi darslik asosida)


Download 150.41 Kb.
bet2/26
Sana12.03.2023
Hajmi150.41 Kb.
#1262768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1672752882 Adabiyot gulshani 2 (3)

G`afur G`ulom
( 1903 - 1966)
1.G‘afur G‘ulom qayerda tavallud topgan?
Toshkentda dehqon oilasida tug‘ilgan.
2.Tarjimayi holida qanday fikrlarni aytib o`tadi?
“Otam adabiyot bilan juda qiziqar edi,uyimizga o‘zbek shoirlari va xattotlar kelib yurganini es-es bilaman. Otam “Mirzo” va “G‘ulom” taxalluslari bilan talay she’rlar yozgan. Amakim ham she’rlar yozar edi”
3.Ota – onasidan qachon ayriladi?
9 yoshida otasidan, 15 yoshida onasidan
4. Yetimlik va moddiy muhtojlikda o‘tgan kunlarini qanday xotirlaydi?
“Kirmagan eshigim, qilmagan xizmatim, tutinmagan ishim qolmadi. Etikdo‘z kosibga shogird tushdim, bo‘lmadi. Birovning aravasini minib qishloqqa qatnadim, bo‘lmadi. Sariboy deganning olma bog‘ida qo‘riqchilik qildim, bo‘lmadi. Keyin tunuka qirqib, mayda chega mixlar yasay boshladim: ish avval tuzuk edi, keyin
mazasi qochdi, tirikchilik o‘tmaydigan bo‘ldi”.
5.Qayerda tahsil olgan?
Ro‘zg‘or tebratish yosh G‘afurningzimmasida qolgani sabab u oliy o‘quv yurtida o‘qiy olmadi, bir muddat maktabda va sakkiz oylik muallimlar tayyorlash kursida o‘qish imkoniga ega bo‘ldi.
6. Asarda tasvirlangan voqealar qachon va qayerda bo`lib o`tadi?
XX asr boshlarida Toshkent atrofidagi qishloqlarda
7. Shum bolaning sarguzashtlariga nima sabab bo`ladi?
Asar qahramoni onasining qattiq koyishidan ranjib, uyidan chiqib ketadi va pul topish ilinjida turli ishlarga qo‘l uradi.
8.Asarda qaysi qo`shiq kuylanadi?
Daryo toshqin, suvlar to‘lqin,
O‘tolmayman-a, yor-yor.
Otim oriq, manzil uzoq,
Yetolmayman-a, yor-yor.
9.Qaysi daryo nomi tilga olinadi?
Kalas
10.Daryodan kim o`tkazib qo`ydi?
Uzumchi
11. Sariboyga ishchi bo`lib yollangan bola qayerda tunaydi?
Xizmatkorlari yotadigan qo‘shxonada(Uzumchi ko‘rsatadi)
12.Shum bola Sariboy bo`lisni yoniga borganda u qayerda edi?
Chuvalachida (do‘ndiqqina qirg‘iz xotinga uylanadi)
13.Shum bola Sariboy xizmatiga qancha haq evaziga yollanadi?
2 pud 17 qadoq olma evaziga
14 Sariboy kim bilan qimor o`ynab, uning mevazorlariga ,qo`rg`onlariga ega bo`ladi?
Chuvalachidagi Yusuf kontor bilan
15.Boyni mot qilish voqeasi nimadan boshlanadi?
Dandon sopli pichoqning sinishidan
16.Yolg`onlar ketma – ketligi?
1. dandon sopli pichog‘ingiz sindi; 2. Tozi itning terisi shilinishi; 3. to‘riq qashqa nima o‘lishi; 4.og‘ilxonaga ombordan, omborga qo‘rg ‘ondan o‘t
tushishi; 5.Kenjatoy o‘g‘il Bo‘riboyvachchaning o`limi, 6. O‘rtancha qizi Adol opaning dunyoga arziydigan bitta o g^ilcha tug‘ishi
17.Omborda nimalar bo`ladi?
Bug‘doy , guruch, yog‘, gazmol bor edi
18. Qaysi voqeani eshitgach,Boyning chaynab turgan yaxna tilni yutishga ham darmoni qolmadi?
O`t tushganini eshitgach
19.Boy qachon alanglab qoladi?
To`riq qashqaning o`limini eshitib
20. Shum bolaning qaysi gapidan so`ng , choy ichib turgan piyolasini boshiga urib chakkasini yordi-yu, soqolini yulib dodlab y ig ‘lamoqqa boshladi?
Kenjatoy o‘g‘il Bo‘riboyvachchaning o`limi haqidagi gapidan so`ng
21. Boy qachon hushidan ketib yiqildi?
O‘rtancha qizi Adol opaning dunyoga arziydigan og`ilcha tug`ganini eshitgach
22.Boy qachon talmovsirab qoldi?
Arvoh haqidagi gaplaridan so`ng
23.Shum bolaning fikricha, arvoh qaysi shoxga o`tirib dam oladi?
Olma shoxiga
24.Adol opaning o`g`li kimga o`xshardi?
Badal aravakashga
25. Bo‘riboyvachcha qanday o`lganligini aytadi?
Terakka chiqib chumchuq bolasini olaman deb yiqilib tushib, bir marta
“dada” dedi-yu “g‘iyq...” etib jon berdi.
26.Yolg`onlari evaziga Qoravoy qanday jazo oladi?
20 qamchi uriladi
27. Shum bola Sariboynikida qancha vaqt xizmat qiladi?
Bir oy- u 19 kun
28.Xizmati uchun qancha haq oladi?
2 pud qurt tushgan olma bitta chipta qopga solib berdi. (22 tiyin ilgari olgan choychaqasi olib qolinadi)
29.”Shum bola” qissasidagi bosh qahramon rolini qaysi aktyor o`ynagan?
Spektaklida – Xayrulla Sa’diyev, filmida – Abduraim Abduvahobov
30.Filmda Sariboy bo`lis rolini qaysi aktyor o`ynagan?
Vohid Qodirov
31. Yumoristik asarlarning o`ziga xos xususiyati nimada?
Hayotdagi ayrim nuqsonlar, ba’zi kishilardagi kamchiliklar, salbiy jihatlar yengil kulgi (yumor) orqali tanqid qilinadi, fosh etiladi.
32. O‘zbek adabiyotida yumor ustalari kimlar?
Muqimiy, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Said Ahmad
33. Yolg‘on gapirgan odamni ko‘rsa, yetti kun hiqichoq tutadigan qahramon kim?
Xudoyberdi To‘xtaboyev, “Shirin qovunlar mamlakati” romanidagi Akbar
34. “Shirin qovunlar mamlakati” romanidagi Hoshimjon kim?
Ro‘zivoy akaning sartarosh o‘g‘lini
35. “Akbar bo‘ri ushlabdi” degan bob qaysi asarda uchraydi?
Shirin qovunlar mamlakati” romanidan
36. “Yomg‘ir yog‘ayotganda odam qattiq uxlaydi, deganlari rost ekanmi,
Halima opa bugun o‘g‘li Erkinjonni uyg‘otaverib charchab ketdi…” ushbu fikrlar qaysi asardan olingan?
Farhod Musajon, “Yomg‘ir” hikoyasidan
37.” Otamizning o‘lganiga anchagina yil o‘tib ketdi. Bu yil – o‘n yettinchi
yilning ko‘klamida onamizdan ham ajralib, shum yetim bo‘lib qoldik. Biz to‘rt yetimdan xabar olib turishga katta onam – onamning onalari Roqiyabibi kelib turibdilar…” ushbu fikrlar qaysi asardan olingan?
G`.G`ulom, “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasidan
38. “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasidagi voqealar qachon sodir bo`lgan?
Sentyabr oylarining oxiri, ilk kuz oqshomlaridan biri edi.
39.Hikoyadagi Roqiyabibi necha yoshda tasvirlanadi?
“Qora buvi” – saksondan oshib ketgan,noskash kampir
40. “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasida qaysi yulduz nomi tilga olingan?
Bu oqshom uch xo‘roz qichqirig‘i o‘tgandan keyin, Yetti Qaroqchi
yulduzi tik kelganda g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozdan uyg‘onib ketdim

Download 150.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling