Adabiyot gulshani 2 (6 sinf yangi darslik asosida)
Download 150.41 Kb.
|
1672752882 Adabiyot gulshani 2 (3)
O‘tkir Hoshimov
(1941–2013) 1.O`tkir Hoshimov qayerda tavallud topgan? Toshkent shahrida oddiy xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 2. Yozuvchi o‘z ota-onasi haqida qanday ma’lumot keltiradi? “Otamdan qattiq hayiqar edik. Otam biron marta ham bir tarsaki urgan emas. Otamni qattiq izzat qilishni onam o‘rgatgan. Onam esa juda mehribon... ko‘chada biron bola yig‘lab o‘tirgan bo‘lsa, albatta, tepasiga borib boshini silar, biron sabab bilan biz – bolalarni qarg‘asa, o‘zi ham yig‘lab yuborar, o‘sha zahoti ko‘nglimizni olishga harakat qilardi. U nihoyatda farishtali, diyonatli ayol bo‘lgani uchun mahalla-ko‘yda uni yosh-u qari birdek hurmat qilardi. Odamlar o‘rtasida bu ajoyib inson “Poshsha oyi” degan nom bilan shuhrat topgandi”. 3. Yulduzlar to‘la osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng yorug‘ yulduzlar onalarning jonidir. Ehtimol, onalarning so‘ngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona deyishlari, ehtimol, shundandir.Fikrlar muallifi? O`tkir Hoshimov 4. “Eng og‘ir gunoh”da bolaning do`stlarining ismi? Хo‘jа, Тоy, Vаli 5. “Eng og‘ir gunoh”da qanday gunoh haqida so`z boradi? Uvol 6.Nima uchun bola oyisidan ranjiydi? Yong`oqlar orasida “yutadigan” soqqasini ham qo`shib talqon qilgani uchun 7. “Dunyoning ishlari” telefilmida ona rolida qaysi aktrisa o`ynagan? Rixsi Ibrohimova 8.Hikoyada kimning tuti maqtaladi? Ermon buvaning 9. “Shoikrom ayvon to‘ridagi sandal chetida xomush o‘tirardi. Allaqachon bahor kelib, kunlar isib ketganiga qaramay, hamon sandal olib tashlanmagani, ammo hech kim bu to‘g‘rida o‘ylab ko‘rmaganini u endi payqaganday g‘ashi keldi…” Qaysi asardan olingan parcha? O‘tkir Hoshimovning “Urushning so‘nggi qurboni” hikoyasi 10. “Rasadxona atrofida Shamsibek tanimaydigan odamlar ko‘p edi. Shuning uchun u yotsirab chetroqda turdi. Bir vaqt ixcham salla o‘ragan, Shamsibek tengi yigit unga yaqinlashib, salom berdi…” Qaysi asardan olingan parcha? Tohir Malik, “Falak” qissasidan 11. Miram Chalabiyning asl ismi nima? Mahmud ibn Muhammad 12. Miram Chalabiy kimning nevarasi? Aflotuni zamon – Qozizoda Rumiyning nabirasi 13. Qissada Batlimusi davron – (davrimiz Ptolemeyi) deya kim nazarda tutiladi? Ali Qushchi 14.”Jintepa” asarining muallifi? O`tkir Hoshimov 15. ”Jintepa” kimning tilidan hikoya qilinadi? Rustam 16.Rustam nima sababdan do`sti Adham bilan Jintepaga chiqmoqchi bo`ldi? Ravoch endi o‘sib kelayotganida bir tomonga yonboshlatib, ustiga tosh bosib qo‘yasiz. Shunda oftob tushmagani uchun ravoch ham sersuv, ham chuchuk bo‘lib o‘sadi.Jintepada esa hali hech kim chiqib tosh bostirmagan edi 17.Adham nechta ravochga tosh bostirganini aytadi? 41 taga Download 150.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling