Adabiyot gulshani 2 (6 sinf yangi darslik asosida)


Download 150.41 Kb.
bet24/26
Sana12.03.2023
Hajmi150.41 Kb.
#1262768
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
1672752882 Adabiyot gulshani 2 (3)

Umumiy test savollari
1.Qaysi asarda robot insonga aylanishni xohlaydi?
A)”Robot – android” B)”Elektronik – chamadondan chiqqan bola”
C)”Raqqos odamchalar” D)”Oltin yurakli avtobola”
2.Navoiy asarlarida qo`llangan shafiq so`zining ma’nosini belgilang.
A)boshqa, begona B) rahmdillik C) musofirlik D) mehribon
3. Qaysi asarning birinchi nashriga ishlangan muqova rassom Anri Meyerga tegishli? A) ”O`n besh yoshli kapitan” B)”Bir kunlik yoz”
C)”Dunyolar jangi” D)”Baxtli shaxzoda”
4.“O‘qishni tashlab, qo‘lga ketmon olishga to‘g‘ri keldi. Ko‘klamda dashtga chiqib yer haydadik, yozda suvchilik qildik, o‘roq o‘rdik, yalangoyoq tikan kechib, “eshak karvon” larda front uchun g‘alla tashidik…” Ushbu fikrlar qaysi ijodkorning tarjimayi holidan olingan?
A)G`.G`ulom B)A.Qahhor C)O.Yoqubov D)O`.Hoshimov
5.Maktabda oliy matematika bilan navigatsiya nazariyasini o‘qitmaganliklariga juda-juda achingan qahramon qaysi asarda uchraydi?
A)”O`qituvchi odam bo`lgan ekan” B)”Mallalar uyushmasi”
C) ”O`n besh yoshli kapitan” D)”Olimjonning sarguzashtlari”
6.Bu suratlar ham juda g‘alati, ularning aksari charm palto kiyib, bellariga qilich va to‘pponcha taqib olgan harbiy, ba’zilari esa ot o‘ynatgan, qizil alvon ko‘tarib dushman sari ot surib ketayotgan mard-u maydonlar bo‘lsa ham, negadir barchasining ko‘zlari o‘yib olingan yoki yuzlariga ko‘k siyoh tortilgan edi…” Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A)”Birinchi sinov” B)”O`qituvchi odam bo`lgan ekan”
C)”Muzqaymoq” D)”Shamol ortidan yugurib”
7.X.To`xtaboyevning qahramoni Hoshimjon nomi yana qaysi asarlarda uchraydi?
A)“Olimjonning sarguzashtlari” ,”Gallaktikada 1 kun”
B)”Shirin qovunlar mamlakati”,”Robot – android”
C)”Bo`sh kelma ,Aliqulov”, ”Gallaktikada 1 kun”
D) “Olimjonning sarguzashtlari”, ”Shirin qovunlar mamlakati”
8.Aflotuni zamon nomi bilan mashhur olim nomini belgilang.
A)Qozizoda Rumiy B)Jamshid Koshiy C)Ali Qushchi D)Miram Chalabiy
9.Fazogirlar Gagarin va Titov nomlari qaysi asarda uchraydi?
A)”Birinchi sinov” B)”O`n besh yoshli kapitan”
C)”Oydagi sinoat” D) ”Bir kunlik yoz”
10. O‘zbekiston xalq artisti Nabi Rahimov ijrosida qaysi hikoyani tinglash mumkin? A)”O`g`ri” B)”Mening o`g`rigina bolam”
C)”Bemor” D)”Eng og`ir gunoh”
11.Asl kasbi energetik bo`lgan ijodkorga tegishli bo`lgan asarni belgilang.
A)”Hazrati inson” B)”Baxtli shaxzoda” C)”Birinchi sinov” D)”Vatan devorlari”
12. Ikkita o‘ng qo‘l va ikkita chap oyoq bilan tug‘ilgan deyish mumkin bo`lgan qahramon?
A)Dik Send B)Vinsent Spolding C)Dunkan Ross D)Genri
13. Zamonaviy o‘zbek bolalar adabiyotidagi ilmiy-fantastik “Galaktikada bir kun” qissasi muallifini belgilang. A)Omon Muxtor B)Sa’dulla Quronov
C)Abduhakim Muhammadaliyev D)Otajon Quvvatov
14.Mashhur ispan bastakori Sarasate nomi qaysi asarda tilga olinadi?
A)”O`qituvchi odam bo`lgan ekan” B)”Mallalar uyushmasi”
C) ”O`n besh yoshli kapitan” D)” Raqqos odamchalar”
15. XX asr boshlarida Amerika shoirasi Adelaida Krepsi tomonidan ishlab chiqilgan atamani belgilang.
A)Whodunit B)Prototip C)Sinkveyn D)Metafora
16. Bir miri hayon, uch miri ziyon degan gap qaysi asarda uchraydi?
A)”O`qituvchi odam bo`lgan ekan” B)”Mallalar uyushmasi”
C) ”O`n besh yoshli kapitan” D)”Bir kunlik yoz”
17. Oskar Uayld tahsil olish uchun maxsus stipendiyani qo‘lga kiritgan jahonning eng mashhur oliygohida tahsil olgan qahramon qaysi?
A )Dik Send B)Dunkan Ross C)Jon Kley D)Genri Kuper
18. “Hech esimdan chiqmaydi. Bir kuni o‘sha totli tushlikni yeb bo‘lib, maysalar
ustiga chalqancha yotib oldim. Tubsiz osmonning bir chekkasida ko‘pikday oppoq bulutlar ohista suzib yurar, baland-balandlarda jajjigina bir to‘rg‘ay turgan yerida tipirchilab, shodon sayrardi…” Quyidagi parcha qaysi asardan olingan?
A)”Soyalar” B)”Hurkitilgan tush”
C)”Yomg`ir” D)”Mening o`g`rigina bolam”
19. ”Baxtli shaxzoda” ertagida haykal qilichidagi la’l kimga eltib beriladi?
A)Pyesa yozuvchiga B)Chevar ayolga
C)Gugurchi qizga D)Nonvoy cholga
20.A.Qahhorning “O`g`ri” hikoyasida yarim qop jiyda , uch yelpishtovoq jo`xori,ikki kalava ip kimga eltib beriladi?
A)Egamberdi paxtafurushga B)Azayimxonga
C)Mingboshiga D)Aminga
21. “Shitir-shitir o‘ynar shabboda, Barglar musiqasi bir shirin...” misralar muallifi?
A)E.Vohidov B)A.Suyun C)Usmon Nosir D)Abay
22.Vahob Ro`zimatov tarjima qilgan asarni belgilang.
A) ”Mallalar uyushmasi” B) ”O`n besh yoshli kapitan”
C)”Bir kunlik yoz” D)”Rahmat sizga, xonim”
23. ulkan Zangori Ilon va mudom kapalaklar bilan jang qilib yuruvchi, yassi va keng yaproqlarda ko‘l bo‘ylab suzib yuradigan mitti odamlar haqida fikr qaysi asarda uchraydi?
A)”Gulliverning sayohatlari” B)”Dunyolar jangi”
C)”Baxtli shaxzoda” D) ”O`n besh yoshli kapitan”
24.“Qaldirg`och” qissasi muallifini belgilang.
A)F.Musajonov B)E.Malik C)Ozod Mo`min Xo`ja D)T.Malik
25.”Yaxshilik” hikoyasida tilga olingan to`qoch nima?
A)Mayda cho`g` aralash issiq kul B)Poyasi sersuv nordon o`simlik
C)Kulda pishgan jo`xori D)Katta bo`g`irsoq,kulcha non
26.”Odam hech narsa emas hamma gap ishda” fikrlari muallifini belgilang.
A)A.Klark B)Jorj Sand C)Herbert Uillis D)Gyustav Flober
27. Bulutning orasidan Quyosh kulib qaraydi.
Majnuntolning yuvilgan Sochlarini taraydi. Ushbu to`rtlikda qaysi vosita qo`llangan?
A)Sifatlash B)Metafora C)O`xshatish D)Sinkveyn
28. “Qadrdon so`qmoqlar” she’rida qo`sh terak ramziy ma’noda nimaga o`xshatiladi?
A) aka-ukaga B) ota-onaga C) opa-singilga D) aka-singilga
29.Noto`g`ri fikrni belgilang.
A) Metafora - badiiy tasvir vositasi,bir narsani boshqa nom bilan atash.
B) Jahon adabiyotida Edgar Po, Artur Konan Doyl, Agata Kristi,Jorj Simenon ilmiy fantastik asarlar mualliflari
C) “Savohil” qissasidagi Asadulla Mira’zam obrazi uchun XX asr o‘zbek ma’rifatparvari Abdulla Avloniy prototip bo‘lib xizmat qilgan
D) Radif arabcha “mingashib keluvchi, izma-iz boruvchi” degan ma’noni bildiradi
30.“Shum bola” qissasida Sariboy bo`lis Shum bolaning qaysi gapidan keyin hushidan ketadi? A)Bolasi Bo`riboyvachchani o`lganini eshitib
B)Qo`rg`onga o`t ketganini eshitib C)Ombor yonib, otlar ham o`lganini eshitib
D)Adol opaning chaqalog`i Badal aravakashga o`xshaganligini eshitib
31. “…Lekin kitob o‘qishimga xalaqit bermasliklari uchun tokzorning narigi chetidagi pana bir joyga yashirinib olar edim. Onam bir necha marta qo‘rg‘onchadan chiqib meni chaqirar, lekin o‘zimni eshitmaganga solib, kitob o‘qishda davom etardim” Ushbu fikrlar muallifini belgilang.
A)A.Suyun B)O.Yoqubov C)G`.G`ulom D)Xurshid Davron
32. “Ammo terisi ko`nchilikka tushgan bo`lsa, charm bo`ldi, xudo biladi”. Ushbu parcha “O`g`ri” hikoyasida qaysi qahramonga tegishli?
A)Amin B) Ellikboshi C) Pristav D)Tilmoch
33.Qanday asarda voqealar tez rivojlanadi, qahramonlar tushgan vaziyatlar ham tez o‘zgaradi. Bu voqealar asnosida bosh qahramon xarakteri shakllanadi.Fikr qanday asarlar haqida?
A)Detiktiv B)Fantastik C)Sarguzasht D)Ilmiy fantastik asarlar
34. Butun tunga tarqalar –
Yaxshi ohang, shirin kuy.
Dilga xil-xil o‘y solar,
Ohang suysang, menday suy! Misralar muallifi?
A)I.Yusupov B)X.Davron C)O.Matjon D)Abay
35. Vatan! Ont ichmayman, qasam ichmayman, Lekin ikki dunyo sendan kechmayman! Deya baralla kuylagan ijodkor?
A)A.Suyun B)A.Muxtor C)G`.G`ulom D)Xurshid Davron
36. “Sentyabr oylarining oxiri, ilk kuz oqshomlaridan biri edi. Havo anchagina salqin. Biz yetimlar bir-birimizning pinjimizga tiqilib, bir-birimizni isitib uyquga ketganmiz…” Ushbu fikrlar qaysi asardan olingan? A)”Muzqaymoq” B)”Mening o`g`rigina bolam” C)”Soyalar” D)”Rahmat sizga xonim
37.“Shum bola” qissasida Sariboy bo`lis Shum bolaning qaysi gapidan keyin choy ichib turgan piyolasini boshiga urib, chakkasini yoradi-yu, soqolini yuladi?
A)Bolasi Bo`riboyvachchani o`lganini eshitib
B)Qo`rg`onga o`t ketganini eshitib
C)Ombor yonib, otlar ham o`lganini eshitib
D)Adol opaning chaqalog`i Badal aravakashga o`xshaganligini eshitib
38.”Uni begim deguncha kishining beli sinar ekan’’ Ushbu fikr qaysi asar qahramoni haqida?
A)Pristav (’’O`g`ri’’ hikoyasi) B)Azayimxon (’’O`g`ri’’ hikoyasi)
C)Amin (’’O`g`ri ’’hikoyasi) D)Ellikboshi (‘‘O`g`ri’’ hikoyasi)
39. Aleksandr Dyuma, Jyul Vern, Fenimor Kuper, Mayn Rid singari
adiblar qaysi yo`nalish vakillari hisoblanishadi?
A)Yumor B)Detiktiv C)Sarguzasht D)Fantastik
40. Osmon sog‘inch kabi poyonsiz, yashil.Osmonni sog‘inchga o‘xshatgan ijodkorni belgilang
A)Azim Suyun B)Xurshid Davron C)Omon Matjon D)I.Yusupov
41.Bulutning orasidan Quyosh kulib qaraydi.
Majnuntolning yuvilgan Sochlarini taraydi.Ushbu misrada quyidagi usullardan qay biri qo`llangan?
A)Qarshilantirish B)Jonlantirish C)O`xshatish D)Sifatlash
42. Rahmat Fayziy asari asosida suratga olingan “Sen yetim emassan” filmida Mahkam aka rolida o`ynagan aktyor kim edi?
A)Obid Jalilov B)Nabi Rahimov C)Vohid Qodirov C)Shukur Burhonov
43. Otajon Xudoyshukurovga bag`ishlangan asarni belgilang.
A) “Izlanish” B)”Vatan devorlari” C)”Fidoyi xalqim” D)”Jayxun shamollari”
44.O‘zbek adiblaridan detektiv asarlar yozgan mualliflarni belgilang.
1.Sa’dullo Quronov 2.O‘lmas Umarbekov 3.Hojiakbar Shayxov 4.Omon Matjon 5.Omon Muxtor 6.Tohir Malik A)1,2,5 B)2,4,6 C)1,3,4 D)2,5,6
45.Jon Kleyning o‘ziga o‘xshagan kichkina va chaqqon, oq yuzli,
jingalak qizg‘ish-malla sochli sherigi kim edi?
A)Archi B)Vinsent Spolding C)Uilyam Morris D)Rojer
46. Bolaligi Nurota tog‘larining go‘zal tabiati orasida kechgan. Kasbi cho‘pon bo‘lgan otasi bilan tog‘-u tosh, dala-dasht, qir-adir kezib, baxshilarning, cho‘ponlarning g‘aroyib hikoyalarini eshitib katta bo‘lgan ijodkorni belgilang.
A)Azim Suyun B)Anvar Obidjon C)Omon Matjon D)Xurshid Davron
47.Bosh qahramoni Griffin ilmiy tajribalar orqali “ko‘rinmas odam”ga aylanish yo‘lini topishi tasvirlangan asar muallifiga tegishli asarni belgilang.
A)”Oydagi sinoat” B)”Raqqos odamchalar”
C)“Oltin yurakli avtobola” D)”Dunyolar jangi”
48.“O`g`ri” hikoyasida qaysi folklor janri namunalaridan badiiy unsur sifatida samarali foydalangan?
A) lapar B) latifa C) marsiya D) maqol
49.«Shum bola» qissasida shum bola qayerlarga o‘t ketganini aytadi? Ketma-ketlikda ko‘rsating.
A) qo‘rg‘on, og‘ilxona, ombor B) ombor, og‘ilxona, qo‘rg‘on
C) og‘ilxona, ombor, qo‘rg‘on D) og‘ilxona, qo‘rg‘on, ombor
50. Ko‘rinmas olovdan erib borar tun,Burgutlar qoyada potirlashmoqda.
Ona qornidagi go‘dakday beun Tuman g‘imirlamoqda.Ushbu parchada qaysi tasvir vositasi qo`llanmagan ?
A)O`xshatish B)Jonlantirish C)Metafora D)Sifatlash
51. Gyustav Flober, Jorj Sand kabi mashhur fransuz adiblari nomlari qaysi asarda tilga olinadi?
A)”Oydagi sinoat” B)”O`n besh yoshli kapitan”
C)”Mallalar uyushmasi” D)”Baxtli shaxzoda
52. “Buvi va nevara” surati muallifini belgilang
A) Abdulhaq Abdullayev B) Nikolay Belov
C) Ulug‘bek Muhamedov D)Vladimir Petrov
53. Quyidagilardan qaysi biri nasriy asar hisoblanmaydi?
A) ertak B)ballada C)hikoya D)qissa
54. “…imkoni bo‘lsa, ularni Xudodan ham yashirgan bo‘lardim” deya qilgan ishlaridan afsuslangan qahramon?
A) Negoro “O`n besh yoshli kapitan” B)Uilyam ”Bir kunlik yoz”
C)Jon Kley ”Mallalar uyushmasi” D) Luella “Rahmat sizga,xonim”
55. “Mening bolaligim, muayyan ma’noda, Samarqand taassurotlari bilan to‘yingan. Ayni shu sababdan ijodimning ildizlari ham shu tabarruk zaminga chuqur yoyilgan. Bolalikdan ertaklar, afsonalar ichida yashaganman” Ushbu fikrlar qaysi ijodkorning tarjimayi holidan olingan?
A)Azim Suyun B)Xurshid Davron C)Omon Matjon D)I.Yusupov
56. “Hamma noma’lum narsalar bizga ajoyib bo‘lib ko‘rinadi” degan lotincha fikr qaysi asarda qo`llanilgan?
A)”Bir kunlik yoz” B)”O`n besh yoshli kapitan”
C)”Mallalar uyushmasi” D)”Baxtli shaxzoda
57.Birinchi to`plami “Vatanim” nomi ostida chiqarilgan ijodkor?
A)X.Davron B)I.Yusupov C)A.Suyun D)O.Matjon
58. Hovlimizda sara gullar qulf urib ochilib yotar, marmar polli va
keng oynali xonalarda eng qimmat gilamlar to‘shalgan, shiftda billur qandillar osilib turardi. ...Parcha qaysi asardan olingan?
A) Sadriddin Ayniy,“Sudxo‘rning o‘limi” B) Tohir Malik,“Falak”
C) Xolid Husayniy,“Shamol ortidan yugurib” D)G`.G`ulom, “Soyalar”
59. Hazorali, hazorali, Oftobim, anbarim, xush keldingiz,
Jonim, oltin parim, xush keldingiz, Hazorali, hazorali.Ushbu qo`shiq qaysi turga mansub?
A)Mehnat B)Marosim C)Lirik D)Maqom
60. “Yashash qanday yaxshi”, yoki “Bu yorug‘ olamda raqsga tushib
yayramoq kerak” kabi shiorlar aytilganda bor-yo‘g‘i lablarini ohista qimirlatib qo‘yadigan qahramon?
A)Shaxnoza ”Birinchi sinov” B)Margo ”Bir kunlik yoz”
C)Rojer “Rahmat sizga,xonim” D)Dik”O`n besh yoshli kapitan”
61.“… bulutlar yig‘di etagin”, “oftob … boshlab yubordi dilbar ertagin”,
“tog‘lar atrofimda jilmayadi jim” satrlari muallifi?
A)A.Suyun B)I.Yusupov C)X.Davron D)O.Matjon
62. Og‘zidan saqich, qo‘lidan cho‘zma tushmaydi. Cho‘ntagi to‘la tosh. Undan uchib-qo‘nib yurgan qushlar ham bezillaydi. U halitdan toshbag‘ir deb nom chiqargan qahramon qaysi asarda uchraydi?
A)”Yomg`ir” B)”Nima qilib qo`yding,Sherzod”
C)”Bo`sh kelma, Aliqulov” D)”Olimjonning sarguzashtlari”
63.«Shum bola» qissasida shum bola Sariboyning eshigida qancha ishlagan edi?
A) ikki oy-u o‘n yetti kun B) bir oy-u o‘n to‘qqiz kun
C) ikki oy-u o‘n olti kun D) bir oy-u o‘n sakkiz kun
64. “Shomahmudovlar oilasi” surat muallifini belgilang.
A) Rassom Ulug‘bek Muhamedov B)Lutfulla Abdullayev
C) Abdulhaq Abdullayev D) Nikolay Belov
65. “Zehnimda shunga o‘xshagan qalqib yurgan xotiralardan tashqari qalqimasdan toshdek cho‘kib yotgan xotiralar ham hisobsizligidan uzoq zamon bexabar ekanman. Bundan meni Anton Pavlovich Chexov domla
xabardor qildilar…” Ushbu fikrlar qaysi ijodkorga tegishli?
A)A.Qahhor B)O.Yoqubov C)G`.G`ulom D)O`.Hoshimov
66. Quzg‘unning qanotiday
Qaro edi o‘sha tun.
Na milt etgan yulduz bor,
Na yilt etgan bir uchqun. Erkin Vohidov, “Nido” dostonidan olingan ushbu parchada qaysi tasvir vositasidan foydalanilgan?
A)Jonlantirish B)Metafora C)O`xshatish D)Qarshilantirish
67.Tohir Malikning “Falak” qissasida Aflotuni zamonning nabirasi , Mahmud ibn Muhammad qanday nom bilan mashhur?
A) Ali Qushchi B)Miram Chalabiy C)Shamsiddin D)Qozizoda Rumiy
68. She’rlarida ma’rifat, ozodlik, adolatsizlikka, zulmga qarshi kurash
g‘oyalari yetakchilik qiluvchi ijodkor?
A)Abay B)A.O`tar C)X.Davron D)O.Matjon
69. Bunday asarlarda yozuvchi qahramonlarni noodatiy makon va vaziyatlarda (masalan, o‘zga sayyorada yoki olis kelajakda) tasavvur qiladi. Bunday vaziyatlar orqali insonlar o‘rtasidagi munosabatlar, yaxshilik va yomonlik, burch, adolat singari masalalar talqin qilinadi.Gap qanday asar haqida?
A)Detiktiv B)Fantastik C)Sarguzasht D)Ilmiy- fantastik
70.Bir necha qishloqni boshqargan amaldor qadimda qanday atalgan?
A)Amin B) Mingboshi C)Pristav D)Ellikboshi
71. Yaxshi kishilar birla tutar bo‘l suhbat,
To bergay amon sharirdin ul suhbat.Baytidagi sharir so`zining ma’nosi nima?
A)qutulish, najot B) yomonlik C) aziz, qadrli D) itoat, xizmat
72. Choy momo, choy, choy, choy,
Chayilib qolsin quv shamol.
Bosa-bosa beringlar,
Bosilib qolsin quv shamol.Ushbu qo`shiq qaysi turga mansub?
A)Lirik B)Mavsum – marosim C)Mehnat D)To`g`ri javob yo`q
73.Avaz O`tar “Til” she’rida o‘zga (xorijiy) tillarni yaxshi bilgan insonlarni nima deb ataydi?
A)yaktoyi zamon B) bani odam C) robita D) g‘ayri
74. Yulduzlar to‘la osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng yorug‘ yulduzlar onalarning jonidir. Ehtimol, onalarning so‘ngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona deyishlari, ehtimol, shundandir.Ushbu fikrlar muallifi kim?
A)A.Qahhor B)A.Suyun C)O`.Hoshimov D)O.Yoqubov
75. “Yulduz – bola “ asarining muallifini belgilang.
A)L.Hyuz B)O.Uald C)A.Klark D)R.Bredberi
76. Qaysi qo‘shiqni bolalar kechki payt o‘rtoqlarini o‘yinga chaqirish maqsadida
aytishgan?
A) Tokchaga bug‘doy sepuvdim,
Undimikin-o, undimikin?
B) Havodagi hulkarman,
Badavlatga navkarman
C) Oq terakmi, ko‘k terak?
– Bizdan sizga kim kerak?
D) Yo‘l bo‘lsin-a, yo‘l bo‘lsin,
Bosgan izlaring gul bo‘lsin…
77.O‘zaro og‘iz va ovoz vositasida emas, balki ko‘zlarining pastrog‘ini turli-tuman rangga kiritish yo‘li bilan gaplashadigan,har bir rang biror fikrni
anglatadigan xuddi mingoyoqqa o‘xshagan oliy aql egalari qaysi asarda uchraydi?
A)”O`n besh yoshli kapitan” B)”Bir kunlik yoz”
C)”Birinchi sinov” D)”Mallalar uyushmasi”
78. Bolalar nima uchun Jintepaga bormoqchi bo‘lishdi?
A) Ravoch terib kelgani B) Qor o‘ynagani
C)Soqqa o`ynash uchun D) Ravochga tosh bostirgani
79. O‘rta maktabni bitirganidan keyin nufuzli Kolumbiya universitetiga o‘qishga
kirdi, lekin jamiyatdagi qora tanlilarga bo‘lgan munosabat tufayli bu
oliygohdan ketishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik bir qancha joylarda
ishladi, Linkoln universitetini bitirdi, boshqa davlatlarga sayohat qildi.Ushbu fikr qaysi ijodkor haqida?
A)O.Uald B)L.Hyuz C)J.Svift D)R.Bredberi
80. “Abbatlar”, “Artilleriya”, “Arxitektura”, “Attika” maqolalari qaysi asarda tilga olinadi?
A)”O`n besh yoshli kapitan” B)”Bir kunlik yoz”
C)”Birinchi sinov” D)”Mallalar uyushmasi”
81. Navoiy asarlarida “bilimsizlik, nodonlik” ma’nosida qo‘llangan so`z?
A)”tuz “ B)“o‘lmoq” C)”jahl” D) “g‘ayr”
82. Yana bahor keldi. Yana olamda
Ajib bir go‘zallik, ajib bir bayot.
Men seni qutlayman shu ulug‘ damda,
Ulug‘ yelkadoshim, muzaffar hayot!.. Misralar muallifi?
A)A.Oripov B)A.Suyun C)U.Nosir D)X.Davron
83. O‘rta maktabni tugatganidan keyin oilasidagi qiyinchiliklar tufayli oliygohda o‘qiy olmaydi. Vaqtini asosan kutubxonalarda o‘tkazib,juda ko‘p asarlarni o‘qib chiqadi.Fikr qaysi ijodkorga tegishli?
A)O.Uald B)R.Bredberi C)L.Hyuz D)A.Konan Doyl
84. “Izlasang – topasan” degan naql qaysi asarda uchraydi?
A)”Izlanish” (I.Yusupov) B)”Shoir,qish va qush” (X.Davron)
C)”Baxtli shaxzoda”(O.Uald) D)”Hazrati inson” (R.Fayziy)
85. Naf’ing agar xalqqa beshakdurur,
Bilki, bu naf’ o‘zungga ko‘prakdurur. Ushbu misra muallifi va janri?
A)Navoiy, fard B)Bobur, fard C)A.O`tar, g`azal D)Abay ,g`azal
86. Daryo toshqin, suvlar to‘lqin,
O‘tolmayman-a, yor-yor.
Otim oriq, manzil uzoq,
Yetolmayman-a, yor-yor.Qo`shig`i qaysi asarda uchraydi?
A)”O`g`ri” B)”Shum bola” C)”Yaxshilik” D)”Hazrati inson”
87. Dik qutqargan besh qora tanli amerikaliklar: oltmish yashar Tom va uning o‘g‘li Bat, shuningdek, Ostin, Akteon va Gerkules qaysi kema vakillari edi?
A)”Pligrim” B)”Paseydon” C)”Gerakl” D)”Valdek”
88. Qaysi asar voqealari Zuhro (Venera) sayyorasida bo‘lib o‘tadi?
A)”O`n besh yoshli kapitan” B)”Bir kunlik yoz”
C)”Birinchi sinov” D)”Oydagi sinoat”
89. Bilimsiz qolganimga kim gunohkor?
Izlasam, bo‘larmidim munchalik xor? Bilimning muhimligini ko‘rsatishga qaratilgan satrlar muallifi?
A)Navoiy B)Bobur C)A.O`tar D)Abay
90. O‘sha tunda Mari bu haqda hatto xotira daftarchasiga ham yozib
qo‘ydi. Daftarchaning 2155-yil 15-mayga tegishli sahifasida shunday
deyilgan edi: “Bugun Tommi uydan kitob topib oldi!” Parcha qaysi asardan olingan?
A)”Olimjonning sarguzashtlari” B)”Robot – android”
C)”O`qituvchi odam bo`lgan ekan” D)”Raqqos odamchalar”
91.” …baland bo‘yli, soqol-mo‘ylovi silliq qilib olingan, ikki yuzi anordek
qip-qizil ,chaqmoqdek ko‘zlari va gul-gul yashnagan chehrasi…” qaysi asar qahramoni portreti shunday tasvirlangan?
A)”Hurkitilgan tush” B)”Robot – android”
C)”Muzqaymoq ” D)”Raqqos odamchalar”
92. Ikki narsa yoki hodisa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanuvchi vositani belgilang.
A)Tashxis B)Tashbeh C)Metafora D)O`xshatish
93. Ammo shunga qaramay, kapitan Gul …ning o‘tmishi haqida biror ma’lumot olishga ulgurolmaganiga juda achinar edi. Portugaliyalikning tashqi qiyofasi va ayniqsa ko‘zlarini javdiratib qarashlari kapitanga unchalik yoqmas edi.Gapda … ning o`rniga qaysi qahramon nomi qo`yiladi?
A)Benedik tog`a B)Ostin C)Negoro D)Qariya Tom
94. Toshkent temir yo‘llari qoshidagi Fabrika-zavod o‘quvchilik maktabida, so‘ng elektromexanika texnikumida tahsil olgan ijodkorga tegishli asarni belgilang.
A)”Tomoshabog`” B)”Mening o`g`rigina bolam”
C)”Hazrati inson” D)”O`g`lim Temurga”
95. Ro‘zg‘or tebratish yoshligidanoq zimmasida qolgani sabab u oliy o‘quv yurtida o‘qiy olmadi, bir muddat maktabda va sakkiz oylik muallimlar tayyorlash kursida o‘qish imkoniga ega bo‘ldi, xolos.Ushbu fikr qaysi ijodkor haqida?
A)A.Qahhor B)O.Yoqubov C)G`.G`ulom D)R.Fayziy
96. Dikni topib olib, tarbiyaxonaga topshiruvchi rahmdil kishining ismi nima edi?
A)Kapitan Gul B)Jeymes Ueldon C)Richard D)Ostin
97. Isitmada yonib, “apelsin beringlar”, deb alahsiragan ,ammo daryo suvidan boshqa beradigan narsasi yo‘q bo`lgan ona obrazi qaysi asarda uchraydi?
A)”Baxtli shaxzoda”(O.Uald) B)”Hazrati inson” (R.Fayziy)
C)”Mening o`g`rigina bolam”(G`.G`ulom) D)”Muzqaymoq” (O.Yoqubov)
98. Arabcha “mingashib keluvchi, izma-iz boruvchi” ma’nosini bildiruvchi atama?
A)Qofiya B)Raviy C)Radif D)Qit’a
99.”Sherlok Xolms” turkumidagi asarlar odatda kimning tilidan bayon qilinadi?
A)Muallif B)Sherlok Xolms C)Doktor Uotsin D)Murojaat qiluvchi
100. Tabiat –
Musaffo, sokin.
Ilhomlantiradi, tinchlantiradi,hayratlantiradi.
Quchog‘ingga talpinaman men mudom,
Go‘zallik. She’r janrini aniqlang
A)Ballada B)Sinkveyn C)Sonet D)Metafora

Download 150.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling