Adabiyot gulshani 2 (6 sinf yangi darslik asosida)


Download 150.41 Kb.
bet5/26
Sana12.03.2023
Hajmi150.41 Kb.
#1262768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1672752882 Adabiyot gulshani 2 (3)

2 – fasl. So`zda sehr bor.
Xalq og‘zaki ijodi
1. Xalq og‘zaki ijodi nega bunday deb ataldi?
Ular biror-bir yagona shoir yoki yozuvchi tomonidan emas, balki xalq tomonidan yaratilgani uchun ham “xalq og‘zaki ijodi” deb ataladi.
2. “folklor” so`zining ma’nosi nima?
Inglizcha “folk” – “xalq”, “lore” – “donolik” degani
3. O‘zbek xalq qo‘shiqlarini qanday guruhlarga ajratish mumkin?
Mehnat qo‘shiqlari – biron ishni bajarish paytida ijro etiladigan qo‘shiqlar.
Mavsum-marosim qo‘shiqlari – turli mavsumlarda va bayramlarda (masalan, bahor yoki kuz kelgandA), marosimlarda (masalan, to‘ylardA), o‘yinlarda ijro etiladigan qo‘shiqlar
Lirik qo‘shiqlar – biron-bir marosim bilan bog‘liq bo‘lmagan, his-tuyg‘ular va kechinmalarni ifodalash uchun ijro etilgan qo‘shiqlar.
4.Yo‘l bo‘lsin-a, yo‘l bo‘lsin, Bosgan izlaring gul bo‘lsin… qo`shiqning qaysi turiga mansub?
Lirik qo‘shiq
5. Suz xotin, suzma xotin, Ko‘lankasi maydon xotin,
Yomg‘ir yog‘dir, ho‘l bo‘lsin, Yer-u jahon ko‘l bo‘lsin. qo`shiqning qaysi turiga mansub?
Mavsum-marosim qo‘shiqlari: qurg‘oqchilik paytida yomg‘ir chaqirish uchun o‘tkazilgan marosimlarda ijro etilgan
6. O‘rog‘im olmos, O‘rishdan qolmas.
Sira ham tolmas, O‘rmasam bo‘lmas qo`shiqning qaysi turiga mansub?
Mehnat qo‘shiqlari: o‘rim paytida iro etilgan
7. Ramazon aytib keldik eshigingizga,Qo‘chqordek o‘g‘il bersin beshigingizga.
O‘choqda kul, karmonda pul, Chiqara qoling ming so‘m pul. qo`shiqning qaysi turiga mansub?
Mavsum-marosim qo‘shiqlari: Ramazon oyida asosan bolalar tomonidan aytiladi
8. Hazorali, hazorali, Oftobim, anbarim, xush keldingiz,
Jonim, oltin parim, xush keldingiz, Hazorali, hazorali. qo`shiqning qaysi turiga mansub?
Mavsum-marosim qo‘shiqlari: to‘yda, kelinni kuyov uyiga olib kirishda ijro etiladi
9. Ayri-ayri tuyoqqa, mayda-yo mayda, Ayri nag‘al yarashar, mayda-yo mayda.
Jilviragan quloqqa, mayda-yo mayda, Tilla sirg‘a yarashar, mayda-yo mayda. qo`shiqning qaysi turiga mansub?
Mehnat qo‘shiqlari: xirmonni yanchish paytida ijro etilgan.
10. “sehrli qo‘shiq”lar qatoriga kiritilgan qo`shiq?
Alla

Download 150.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling